Oliy liga. "Bunyodkor"ning "quruq" seriyasiga "Olmaliq" barham berdi
17 apr 2016 08:55
Yangiliklar
Oliy liga. "Bunyodkor"ning "quruq" seriyasiga "Olmaliq" barham berdi
O'yinning 30-daqiqasida Farhod Tojiev mezbonlar darvozasiga penaltidan gol urdi. SHunday qilib jamoaning oliy ligadagi "quruq" seriyasi barham topdi. "Qaldirg'ochlar" so'nggi bor 2015 yilning 29-turida aynan "Olmaliq"qa qarshi o'yinda gol o'tkazib yuborishgandi. O'tgan yil oxirgi turda "Qo'qon-1912" 5:0 hisobida taslim qilingandi.
Bu yil dastlabki turda "Neftchi" 2:0 hisobida mag'lub etilgandi. So'ngra "So'g'diyona" mehmoni bo'lib g'alaba qozongandi - 1:0. Uchinchi turda "Mashal" bilan 0:0 hisobida durang o'ynalgan edi. 4-turda "SHo'rtan" taslim qilingandi - 1:0.
SHu tariqa, "Bunyodkor"ning "quruq" seriyasi 511 daqiqa davom etdi.
Malumot uchun, bu mavsumda gol o'tkazmagan bitta jamoa qoldi. "Buxoro" dastlabki 4 turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi. Ushbu jamoa 5-turni bugun o'z uyida "Andijon"na qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar