"Olmaliq" ertaga "SHo'rtan" bilan o'ynaydi
29 jan 2016 21:22
Yangiliklar


"Olmaliq" ertaga "SHo'rtan" bilan o'ynaydi
Mashg'ulotlar 2 fevraldan yana poytaxtda davom ettiriladi. Ko'rikda bo'lgan bazi futbolchilarga o'rtoqlik o'yinidan so'ng javob berilishi mumkin. G'uzorliklarga qarshi uchrashuv CHilonzordagi suniy qoplamali maydonda 11:00da boshlanadi.
SHuningdek, ertaga xuddi shu maydonda yoshlar jamoamiz "Paxtakor"-2 jamoasi bilan navbatdagi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi. O'tgan haftada yoshlarimiz uchta o'yin o'tkazishdi. 20 yanvar kuni Qibrayda "Paxtakor" yoshlari bilan o'tgan bahsda hisob ochilmadi. Oradan uch kun o'tib Olmaliqqa Toshkent shahri 2-ligasi vakili "Istiqlol" tashrif buyurdi. Bu o'yinda yoshlarimiz 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. 26 yanvarda Toshkentning "Lokomotiv" yoshlar jamoasi "Olmaliq" mehmoni bo'ldi. Temiryo'lchilar bilan biroz avval Toshkentda o'tkazilgan bahsda yoshlarimiz 2:0 hisobida g'alaba qozonishgandi. Bu galgi uchrashuvda ustunlik "Lokomotiv" (0:1) tomonida bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar