"Olmaliq" jismoniy tayyorgarlik bo'yicha normativ topshirdi (+VIDEO)

Aslanov Jasurbek
20 dek 2017, 17:18
"Olmaliq" futbolchilari Chirchiq shahridagi O'zbekiston jismoniy tarbiya institutiga qarashli futbol maydonida test-sinovlaridan o'tishdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti e'lon qildi.

Bundan keyin superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O'zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib boriladi.

Futbolchilar topshiradigan test-sinovlari O'zbekiston Futbol Federatsiyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, tasdiqlangan reja asosida mavsum davomida uch marotaba o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Jamoamiz futbolchilari quyidagi test-sinovlarini topshirishdi:

1. 30 metrga yugurish
2. Turgan joyidan uzunlikka sakrash
3. 7x50 metrga yugurish
4. "Yo-Yo" test 

Ushbu sinovlarda jamoamizdan 29 nafar futbolchi test topshirdi. Test natijalari qisqa muddatda jamoa murabbiylariga taqdim etiladi va mazkur ko'rsatkichlar asosida futbolchilar holati nazorat qilib boriladi" - deya bayonot berilgan.

TAS-IX



TAS-IX emas



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia