So’nggi yangiliklar

23:02Эрон. "Персеполис" меҳмонда Фуладга ютқазди. Ўрунов бир тайм ўйнади  0 22:33"Насаф" назорат учрашувида "Иртыш"ни мағлубиятга учратди  4 22:12"Қўқон-1912" Туркиядаги илк назорат ўйинида Косово клубига ютқазди  1 21:42"Манчестер Сити" Оскар Боббни АПЛнинг бошқа клубига сотиш бўйича келишувга эришди  0 21:09Стерлинг ўз академиясида болаларни машқ қилдирмоқда. "Челси" футболчиси бу мавсум майдонга тушмади  2 20:45"Челси" Эндрикни сотиб олиш учун катта сумма тўлашга тайёр  4 20:22"Барса" ва "Ман Сити" Дюмфрисга қизиқишини сақлаб қолмоқда  0 19:45"Перес эффекти". Флорентино Беллингем ва бошқа юлдузлардан муносабатни ўзгартиришни талаб қилди  15 19:03Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлим ўтди (тўлиқ тақвим)  36 18:44Футзал бўйича Осиё кубоги–2026 кундалиги: 1-тур баҳслари якунланди (жадвал)  3 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон Тожикистонни юта олмади  33 17:38"Сени топаман!" — Адрианонинг онасини сунъий интеллект ёрдамида алдаб, пулларини ўғирлашди  2 16:39"Фарғона вилояти ҳоким кубоги" старт олди: "Нефтчи" U-21 ва "Яйпан" ғалабага эришди  8 16:24"Тоттенхэм" футболчиси Ferrari да ўйинга кетаётиб, аварияга учради  1 15:50Матвей Сафонов "Ньюкасл"га қарши ўйин қайдномасига киритилди  3

"Olmaliq": Mashg'ulotlar yana davom etadi Yangiliklar

"Olmaliq": Mashg'ulotlar yana davom etadi

Kecha "Olmaliq" Olmaliq shahrida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazish uchun to'plandi.
Kunning ikkinchi yarmida o'tgan mashg'ulotlarda 24 nafar futbolchi ishtirok etdi. SHundan 13 nafari jamoaning o'tgan yilgi azolari bo'lsa, qolgan 11 nafari "Olmaliq"qa taklif etilgan futbolchilardir.

O'tgan mavsum jamoada to'p surgan futbolchilar Umidjon Xonimqulov, Akmal Ortiqov, Nikita SHkvirin, SHohrux Eshbo'taev, Sarvar Jo'raev, Azamat Isroilov, Abduqahhor Hojiakbarov, Dilyaver Abibullaev, Zohir Pirimov, Nikita Pavlenko, Diyor Turopov, Zafar Polvonov va Islom Isoqjonovlar bo'lsa, taklif etilganlar darvozabon Timur G'aniev (Andijon), himoyachi Akmal Bozorov (Dinamo), yarim himoyachilar Muhammad Isaev, Elbek Ochilov, G'ulom O'runov (Dinamo), Sanat SHixov (Dinamo), Jahongir Abdumo'minov (Mashal), hujumchilar Abdulatif Abduqodirov (Andijon), Berumi Abdunabiev (Oq-tepa), Maruf Tillaev (Qizilqum) va Doniyor Ismoilov (Zomin)lardir. Bazi sabablarga ko'ra Abdumalik Toshpo'latov, Qadamboy Nurmetov, Salamat Quttiboevlar kechagi mashg'ulotlarda ishtirok eta olishmadi.

Bugundan ular ham jamoa safida bo'lishdi. SHuningdek, yana bir necha tajribali futbolchi ertaga jamoa tarkibiga qo'shilishi kutilmoqda. Jamoani yosh hujumchi SHarif Mirzaev tark etdi. U o'z imkoniyatini boshqa jamoada sinab ko'rishni xohladi. Bunga jamoa rahbariyati monelik qilmadi.

Birinchi yig'inda qatnashgan bazi futbolchilar yoshlar jamoasi mashg'ulotlariga o'tkazildi. Yoshlar jamoasi mashg'ulotlarida 30dan oshiq futbolchi mashg'ulotlarga kirishdi. Yosh futbolchilar tanlovi bir necha bosqichda olib boriladi. Nazorat o'yinlari orqali ajratib olingan eng yaxshi futbolchilar yakuniy ro'yxatdan o'rin oladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика