So’nggi yangiliklar

12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  3 12:00Лунин қарор қилди  1 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  4 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  9 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  9 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  9 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  4 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  17 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  41 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0

"Olmaliq": 4 nafar futbolchi ketdi, 3 nafar futbolchi keldi Yangiliklar

"Olmaliq": 4 nafar futbolchi ketdi, 3 nafar futbolchi keldi

Teglar :  Olmaliq
Bugun jamoamiz ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshladi.

Ertalab tibbiy tekshiruvdan o'tgan futbolchilar, kechki payt mashg'ulot o'tkazishdi. Jamoamiz safini 4 nafar futbolchi tark etdi. Akmal Ortiqov "So'g'diyona" jamoasiga ijara asosida ikkinchi davrani o'tkazadigan bo'lsa, yana bir posbon Temur G'aniev va ikki himoyachi Adrian Kashkaval va Sarvarjon Jo'raev faoliyatini boshqa jamoalarda davom ettirishadi. Moldovalik himoyachiga milliy chempionatimizning bir necha jamoasi qiziqish bildirgan. Sarvarjon Jo'raev esa "SHo'rtan" safida paydo bo'lishi mumkin.

Jamoada yuzaga kelgan bo'shliq Belorussiya oliy ligasida ishtirok etuvchi "Dinamo" (Brest) jamoasidan darvozabon Valeriy Fomichyov, "Buxoro" jamoasidan himoyachi Saidkomil Akbarov va birinchi davrada Toshkentning "Lokomotiv" jamoasida to'p surgan hujumchi Alisher SHog'ulomovlar evaziga to'ldirildi.

Ertaga "Olmaliq" jamoasi azolari o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazish uchun Turkiyaga yo'l olishadi. 10-22 iyul kunlari o'tadigan mashg'ulotlar jarayonida 3ta o'rtoqlik o'yini tashkillashtiriladi. Turkiyadagi mashg'ulotlarda O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga chaqiruv olgan darvozabonlar murabbiyi Vyacheslav Tomilin va hujumchi Islombek Isoqjonov ishtirok etmaydi. Jamoaning yana to'rt vakili Nikita Pavlenko, Jahongir Abdumo'minov, Diyor Turopov va Doniyor Ismoilovlar 19 iyul kuni ortga qaytishadi. Ular mamlakat olimpiya terma jamoasining 20-25 iyuldagi yig'inida ishtirok etishadi.

Jamoa tarkibini kuchaytirish ikkinchi davra boshlangunga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика