So’nggi yangiliklar

14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  2 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  3 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   19 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  22 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7

Oliy liga. "Metallurg" o'z uyida "Buxoro"ga yutqazdi Yangiliklar

Oliy liga. "Metallurg" o'z uyida "Buxoro"ga yutqazdi

Teglar :  MetallurgBuxoro
Oliy liganing 8-turida "Buxoro" Bekobodda "Metallurg"dan ustun keldi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalari mezbonlarning katta ustunligi ostida o'tdi. Mehmonlar darvozasi yonida ketma ket hujumlar tashkil etgan bekobodliklar bosimni oshirishga muvaffaq bo'lishdi. 6-daqiqada maydon egalari yarim himoyachisi Dilmurod Karimov chap qanotdan jarima maydoniga kirmasdan kuchli zarba berdi. Akmal Tursunboev katta qiyinchilik bilan to'pni qaytarib qoldi. Ikkinchi temp bilan davom ettirilgan hujum esa noaniq zarba bilan intiho topdi. Mehmonlarning birinchi xavfli qarshi hujumi 9-daqiqada sodir bo'ldi. Sanat SHixov chap qanotdan ajoyib driblingi bilan maydon egalarining ikki nafar himoyachisini aldab, to'pni darvoza yaqiniga etkazib bergandi. Bo'ychan Suhrob Sultonov hujumchilarga imkoniyat qoldirmasdan to'pni egallab oldi.

SHundan so'ng o'yin biroz tenglashdi. Maydon markazida ustunlikni qo'lga olish uchun pozicion o'yin ketdi. Bazi holatlarda mehmonlar xavfli o'yinlari bilan mahalliy futbolchilarni to'xtatib qolishga urinishdi. Jumladan, 18-daqiqa Zohid Pirimovning maydon markazida Dilmurod Karimovga nisbatan qo'polligini hakam kechirmadi va unga sariq kartochka ko'rsatdi. Jarimadan boshlangan kombinaciyani yana Dilmurod Karimov kuchli zarbasi bilan yakunlashga urinib ko'rdi. Bu safargi hujum ancha xavfli ko'rinish oldi. Avvaliga Karimovning zarbasidan so'ng darvozabon to'pni maydonga qaytarib yuborgandi. Unga birinchi bo'lib etib kelgan Sulaymonov to'pni Isoqjonovga oshirdi, u esa o'z navbatida jarima maydoni ichida turgan Zohid Abdullaevga to'pni tashlab berdi. Biroq “Metallurg” to'purarining zarbasi noaniq bo'ldi.

O'yinning 36-daqiqasida buxoroliklarning tezkor qarshi hujumi esa gol bilan yakunlandi. Zohid Pirimov to'pni qanotdan jarima maydoni ichiga uzatdi. Bekobodlik himoyachilar qurshovida turgan bo'lishiga qaramasdan Bahriddin Vahobov boshi bilan to'pni darvoza to'riga yo'lladi – 0:1.

Gol o'tkazib yuborgandan keyin maydon egalari yanada katta kuch bilan olg'a tashlanishdi. Biroq mehmonlar darvozaboni va himoya chizig'i vakillari ishonchli o'ynashmoqda va tanaffuschaga ular ustunlikni saqlab qolishga muvaffaq bo'lishdi.

Ikkinchi taymni ham mezbonlar hujumkor ruhda boshlashdi. “Buxoro”ning qarshi hujumlari esa undanda xavfli bo'layapti. 58-daqiqada Vladimir Baenko yaqin masofadan darvozani ishg'ol etishga urinib ko'rdi. Zarba biroz noaniq bo'ldi.

64-daqiqada Islombek Isoqjonovning chap qanotdan to'pni biroz aylantirib bergan zarbasi ancha xavfli bo'ldi. To'p darvozaning yuqori burchagiga borayotganida darvozabon uni qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 65-daqiqada Suhrob Nematov maydonga tushgandi. U birinchi qarshi hujumdayov gol kiritdi va “Buxoro”ning ustunligini mustahkamladi – 0:2.

Mezbonlarning ketma ket hujumlari nihoyat 83-daqiqada gol bilan yakunlandi. Jarima maydoni ichida Alisher Ziyovuddinovdan to'pni qabul qilib olgan Zohid Abdullaev farqni qisqartirdi – 1:2.

So'nggi ikki mavsumdagi ko'ngilsiz anana yana davom etdi. “Metallurg” 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.


Metallurg (Bekobod) – Buxoro (Buxoro) 1:2
Hakamlar
: V. Kovalenko (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), S. Abduraxmonov (Toshkent)
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).
O'zPFL vakili: SH. Rajabov.

Gollar: Zohid Abdullaev (83) – Bahriddin Vahobov (36), Suhrob Nematov (66).

“Metallurg”: 32. Suhrobjon Sultonov, 3. Vusol Magerramov, 4. (s) Hikmat Hoshimov, 6. Dilmurod Karimov,  7. Doniyor Odilov, 8. Ayubxon No'monov (19. Alisher Ziyovuddinov, 56), 11. Murodjon Toshmatov (13. Sanjar Qodirqulov, 52), 14. Davronbek Karimqulov, 15. Zohid Abdullaev, 17. Mirg'iyos Sulaymonov, 22. Islombek Isoqjonov.
Zahira: 1. Zafar Safoev, 11. Murodbek Toshmatov, 20. Dostonbek Tursunov, 70. Jahongir Abdumo'minov, 77. Doniyor Ismoilov, 95. Timur Usmonov.

“Buxoro”: 12. Akmal Tursunboev, 2. Elbek Ravshanov (7. Suhrob Nematov, 65), 5. Kirill Pasechnik, 9. Nozim Umurov, 10. Bahriddin Vahobov, 11. Sanat SHixov, 23. Zohid Pirimov (22. SHohruh Gadoev, 46), 27. Robbim Hasanov, 28. Ergash Ismoilov, 77. Ivan Nagaev (17. Alisher SHog'ulomov, 46).
Zahira: 1. Erkin Jabborov, 20. Islom Xoliqov, 44. Mirjalol Jumaev, 96. Akobir To'raev.

Ogohlantirishlar: Doniyor Odilov – Zohid Pirimov.


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика