So’nggi yangiliklar

00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  5 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18

"Olmaliq" irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

"Olmaliq" irodali g'alabaga erishdi

Oliy liganing 5-turidan o'rin olgan "Olmaliq" - "Qo'qon-1912" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi.
Olmaliq (Olmaliq) – Qo'qon-1912 (Qo'qon) 2:1
18 aprel 2015. Olmaliq. “OKMK” stadioni. 18:00
Hakamlar
: Z. Qodirov (Navoiy), R. Serazetdinov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
UzPFL vakili: N. Lutfulin.

Gol: Orif Mamajonov, 61. - Nemanya Yovanovich, 72. Zohir Pirimov, 85.

Ogohlantirish: Jalil Kimsanov, 23. Aleksey Nikolaev, 37. Salamat Qutiboev, 45. Furqat Hasanboev, 71. Hasanboy Ergashev, 74.

"Olmaliq": 1.Timur G'aniev, 4.Abduqahhor Hojiakbarov, 5.Evgeniy Gogol (S), 8.Sahob Jo'raev, 10.SHavkat Salomov, 17.Kamoliddin Murzoev, 21. Salamat Quttiboev (27.Nikita Pavlenko, 62), 55.Adrian Kashkaval, 70.Arslonmurod Omonov (11.Zohir Pirimov, 68), 77. Jahongir Abdumo'minov, 84.Nemanya Yovanovich.
Zaxira: 35.Nikita SHkvirin, 3.Azamat Isroilov, 7.G'ulom O'runov, 9.Islombek Isoqjonov, 23.Sarvar Jo'raev.

"Qo'qon-1912":
16.Andrey Baklanov (S), 3.Hasan Ergashev, 5.Jalil Kimsanov (7.Izzatbek G'aniev, 34), 10.Quvondiq Ro'ziev, 11.Doniyor Usmonov, 18.Sardor Eminov, 19.Vladimir Argun, 22.Orif Mamajonov, 24.Ilya Ilin, 28.Aleksey Nikolaev (Furqat Hasanboev, 46), 29.Igor Golban.
Zaxira: 12.Aziz Ashurov, 4.Qahramon Mahamadjonov, 8.Nodir Qo'ziboev, 9.Nosir Otaqo'ziev, 20.Xurshid Muxtorov, 23.

 
                           MATNLI TRANSLYACIYA
                                      
YANGILASH



Ajoyib o'yin uchun har ikki jamoa futbolchilariga ham rahmat aytish kerak! Bunday bahslar shubhasiz oliy ligani bezaydi!


SHu tariqa maydon egalari irodali g'alabaga erishdi. 

90+2. Uchrashuv yakunlandi!


90. Bosh hakam ikkinchi taymga 2 daqiqa vaqt qo'shib berdi.


88. "Olmaliq" hujumga zo'r bermoqda.


87. ZARBAAAA! Salomov! SHavkat o'ng oyoqda darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. To'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.



86. Nikita Pavlenko qarama-qarshi qanotda turgan jamoadoshi Pirimovga havolatib to'pni oshirdi. Zohir to'pni to'xtatmasdan darvoza tomon aniq zarba yo'llab, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.


85. GOOOOLLL! Zohir Pirimoooov! Super GOOOLLL!

83. Sahob Jo'raev chap qanotdan O'runovga juda qulay pas oshirdi. G'ulomning bosh bilan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.

80. Igor SHkvirin va Rustam Abdullaev maydon chetida shogirdlariga ko'rsatma bergan xolda, o'yinni katta hayajon ostida kuzatmoqda.


79. Har ikki jamoa ishqibozlar "yana bita gol" deya hayqirmoqda



78. Bugungi o'yinni kuzatish maqsadida "Lokomotiv" ustozi Vadim Abramovning ham stadionga tashrif buyurganini aytib o'tish lozim.


77. "Qo'qon-1912" qarshi hujum taktikasiga tayanib o'ynamoqda.



76. Hakam futbolchilarni ortiqcha ayab o'tirmayapti.


75. Ogohlantirish! Hasanboy Ergashev! 


72. GOOOOLL! Salomov o'ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. Mehmonlar jarima maydoni ichida yuzaga kelgan pala-partish vaziyatda Yovanovich to'pni darvozaga kiritib, hisobni tenglashtirdi.


71. Ogohlantirish! Furqat Hasanboev. Jarima zarbasi. 


70. Mehmonlar Vladimir Argunga nisbatan qo'pollik ishlatdi. SHifokorlar unga tibbiy yordam ko'satmoqda.



68. O'zgarish! Arslonmurod Amonov o'rniga Zohir Pirimov tushdi. 


66. Darvoqe, goldan so'ng Igor SHkvirin markaziy yarim himoyachi Qutiboev o'rniga Nikita Pavlenkoni maydonga tushirdi.


65. Kamoliddin Murzoevning zarbasi anchagina noaniq ko'rinish oldi. 


64. Ogohlantirish! Ilya Ilin! Jarima zarbasi!

62. Mezbonlar endi asosiy etiborini hisobni tenglashtirishga qaratishi aniq.

61. Eminovning oshirib bergan to'pidan so'ng Mamajonov raqib darvozasini aniq nishonga oldi.


61. GOOOOOOLLLLL!!!! Orif Mamajonov!



59. Arslonmurod Amonov o'ng qanotdan katta tezlikda oldinga tashlandi va to'pni mehmonlar jarima maydoni ichiga oshirib berdi. To'pni esa avvliga Ilin qaytardi, so'ngra Baklanov to'pni uzoqlashtirdi. 


58. XAVFLI HUJUUUMM! Doniyor Usmonov raqibidan qochib ketib, darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Ammo uning bergan zarbasidan so'ng to'p ustunga tegib maydonni tark etdi.

57. Uchrashuvdagi shiddat anchagina oshdi.

56. Endi hujum qilish navbati mehmonlarga kelgan ko'rinadi. Izzat G'aniev to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi. To'pni Gogol qaytarishga erishdi. 


54. Mezbonlar yana bir bor jarima zarbasini amalga oshirmoqda. Salomov jarima maydoni ichiga to'pni havolatib uzatdi. Kashkaval bosh bilan to'pga zarba berdi. To'p maydonni tark etdi.



50. XAVFLI VAZIIYAYAYAYATT! Murzoev sherigi Abdumo'minovga juda qulay pas uzatdi. Ammo Jahongirning zarbasidan so'ng to'p to'singa tegib maydonni tark etdi. 


48. Salomovning chap qanotdan havolatib uzatib bergan to'piga Amonov bosh bilan darvoza tomon zarba berdi. Ammo zarbaga salgina aniqlik etishmadi.



46. "Qo'qon-1912" tarkibida o'yinchi almashtirildi. 

Nikolaev o'rniga Furqat Hasanboev xarakat qilmoqda.


Ikkinchi taymga start berildi.

Jamoalar tanaffusdan qaytmoqda. Ikkinchi bo'lim boshlanashi arafasida!

Uchrashuvda ilk golni "Qo'qon-1912" azosi Muhammadanas Hasanov kiritgan bo'lsa, unga "Olmaliq" himoyachisi Sarvar Jo'raev bitta goli bilan javob berdi.

Kecha ushbu jamoalarning yoshlari o'rtasida kechgan bahsda tomonlar 1:1 hisobida durangga imzo chekdi.


45+2. Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus! 


45. Birinchi bo'lim to'xtalishlari uchun bosh hakam 2 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

45. Ogohlantirish! Salamat Qutiboev! Mehmonlar qarshi hujumga o'tayotganida Qutiboev raqibi Usmonovni qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi.


43. Salomov o'ng qanotdan burchak to'pini amalga oshirdi. Jarima maydoni ichiga uzatib berilgan to'pga  Gogol, Qutiboev va Kashkaval etib kela olmadi.

42. Mezbonlarning hujumi xavfli tus olmoqda. 


41. Zarbaaa! Qutiboevning jarima maydoni tashqarisidan bergan zarbasini avvaliga Baklanov qaytardi. So'ngra Xasanboy Ergashev to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

40. Uchrashuv qo'plolliklarga boy tarzda kechmoqda. 

38. Salomov jarima zarbasini amalga oshirdi. SHavkatning zarbasidan so'ng to'pni Baklanov mushtlari bilan urib, qaytarishga erishdi.


37. Ogohlantirish! Aleksey Nikolaev! Xojiakbarovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun hakam jarima zarbasi belgiladi.

34. Uchrashuvdagi ilk o'yinchi almashtirilishi! "Qo'qon-1912" tarkibida Jalil Kimsanov o'rniga Izzat G'aniev tushirildi. 


33. Amonovning darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng to'p Golbanga tegib qaytdi.

32. ZARBAAAAA! Doniyor Usmonov o'ng qanotdan jarima maydoni ichiga yorib kirib, raqib taqibida bo'lishiga qaramay darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. G'aniev to'pni qiyinchlik bilan ushlab oldi.


28. Orif Mamajonov chap qanotdan oldinga yurish qilib, to'pni Usmonovga uzatdi. Ammo Gogol chaqqonroq xarakat qilib to'pga birinchi bo'lib egalik qildi.


25. Xavfli vaziyayayat! Abduqahhor Xojiakbarov o'ng qanotlan to'pni mehmonlar jarima maydoni ichida turgan sherigi Yovanovichga uzatmoqchi bo'ldi. Ammo mehmonlar to'pni qaytargan xolda xavfni bartaraf etib yubordi.  


25. Futbolchilar to'p uchun kurashda bir-birini ayab o'tirmayapti. 


23. Ogohlantirish! Jalil Kimsanov! Bosh hakam Zokir Qodirov  "Qo'qon-1912" himoyachisini raqibi Sahob Jo'raevga nisbatan qo'pollik ishlatdi deb topdi va uni sariq kartochka bilan siyladi.


19. Bugungi o'yinda sevimli jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun Qo'qondan ham bir guruh ashaddiy ishqibozlar Olmaliq shahriga kelganini aytish lozim. 


17. Zarbaaa! Salamat Qutiboevning tahminan 16 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.

15. Bahs hozircha teng kurashlar ostida o'tmoqda. Jamoalar navbatma-navbat hujum tashkil etmoqda. Lekin samara yo'q.


13. Tajribali futbolchi Aleksey Nikolaev bugun chap qanot himoyasida xarakat qilmoqda. 


12. Mehmonlar endi jarima zarbasini amalga oshirmoqda. Mamajonovning havolatib raqib jarima maydoni ichiga uzatgan to'pini Yovanovich bosh bilan qaytarib yubordi.


10. Arslonmurod Amonov o'ng qanotda katta tezlik bilan oldinga tashlandi va Nikolaevni ortda qoldirib, to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi. Ammo to'p qarama-qarshi qanotda turgan Salomovga etib bordi. Xavf bartaraf etildi.


9. Golban markazdan to'pni o'ng qanotga uzatib, Eminovni oldinga chorlamoqchi  bo'ldi. Ammo yon chiziq hakami Sardorni o'yindan tashqari xolatda deya baholadi. 


6. Darvoqe, qo'qonliklarning etakchisi Aziz To'xtaboev o'tgan turda jaroxat olgandi. SHu bois bo'lsa kerak u bugun uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan. 


5. Mehmonlar azosi Orif Mamajonovga jaroxat etkazildi. SHifokorlar unga tibbiy yordam ko'rsatib, maydon tashqarisiga olib chiqib ketmoqda.

3. O'yindagi ilk jarima zarbasini "Olmaliq" futbolchilari amalga oshirdi. Salomovning zarbasidan so'ng to'p darvoza to'sining anchagina yuqorisidan o'tib ketdi.

2. Mehmonlar to'pni o'yinga kiritgan xolda, uchrashuvni boshlab berdi.


1. O'YIN BOSHLANDI!

Ayni damda har ikkala jamoa futbolchilari maydonga chiqib, chigalyozdi mashklarini bajarmoqda.


Rustam Abdullaev bosh murabbiyligidagi “Qo'qon-1912” esa 10-o'rinda bormoqda. 


Igor SHkvirin boshqaruvidagi “Olmaliq” bugungi kungacha turnir jadvalida 8-o'rinni band etib turibdi.


Bugun “Olmaliq” va “Qo'qon-1912” jamoalari oliy ligada o'zaro ilk uchrashuvini o'tkazadi.


Mazkur uchrashuv oliy liganing 5-turiga yakun yasab beradi.


Olmaliq shahridagi “OKMK” sport kompleksi stadionidan onlayn reportajimizni boshlaymiz.


Assalomu alaykum qadrli futboli ishqibozlari!



- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика