So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  14 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  1 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  10 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  7 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Oliy sud jamoasi futbol bo'yicha “Bosh vazir kubogi” sohibi! Yangiliklar

Oliy sud jamoasi futbol bo'yicha “Bosh vazir kubogi” sohibi!

Teglar :  Bosh vazir kubogi
18 – 27 oktyabr kunlari oralig'ida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, yirik korxonalar va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o'rtasida futbol (erkaklar) va voleybol (ayollar) bo'yicha “Bosh vazir kubogi” musobaqalari tashkil etildi.

Unda qatnashish uchun mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 148 ta vazirlik, idora, xo'jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarga xat yuborilgan edi. Yakunda erkaklar o'rtasidagi futbol musobaqalarida qatnashish uchun 64ta jamoa talabnoma taqdim etgan bo'lsa, voleybol musobaqalarida ishtirok etish istagini bildirgan jamoalar soni esa 11tani tashkil qildi.

Mazkur musobaqaning futbol bahslari “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli futbol maydonlarida o'tkazilgan bo'lsa, final uchrashuviga mamlakatimizning bosh arenasi – “Milliy” stadion mezbonlik qildi.

Ayollar o'rtasidagi voleybol musobaqalari esa O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti sport majmuasida tashkil etildi. Xususan, ayollar o'rtasida tashkil etilgan voleybol bahslarida “O'zbekiston temir yo'llari” AJ jamoasi g'alaba qozongan bo'lsa, erkaklar o'rtasida o'tkazilgan futbol bahslari finalida "O'zbektelekom” jamoasini 1-0 hisobida mag'lub etgan Oliy sud jamoasi "Boshg vazir kubogi"ga ega chiqdi. 

Ilk marotaba tashkil etilgan "Bosh vazir kubogi" musobaqalari g'oliblarini takdirlash marosimida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Aziz Abduhakimov ishtirok etdi va musobaqa ishtirokchilarini samimiy muborakbod etdi.

SHuni takidlash kerak, mazkur musobaqalarga 1 500 (bir yarim ming) nafarga yaqin xodimlar jalb etildi. Ehtimol bu raqam u qadar salmoqli bo'lib ko'rinmas, biroq mana shu 1 500 ming nafarga yaqin inson “Bosh vazir kubogi” musobaqalari bahona sog'lom turmush tarziga oshno tutindi, o'z salomatligini mustahkamlashga intildi. Zero, mazkur sport musobaqalarini tashkil etishdan ko'zlangan bosh maqsad ham aslida shu emasmidi?!

Qizg'in va murosasiz, eng muhimi – do'stona ruhda o'tgan musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom, kubok hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. SHuningdek, turli nominaciyalar bo'yicha ham eng munosiblar alohida etirof etildi.

Qayd etish lozim, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev rahbarligida 2019 yil 4 sentyabr kuni o'tkazilgan 2020 yilda Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish, ommaviy sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirish bo'yicha olib borilgan ishlar natijadorligi va bu borada amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar to'g'risidagi videoselektor majlisida vazirlik, idora, xo'jalik birlashmalari, yirik korxonalar va tashkilotlar xodimlari o'rtasida turli ommaviy madaniy va sport tadbirlari, shu jumladan “Bosh vazir kubogi” musobaqasini o'tkazish vazifasi yuklatilgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика