So’nggi yangiliklar

14:15Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон МТЖ 2 карра жаҳон чемпиони билан ўйнайди   3 13:55Арманистон асосий стадиони майдонини Женнифер Лопес концертидан 1 ой ўтмай тиклашга эришди  9 13:36Германия терма жамоаси 2001 йилдан бери илк бор Жаҳон чемпионати саралашида гол уролмади  2 13:09Қирғизистон Ўзбекистон билан ўйин олдидан 2 та йўқотишга эга  10 12:41IShowSpeed Қозоғистонга келади  1 12:14"Барселона" келаси ёз учун иккита топ-трансферни режалаштирган  1 11:33Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими?   14 10:47Юлиан Нагельсман кечаги мағлубиятдан сўнг шогирдларини кескин танқид қилди  3 10:15МЮ Онанани ижарага бериши мумкин  3 09:40Бразилиялик бизнесмен бутун бойлигини Неймарга қолдирди  19 09:20Италия терма жамоасининг собиқ устози "Фенербахче"ни бошқаришга асосий номзод  4 09:00Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. Баҳс якунидан сўнг мухлислар билан хайрлашди  10 08:35ЖЧ-2026. Яна учта терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  9 08:06CAFA Nations Cup. Бугун Қирғиз Республикасига қарши майдонга тушамиз  12 07:39ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина, Бразилия ва Уругвай йирик ҳисобда ғалаба қозонди  7

Oliy liga. Bugungi o'yinlar oldidan ikki og'iz Yangiliklar

Oliy liga. Bugungi o'yinlar oldidan ikki og'iz

Teglar :  oliy liga17-tur
Bugun oliy ligada 17-turning ettita o'yini bo'lib o'tadi.

Metallurg – Mashal

"Mashal" bu o'yinda o'tgan yilgi 0:6 hisobidagi mag'lubiyat alamini olishga urinib ko'radi. O'z navbatida "Metallurg" ham uydagi mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirish niyatida maydonga tushadi. 

So'g'diyona – Lokomotiv

Igor SHkvirin bugun "So'g'diyona" bosh murabbiyi sifatida ikkinchi o'yinini o'tkazadi. O'tgan turda "Bunyodkor" bilan 0:0 o'ynagan jamoa bu safar amaldagi chempion "Lokomotiv"ga qarshi bahs olib boradi. SHuni aytish lozim, "So'g'diyona" oliy ligada ketma-ket uchta o'yinni yuta olmadi. "Lokomotiv" esa oxirgi safar bahsida "Bunyodkor"ga mag'lub bo'ldi. 

SHo'rtan – Dinamo

"SHo'rtan" Samarqandda kechgan birinchi davra uchrashuvida 0:3 hisobida mag'lub bo'lgandi. Endi tomonlar G'uzorda hisob-kitob ishlarini olib borishadi. "Dinamo" safarda doim ham yaxshi o'ynay olmayapti. Bu jamoa chempionatni ketma-ket uchta g'alaba bilan boshlagandi, biroq keyinchalik vaziyat o'zgarib ketdi. "Dinamo" oxirgi marta safarda "Neftchi"ni 3:2 hisobida mag'lub etib qaytgan.

Paxtakor – Neftchi

Bir paytlar bu jamoalarning o'zaro to'qnashuvi "O'zbek el-klassikosi" deyilardi. Lekin hozirgi "Neftchi"ni "Paxtakor" bilan tenglashtirish qiyin bo'lsa kerak. Ammo Vadim Abramov jamoasidan har narsa kutish mumkin. "Neftchi" Abramov boshchiligida hali g'alaba qozona olmadi. O'z navbatida SHota Arveladzening ham "Paxtakor"dagi debyuti durang bilan boshlandi. Farg'onadagi birinchi davra o'yinida 0:0 hisobi qayd etilgan. O'tgan yil esa "Neftchi" "Paxtakor" maydonidan 2:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan. 

Navbahor – Qizilqum

Navoiyda kechgan birinchi davra bahsida "Qizilqum" 2:1 hisobida g'alabaga erishgan. "Navbahor" o'tgan turda "Obod"ni mag'lub etib, sakkizta o'yinlik g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi. Lekin jamoa bu bilan to'xtab qolmoqchi emas. Buni bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonov ham aytib o'tdi. "Qizilqum"ga kelsak, bu jamoa oliy liganing oxirgi besh o'yinida faqat bir marta yutqazib qo'ydi. Demak, Hamid Aktamov jamoasi bugungi o'yinga ham ko'tarinki kayfiyatda tashrif buyuradi. 

Qo'qon-1912 – Obod

"Qo'qon-1912" avvalgi turda "Nasaf"dan mag'lubiyatga uchragani uchun turnir jadvalida uchinchi o'ringa tushib qoldi. Lekin ularda ikkinchi o'ringa hamon imkoniyat bor. Bu esa keyingi o'yinlarda mag'lub bo'lmaslikni talab etadi. Agar bugun jamoa "Obod"ni mensimay o'ynasa o'ziga qiyin bo'ladi. CHunki "Obod" safida mashhur futbolchi bo'lmagani bilan jamoa o'yinida o'zgarish ko'rinyapti. Ukrainalik murabbiy Andrey Demchenko Toshkentga bekorga kelmaganini va maqsadi "Obod"ni oliy ligada olib qolish ekanini malum qilgan. Bugungi bahs mehmonlar uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Buxoro – Nasaf

Buxoroda "Buxoro"ning "Nasaf"ga qarshi o'yinlari doim qiziq kechgan. O'tgan yil jamoa "Nasaf" bilan ikkala o'yinda gol urolmasdan mag'lubiyatga uchragandi. O'z maydonida 0:2, safarda 0:3. Lekin endilikda "Buxoro"ni Ulug'bek Baqoev boshqarmoqda va yosh murabbiy o'zini ko'rsatishga urinmoqda. Qarshida kechgan o'yinda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishgandi. Negadir safardagi bahslarda "Nasaf" o'zini ko'rsata olmayapti, chunki jamoa shu paytgacha safarda 9ta o'yinda maydonga tushgan bo'lsa, shundan faqat ikkitasida g'olib chiqqan. 

X.Xoliqov


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика