So’nggi yangiliklar

23:22Клублар ўртасидаги ЖЧ вақтида "Реал"ни бошқа мураббий бошқариши мумкин  0 22:54Баҳром Ҳайдаров: "Ютқазаётган вақтимизда ҳам режамиздан чекинмадик ва ҳақли ғалабага эришдик"  2 22:51АПЛ. "Манчестер Сити" - "Вулверхэмптон". Асосий таркиблар маълум!  19 22:28Суперлига. "Қўқон-1912" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бунёдкор" майдонида зафар қучди  32 21:59Ҳаким Фузайлов: "Амалдаги чемпиондан бир очко олдик, бундан хурсандмиз"  4 21:31Рўзиқул Бердиев: "Очко йўқотишга ҳақли эдик"  14 21:16"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 20:48Микель Артета: "Ливерпуль" чемпионликка ҳақли эди"  0 20:15Суперлига. Пешқадам "Насаф" "Хоразм"ни юта олмади  56 19:59Аббосбек Файзуллаев: "Ҳусанов мени "Сити"га таклиф қилмади"  16 19:16Суперлига. "Бунёдкор" — "Қўқон-1912". Асосий таркиблар маълум  3 18:34Раньери: "Шомуродов майдонда бор куч-ғайратини сарф этади. Уни шунинг учун ҳам яхши кўраман"  8 18:33Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Хитойдаги илк машғулотини ўтказди  0 18:10Бешта клуб Мюллерни ўз сафига қўшишдан манфаатдор  0 17:47Ямалнинг отаси испаниялик мухлислар Ламин билан фахрланишлари кераклигини таъкидлади  15

"Olmaliq": Ortga nazar Yangiliklar

"Olmaliq": Ortga nazar

Yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib jamoamizning ortda qolgan yillar davomida qayd etgan ko'rsatkichlari, statistikasi va qiziqarli malumotlarini hukmingizga havola etamiz.
2008 yil Olmaliq shahri futbol muxlislari uchun esda qolarli yil bo'lgandi. Oliy ligada amalga oshirilgan islohotlar natijasida birinchi ligada ishtirok etib kelayotgan OTMK jamoasiga elitada qatnashish imkoni berildi. O'tgan etti mobaynida konchilar jamoasi bu imkoniyatdan nechog'li samarali foydalanganligi jamoa tomonidan qayd etilgan ko'rsatkichlarda aks etib turibdi. Kim uchundir bu balandparvoz gap sanalishi mumkin, biroq oliy ligadagi ilk ishtirokidan boshlab jamoa futbolchilari orasidan turli yoshdagi terma jamoalarimizga nomzodlar etishib chiqa boshladi.

Yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi Osiyo chempionatlarida Suxrob Sultonov, Doston Abdurahmonov, Zohir Pirimov (BAA-2008), Farrux Nurliboev, Javlon Guseynov, Isroil Ergashev, Aleksandr Lupashkolar (Xitoy-2010) qatnashishdi. Jahon chempionatlarida jamoamizdan Doston Abdurahmonov va Zohir Pirimov (Misr-2009), Diyor Turopov (Turkiya-2013) munosib ishtirok etdi. Olimpiya terma jamoasida ham bir qator futbolchilar "Olmaliq"dan taklif olishdi.

SHuningdek, mamlakat milliy terma jamoasi tarkibida ham konchilar vakillari paydo bo'la boshladi. SHavkat Mullajonov, Zohir Pirimov, Oleg Zoteev, Sanjar SHoahmedov, Diyor Turopov, Azamat Isroilovlar turli yillarda terma jamoa safida maydonga tushishdi. Bu kabi ko'rsatkichlar "Olmaliq"da davomiy bo'lishiga shubha yo'q. Negaki jamoada o'zbek futbolida o'z o'rni va mavqeiga ega Igor SHkvirin bosh murabbiylik qilayotgan bo'lsa, unga katta murabbiy lavozimida Gennadiy Denisov ko'maklashmoqda. Yuqorida tilga olingan iqtidorlar aynan mana shu duet tomonidan kashf etilgan desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi.

Bu yil jamoamiz tarkibi sezilarli darajada o'zgarishi kutilmoqda. Bundan jamoaning ashaddiy muxlislari xavotirga tushishayotgani ham bor gap. Ammo elitada o'z o'rni va salohiyatiga ega bo'lib borayotgan "Olmaliq" o'sishda davom etadi. Ketgan futbolchilar o'rni munosiblari bilan to'ldiriladi. Nasib etsa bu yil ham jamoa shiddatli va mazmunli o'yin namoyish etib o'z muxlislarini quvontiradi.

Endi jamoa tomonidan qayd etilgan qiziqarli malumotlarni havola etamiz. O'tgan etti mavsum davomida jamoamiz oliy ligada 190 uchrashuv o'tkazdi. SHundan 67 tasida zafar quchgan konchilar 40 o'yinda durangga imzo chekkan bo'lishsa yana 87 bahsda raqib uch ochko egasiga aylangan.

Uchrashuvlarda jamoamiz raqiblari darvozasini 266 marta ishg'ol etgan va 285 marta o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborgan. Urilgan 262 gol 48 futbolchi tomonidan amalga oshirilgan. Yana to'rt golga esa raqib jamoa vakillari mualliflik qilishgan. "Olmaliq" 46 o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlay olgan. 55 bahsda esa raqib darvozasiga gol ura olmagan. Gollardan 175tasi o'z maydonidagi bahslarda, 91tasi mehmondagi o'yinlarida urilgan.

Jamoa o'z maydonida 106ta gol o'tkazib yuborgan va qolgan 179 gol safarda qayd etilgan. Jamoa safida jami 103 nafar futbolchi o'yinlarda ishtirok etgan. Jamoa gvardiyachilari va to'purarlari ro'yxati rasmiy saytimiz bosh sahifasida joylashgan. Ayni vaqtda 147 o'yinda ishtirok etgan Zohir Pirimov etakchi bo'lib turgan bo'lsa, to'purarlar ro'yxatini Mo'ydin Mamazulumov 37 gol bilan boshqarmoqda.

Etti yil davomida jamoamiz tomonidan 25 marta penalti tepish imkoni berilgan bo'lsa, shundan 8tasida futbolchilarimiz mo'ljalda adashishgan. O'tkazilgan o'yinlarda 298 marta ogohlantirilgan futbolchilarimiz, 18 marta qizil kartochka bilan siylanishgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика