So’nggi yangiliklar

12:50"Бенфика" Туркия терма жамоаси етакчиларидан бирини сотиб олди  1 12:22Водий дербиси қачон ўтказилади? Суперлиганинг октябрь ойи тақвими  0 12:05Иброҳимҳалил Йўлдошев тўп тепаётган "Қайрат"да бош мураббий ўзгарди  1 11:42Саудия Арабистони клуби яна бир бразилияликни ўз сафига қўшиб олди  1 11:17Роналду: "Португалия терма жамоасидаги фаолиятимни якунлаш? Мен асосий таркибда ўйнашим керак"  11 10:45Расман. Шукуровнинг янги жамоаси навбатдаги трансферни эълон қилди  0 10:17"Ал Иттиҳод" "Аякс" етакчиларидан бирини сотиб олди  1 09:50Германия терма жамоасининг янги сардори маълум  1 09:21"Ал Насср" "Челси" футболчисини 23 миллион еврога сотиб олди  2 08:52Легионеримиз жароҳат сабабли Ўзбекистон МТЖнинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  6 08:24ПСЖ футболчиси "Ал Иттиҳод"га кўчиб ўтди  0 07:55Расман. Осимхен "Наполи"ни тарк этди  6 07:37Расман. Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан бири фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  8 23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   14 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  27

Oliy ligada chempionlikni hal qiladigan "uch og'ayni botirlar" Yangiliklar

Oliy ligada chempionlikni hal qiladigan "uch og'ayni botirlar"

O'zbekiston chempionati tarixida eng ko'p chempion bo'lgan futbolchilar haqida gap ketganda albatta ko'z oldimizga Anvar Soliev keladi.


"Navbahor", "Paxtakor" va "Bunyodkor" safida ko'p marotaba chempion bo'lgan Anvar Soliev haqida ortiqcha gapirish shart emas. Ammo hozir biz Solievni emas, balki ayni paytda "Lokomotiv" sharafini himoya etib kelayotgan "uch og'ayni botirlar" haqida fikr yuritmoqchimiz.

Gap kimlar haqida ketayotganini tushundingizmi?

Ha, adashmadingiz, biz Ignatiy Nesterov, Temur Kapadze va Server Jeparovni nazarda tutmoqdamiz.


"Paxtakor"dagi Nesterovni tanidingiz, a?

Bu uchala futbolchi 2002 yili bir vaqtda "Paxtakor"da paydo bo'ladi va "sherlar" safida 2007 yilga qadar birga to'p tepishadi. Qizig'i, Nesterov, Kapadze va Jeparov "Paxtakor" bilan ketma-ket 6 marotaba chempionlikni qo'lga kiritishadi.
SHundan so'ng ushbu "trio"dan Jeparov va Kapadze bir vaqtda "sherlar"dan "qaldirg'ochlar"ga aylanib qolishadi.
"Bunyodkor"ga o'tganidan keyin ham ushbu futbolchilar mavsum yakuniga ko'ra oltin medallarga ega chiqishadi. Nesterov esa sal keyinroq, aniqrog'i 2009 yilda "Bunyodkor" safini to'ldiradi.

Nesterov-Kapadze-Jeparov "trio"si "Paxtakor"da ham, "Bunyodkor"da chempionlik "operaciya"sini muvaffaqiyatli amalga oshirishadi.

Keyinchalik Jeparov 2010 yilda "Bunyodkor"dan Janubiy Koreyaning "Seul" jamoasiga yo'l oladi va o'shanda bu "uch og'ayni botirlar"ning safi uziladi.
2011 yili esa Temur Kapadze ham Jeparov singari Janubiy Koreya klubi "Inchxon Yunayted"ga ketadi. Ignatiy Nesterov esa "Bunyodkor"da 2014 yilga qadar ushlanib qoladi.


Jeparov va Kapadzega nisbatan "Bunyodkor"da ushlanib qolgan Nesterov 2014 yildan boshlab Toshkentning boshqa bir klubi "Lokomotiv" taklifini qabul qiladi va "temiryo'lchilar"ning yangi g'oyalarini birga amalga oshirish uchun ishga kirishadi. Ammo "Lokomotiv" jamoasi o'sha yili o'z oldiga qo'ygan yuksak maqsad, yani chempionlikka erisha olmaydi.


Ularga bu yo'lda Nesterovning sobiq jamoasi "Paxtakor" to'sqinlik qilib qoladi.
Ammo "Lokomotiv" o'sha yili O'zbekiston kubogida muvaffaqiyat qozonadi. Finalda Nesterov boshqa bir sobiq jamoasi "Bunyodkor"ni mag'lub etishni uddalaydi va "Lokomotiv" bilan ham O'zbekiston kubogini boshi uzra baland ko'taradi.

"Lokomotiv" 2015 yilgi mavsumda ham chempionlik uchun kurash olib boradi va safiga yana bir qator kuchli ijrochilarni qo'shib oladi. Yangi haridlar qatorida "uch og'ayni botirlar"dagi Kapadze "temiryo'lchi"ga aylanadi.
Lekin Kapadzening ilk mavsumida "Lokomotiv" O'zbekiston chempionligidan ham, O'zbekiston kubogidan ham quruq qoladi.

Odatda chempionlik taqdirini hal etadigan "trio"dan mavjud bo'lgan Nesterov-Kapadze "tandemi" bu masalaga echim topa olmaydi.

Har safar chempionlikdan quruq qolib ketadigan "Lokomotiv" bu gal masalaga echim topgandek bo'lishdi. Ular yangi mavsum oldidan o'z tarkiblariga Jeparovni qo'shib olish yo'li bilan o'sha mashhur "trio"ni qaytadan tiklashdi.


Endi "Loko"da Nesterov va Kapadze "tandemi" uddalolmagan ishni "trio" bilan hal etish imkoniyati mavjud.

Agarda bu yili "Lokomotiv" chempionlikka erishsa, unda "uch og'ayni botirlar" "operaciya"si yana amalda bo'ladi va Nesterov, Kapadze va Jeparov davri mavjudligi yana bir marotaba isbotlanadi.

Bu uchchovlon poytaxtning bir yo'la uchta grand jamoalari: "Paxtakor", "Bunyodkor" va "Lokomotiv"da yangi sahifa yaratgan futbolchilar sifatida tarix zarvaraqlaridan muqim o'rin olishadi.

Ajoyib "trio" va fantastik natijalar.

O'zbekiston chempionatlari tarixida bu "uch og'ayni botirlar"ning davri alohida sahifa sifatida etirof etishga loyiq.


"Lokomotiv"da nafaqat O'zbekiston chempionligi uchun, balki O'zbekiston kubogida zafar quchish imkoniyati ham mavjud. Demak ushbu "trio" chempionlik bilan O'zbekiston kubogiga uchala jamoa bilan ega chiqqan futbolchilar sifatida Anvar Soliev bilan bir qatorda bo'lishadi.

Buning uchun esa "Lokomotiv" bo'lajak o'yinlarda kerakli natijalarni qayd etmog'i lozim.

"Lokomotiv"ning chempion bo'lishiga ketma-ket 2 yil to'sqinlik qilgan "Paxtakor" bu safar "poyga"da yo'q. Bu esa "temiryo'lchilar"ni ancha engil nafas olishlariga imkoniyati beradi. Sababi, oxirgi ikkala mavsumda ham so'nggi manzilga endi etdim degan "Loko"ning oyog'idan chalib qolgan jamoa bu "Paxtakor" edi.


Hozir esa ikkala frontda ham "Lokomotiv" va "Bunyodkor" qarama-qarshiligi davom etmoqda.

Ayni paytda "Lokomotiv" turnir jadvalida 4 ochkolik farq bilan "qaldirg'ochlar"ni ortda qoldirmoqda. Indinga esa "Loko" uchun qiyin uchrashuv "Nasaf" bilan bo'ladi. Bu bellashuvda "temiryo'lchilar" ochko yo'qotishmasa, unda "trio"ning "temiryo'l"dagi sarguzashtlari ham muvaffaqiyatli yakunlanishiga juda oz qoladi.

"Uch og'ayni botirlar"ning boshqa bir sobiq jamoasi "Bunyodkor" bu kabi scenariyga rozi emasligi aniq. Yakunda nimalar ruy berishini esa kuzatamiz, hozircha oliy ligada chempionlik masalasini hal etadigan "trio"ning ishlari "5"!


"Uch og'ayni botirlar"dagi eng asosiy qahramon Jeparov va suratlar muallifi - "HP" Hasan Pirmuhammedov


SHahboz Beg'amov

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика