So’nggi yangiliklar

16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  1 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  0 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  14 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8

Oliy liga. Ikkinchi davrada g'alaba qozonmagan uchta jamoa qoldi Yangiliklar

Oliy liga. Ikkinchi davrada g'alaba qozonmagan uchta jamoa qoldi

Oliy liganing ikkinchi davrasiga start berilgach, to'rtta tur o'tib bo'ldi.

Bo'lib o'tgan o'yinlardan so'ng elitada uchta jamoa hozircha g'alaba nashidasini surgani yo'q. Bular - "Paxtakor", "Olmaliq" va "Mashal". 


PAXTAKOR


Amaldagi chempion "Paxtakor" to'rtta o'yindan uchtasini safarda o'tkazdi, bir marta o'z maydonida to'p tepdi. Jamoa ikki bor durang qayd etgan bo'lsa, ikki marta yutqazib qo'ydi. 

Oliy ligadagi o'rni: 7-o'rin (Jami 29 ochko, ikkinchi davrada 2 ochko).

Ikkinchi davradagi o'inlari: 

"Andijon" - "Paxtakor" 1:0

"Qo'qong'1912" - "Paxtakor" 1:1

"Paxtakor" - "Buxoro" 1:1

"Nasaf" - "Paxtakor" 2:1

"Paxtakor" oxirgi to'rtta o'yinda 3ta gol urib, o'z darvozasidan 5ta to'p o'tkazib yubordi.


OLMALIQ


"Olmaliq" birinchi davrani ketma-ket uchta mag'lubiyat bilan boshlagandi. Ikkinchi davrani esa qatorasiga to'rtta mag'lubiyat bilan qarshi oldi. To'g'risi, SHkvirin shogirdlaridan bunday natijani hech kim kutmagan bo'lsa kerak. 

Oliy ligadagi: 9-o'rin (Jami 21 ochko, ikkinchi davrada 0 ochko).

Ikkinchi davradagi o'yinlari

"Olmaliq" - "Buxoro" 0:1

"Nasaf" - "Olmaliq" 2:1

"Olmaliq" - "Qizimlqum" 2:3

"Metallurg" - "Olmaliq" 4:2

"Olmaliq" o'tgan to'rt uchrashuvda 5ta gol urib, o'z darvozasidan 10ta to'p o'tkazib yubordi. Qizig'i shundaki, "Olmaliq" 16-turda bitta, 17-turda ikkita, 18-turda uchta, 19-turda esa to'rtta gol o'tkazib yubordi.


MASH'AL


"Mashal" ikkinchi davrada bo'lib o'tgan to'rtta o'yindan uchtasida mag'lub bo'ldi va bir bor durang o'ynadi. Jamoa birinchi davraning oxirgi uch uchrashuvini g'alaba bilan yakunlagandi. Demak, yozgi tanaffusda muborakliklar tonusdan chiqib ketishgan ko'rinadi. 

Oliy ligadagi o'rni: 12-o'rin (Jami 20 ochko, ikkinchi davrada 1 ochko). 

Ikkinchi davradagi o'yinlari: 

"Mashal" - "Qizilqum" 0:1

"Metallurg" - "Mashal" 6:0

"Mashal" - "Bunyodkor" 1:1

"Navbahor" - "Mashal" 3:2

"Mashal" oxirgi to'rtta uchrashuvda 3ta gol urib, o'z darvozasidan 11ta to'p o'tkazib yubordi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика