"Olmaliq": Filiposyan "Buxoro"ga ketdi, Salomov qaytdi
16 jan 2016 18:13
Yangiliklar


"Olmaliq": Filiposyan "Buxoro"ga ketdi, Salomov qaytdi
Poytaxtimizning CHilonzor dahasida joylashgan "Rohat" mehmonxonasida istiqomat qilayotgan jamoamiz, mashg'ulotlarni shu hududda joylashgan suniy qoplamali maydonda olib borishadi. Bugungi mashg'ulot jarayonida jamoa tarkibida bir qator o'zgarishlar kuzatildi. Avvalgi ikki yig'inda qatnashgan Artyom Filiposyan "Buxoro" jamoasiga o'tishga qaror qilgan. SHuningdek, belorussiyalik futbolchi Eduard Jevnerov ham o'z yurtiga qaytib ketdi. Bundan tashqari Evgeniy Kochnev ham ko'rinish bermadi. Jamoa mashg'ulotlariga "Lokomotiv"dan Ibrohim Rahimov, "Oqtepa"dan Sergey Rekun, Ukrainadan Maksim Laveneckiy va hujumchi Aziz Maqsudov ishtirok eta boshladi. SHuningdek, o'tgan mavsum jamoamiz sharafini himoya etgan SHavkat Salomov ham jamoa safida shug'ullanmoqda.
Rejaga ko'ra jamoamiz 19 yanvar kuni Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar