So’nggi yangiliklar

15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  0 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  0 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  20 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  2 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   8 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  7 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  6 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  22

Oliy liga. "Metallurg" "Nasaf"ning besh o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ydi Yangiliklar

Oliy liga. "Metallurg" "Nasaf"ning besh o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ydi

Teglar :  MetallurgNasaf
Oliy liganing 12-turida "Metallurg" o'z uyida "Nasaf" ustidan g'alabaga erishdi.
Mazkur jamoalarning Bekobddagi o'yinlari hamisha qiziqarli, murosasiz o'tib kelgan. Bu safargi o'yin ham shiddatli ruhda boshlandi. Birinchi zarbani Jahongir Abdumo'minov amalga oshirdi. Uning olis masofadan tepgan to'pi noaniq ketdi. O'tgan turda diskvalifikaciya bois maydonga tusha olmagan Zohid Abdullaev ham o'yinga chanqoqlik bilan kirishdi. Mehmonlarning birinchi xavfli zarbasi 3-daqiqada Bahrom Abdurahimov tomonidan berildi. Suhrob Sultonov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

Uchrashuv tempi juda yuqori. Maydon markazida “Metallurg” himoyachisi o'yin qoidasini buzdi. U raqibidan uzr so'rab, hakamdan tanbeh eshitib, ortga chekindi. Biroq bu qarshiliklarni qanoatlantirmadi. Hakam bilan tortishishga kirishib ketgan Dilshod Rahmatullaev va mug'ombirligi uchun Dragan CHeranlar 8-daqiqada sariq kartochka olishdi.

Uchrashuv debyutida to'p nazorati va hududiy ustunlik mehmonlar tomonida bo'ldi. Ammo mezbonlarning amalda birinchi pozicion hujumi gol bilan yakunlandi. 19-daqiqada Islom Isoqjonov to'pni o'ng qanotdan jarima maydoni ichiga uzatdi. Zohid Abdullaev boshi bilan zarba berdi. Himoyachiga tekkan to'p Davron Karimqulovga kelib tushdi. Uning zarbasini Eldorbek Suyunov bartaraf etgandi, ammo darvozabondan qatgan to'pga birinchi bo'lib etib kelgan Ayubxon No'monov hisobni ochdi – 1:0.

38-daqiqada bekobodliklar farqni oshirishlari mumkin edi. No'monov – Toshmatov kombinaciyasini Murod zarba bilan yakunladi. To'p darvoza ustuni va to'sini kesishgan joy yaqinginasidan o'tib ketdi.

Ikkinchi taym yanada tezkor suratlar bilan boshlandi. Islom Isoqjonov chap qanotdan reydni amalga oshirdi va to'pni Abdullaevga tashlab berdi. Zohid tovoni bilan chiroyli gol urmoqchi bo'ldi, texnikasi pand berdi. “Nasaf”ning qarshi hujumi Hamrobekovning kuchli zarbasi bilan yakunlandi. To'p darvoza to'riga yon tomondan kelib urildi.

52-daqiqada Islom Isoqjonov qarshi hujumda qochib ketdi va to'pni Zohid Abdullaevga uzatdi. To'p sekin tashlanganligi bois “Nasaf” himoyachilari kombinaciyaning oldini olishdi. 61-daqiqada mehmonlar burchakdan to'pni o'yinga kiritishdi va maqsud karimovning bosh bilan yo'llagan zarbasi juda xavfli, biroz noaniq chiqdi. SHu lahzaning o'zida Aziz G'aniev ajoyib reydni amalga oshirdi, “Metallurg”ning to'rt o'yinchisini aldab o'tdi, ammo so'ngi lahzada to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi va Qobilov xavfning oldini oldi.

65-daqiqada Alisher Ziyovuddinovning ajoyib to'p oshirishidan so'ngi Zohid Abdullaev darvozabon bilan yakkama yakka chiqdi va vaziyatdan foydalana olmadi. Keyingi daqiqada Islom Isoqjonov qanotida taqibchisidan qutilib zarba berdi, Suyunov to'pni egallab oldi. 70-daqiqada No'monovning kuchli zarbasidan keyin ham Eldor jamoasini goldan qutqardi. Mag'lubiyat xavfi “Nasaf”ni oldinga borishini talab etardi. SHu boisdan ham uchrashuvning so'nggi choragi “Metallurg” darvozasi yonida bosim oshdi.

Sultonov ogohlantirildi. 90-daqiqada qarshi hujumda Doniyor Ismoilov zarba berdi. Juda kuchli, shuning barobarida biroz noaniq chiqdi.
Uchrashuv bekobodliklarning kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Metallurg (Bekobod) – Nasaf (Qarshi) 1:0
Hakamlar
: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
O'zPFL vakili: A. Frolov.

Gol: Ayubxon No'monov 8, - 1:0.

“Metallurg”: 32.Suxrob Sultonov, 4.Hikmat Hoshimov (s), 8.Ayubxon Numonov, 11.Murodjon Toshmatov (77.Doniyor Ismoilov, 81), 14.Davronbek Karimqulov, 15.Zohid Abdullaev, 17.Mirg'iyos Sulaymanov, 19.Alisher Ziyovutdinov (7.Doniyor Odilov, 71), 22.Islombek Isoqjonov (13.Sanjar Qodirqulov, 76), 40.Islomjon Qobilov, 70.Jahongir Abdumo'minov.
Zaxira: 1.Zafar Safoev, 9.Farhod Namozov, 23.Kamronbey Kopadze, 95.Timur Usmonov.

“Nasaf”: 25.Eldorbek Suyunov, 2.Akmal SHorahmedov, 4.Maqsud Karimov ( 23.SHerzod Azamov, 68), 6.Azizjon G'aniev, 7.Odil Hamrobekov, 10.Dilshod Rahmatullaev (9.Dilshod Xushbakov, 68), 18.Baxrom Abdurahimov, 22.Igor Golban, 31.Saydullo Rahmatov (38.Doniyorjon Narzullaev, 46), 34.Farruh Sayfiev, 69.Dragan CHeran.
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 5.G'olib G'aybullaev, 8.Sirojiddin Qo'ziev, 15.SHaxboz Erkinov.


"Metallurg" matbuot xizmati


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика