"Olmaliq" mashg'ulotida yangi nomlar
16 dek 2014 11:15
Yangiliklar

"Olmaliq" mashg'ulotida yangi nomlar
Olmaliq shahrida o'tgan dastlabki mashug'ulotda bir qator yangi futbolchilar ishtirok etishdi.
Darvozabon Timur G'aniev bungacha ham jamoamiz sharafini himoya etgan. U o'tgan mavsum "Andijon" sharafini himoya qildi. Yarim himoyachi Muhammad Isaev 1994 yilda tavallud topgan. U 2013 yilda "Guliston" jamoasida to'p surgan. Hujumchi Doniyor Ismoilov ham 1994 yilda tavallud topgan. Asli chirchiqlik futbolchi 2014 yilda "Zomin" jamoasida o'ynagan.
27 dekabrga qadar davom etadigan mashg'ulotlarda yana bir qator futbolchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Jamoaning navbatdagi mavsumga tayyorgarlik rejasiga ko'ra "Olmaliq" dastlabki ikki yig'inni o'z maydonida olib boradi.
Dastlabki o'quv-mashg'ulot yig'ini 15 dekabrdan 27 dekabrga qadar davom etsa, qisqa tanaffusdan so'ng, ikkinchi yig'in 5 yanvardan 15 yanvarga qadar Olmaliq shahrida davom etadi. Ilk yig'in yakunida nazorat o'yini o'tkazish ham rejaga kiritilgan.

Fikrlar