Oliy liga. "Obod" eng yirik mag'lubiyatni "Lokomotiv"dan qabul qildi

Narzulla Saydullayev
1 may 2017, 17:01
Oliy liganing 8-turida "Obod" klubi Toshkent derbisida "Lokomotiv" mehmoni bo'ldi.

Ushbu bahsda "temiryo'lchilar" 7:0 hisobida g'alabaga erishishdi. Bu "Obod" klubining oliy ligada uchragan en yirik mag'lubiyati bo'ldi. O'tgan mavsum oliy ligaga chiqqan klubning bunga qadar eng yirik mag'lubiyati 0:5 edi. Shunday hisobda "Obod" "Mashal"ga yutqazib qo'ygandi.

Qizig'i bu mavsumda Rauf Inileev boshchiligidagi jamoa dastlabki 7ta turda jami 7ta gol o'tkazgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia