Oliy liga. Bugun 26-turning 7ta uchrashuvi bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
22 okt 2016, 10:00
Bugun oliy liganing 26-turidan o'rin olgan etti uchrashuv o'tkaziladi.

Vodiy derbisida "Qo'qon-1912" va "Neftchi" to'qnash kelishadi. Bekobodning "Metallurg" klubi "Andijon" mehmoni bo'ladi. Ikkinchi davrada umuman g'alaba qozonmagan "Olmaliq" ketma-ket g'alabalarga erishayotgan "Sho'rtan"ni qabul qiladi.

Chempionlik uchun kurashayotgan "Lokomotiv" Buxoroda "Buxoro" bilan o'ynaydi. O'tgan tur Farg'onada mag'lub bo'lgan "Paxtakor" esa "So'g'diyona" bilan kuch sinashadi. Qarshida "Nasaf" va "Navbahor" o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.

Nihoyat bugungi eng so'nggi uchrashuv Navoiyda o'tkaziladi. Unda "Qizilqum" klubi "Lokomotiv"ni quvayotgan "Bunyodkor" bilan bahs olib boradi.

Tur o'yinlari dushanba kuni "Obod" - "Mashal" uchrashuvi bilan yakuniga etadi.

26-TUR
Oliy liga
22 oktyabr (shanba)

15.30 - Qo'qon-1912 - Neftchi
15.30 - Andijon - Metallurg
16.00 - Olmaliq - Sho'rtan
17.00 - Buxoro - Lokomotiv
17.30 - Paxtakor - So'g'diyona
17.30 - Nasaf - Navbahor
18.00 - Qizilqum - Bunyodkor

24 oktyabr (dushanba)
16.00 - Obod - Mashal

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia