So’nggi yangiliklar

16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  2 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  0 15:35"Насаф" ҳақоратли сўзлар ишлатган матбуот ходими вакилини ишдан бўшатди ва жамоатчиликдан узр сўради  15 15:20Расман: "Пахтакор" португалиялик бош мураббий ва унинг ассистентлари ҳамда бразилиялик легионер билан хайрлашди  9 14:57"Андижон" "Насаф" вакилининг ҳақорати юзасидан муносабат билдирди: клуб ПФЛдан чора кутмоқда  20 14:42"Ал Аҳли" Мессини сотиб олмоқчи  1 14:18"Динамо" "Насаф" расмийсининг сўзлари бўйича баёнот берди  35 14:00Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Суперлига футболчилари тахмини  10 13:33Анвар Ҳожимирзаев: "Ўйин сўнгида омад "Насаф" томонда бўлди"  7 13:18Абдувоҳид Неъматов: "Бундай катта ўйинда VAR йўқлиги бироз ноқулайлик туғдирди"  3 13:04107 километрлик ланъат ёхуд "Динамо" - "Насаф" учрашувига нега КТС келмади?   51 12:52БУМ! Ўзбекистон Уругвай билан ўртоқлик ўйини ўтказади  26 12:37"Динамо" – "Насаф" учрашувида пенальти бормиди? Экспертимиз жавоб беради  15 12:18Акмал Мозговой: "Фаолиятимда янги саҳифани очишга қарор қилдим"  9

Oliy liga. Bugun 10-turning beshta o'yini o'tkaziladi Yangiliklar

Oliy liga. Bugun 10-turning beshta o'yini o'tkaziladi

Kecha oliy liganing 10-tur uchrashuvlariga start berildi. Turning dastlabki o'yini "Obod" va "So'g'diyona" o'rtasida kechib, bunda maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchishdi.

SHu tariqa "Obod" joriy mavsum hisobidan birinchi bor g'alabaga erishdi. Jamoa bungacha ikki bor durang o'ynab, ettita o'yinda mag'lub bo'lgandi.

Bugun taqvimdan o'rin olgan yana beshta uchrashuv bo'lib o'tadi. "Paxtakor" o'z maydonida "Neftchi"ni qabul qilsa, "Bunyodkor" safarda "Nasaf" mehmoni bo'ladi. Turnir jadvalida oxirgi o'rinda borayotgan "SHo'rtan" esa "Andijon" bilan bellashadi. Quyida shu va boshqa juftliklarga to'xtalib o'tamiz.


PAXTAKOR - NEFTCHI

Boshlanish vaqti: 18:45

Bosh hakam: Aziz Asimov

Turnir jadvalidagi o'rni: "Paxtakor" 6-o'rin (15 ochko), "Neftchi" 10-o'rin (10 ochko)

Ochkolar orasidagi farq: besh ochko


Tarif: "Paxtakor" - "Neftchi" qarama-qarshiligi bir paytlar "o'zbek klassikosi" deyilardi. Hozir bu nomga ancha putur etgan. Orada ayniqsa "Neftchi" ancha kuchsizlanib qoldi. Jamoaning bu yilgi o'yini sira qovushmayapti. SHunga qaramay, "Paxtakor" stadionida qiziqarli futbol guvohiga aylansak ajab emas.  

Fakt: "Paxtakor" hozircha o'z maydonida beshta o'yin o'tkazib, shundan to'rttasida g'alaba qozondi. Faqat "Nasaf" bilan kechgan bahsdagina durang qayd etildi xolos. Lekin jamoa oxirgi uchta rasmiy o'yinda (oliy liga va Kubok) gol ura olmadi. "Neftchi" esa safarda beshta uchrashuv o'tkazgan bo'lsa, shundan to'rttasida mag'lub bo'ldi. Jamoa hisobida safar o'yinlarida faqat bitta g'alaba bor, u ham bo'lsa "Mashal" bilan qayd etilgan.


NASAF - BUNYODKOR

Boshlanish vaqti: 19:30

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Turnir jadvalidagi o'rni: "Nasaf" 3-o'rin (22 ochko), "Bunyodkor" 2-o'rin (25 ochko)

Ochkolar orasidagi farq: uch ochko


Tarif: Bemalol turning markaziy uchrashuvi deya olamiz. Oliy ligada mag'lub bo'lmagan ikkita jamoa qoldi: "Lokomotiv" va "Bunyodkor". "Bunyodkor" bugun ham mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettira oladimi? Buni Qarshidagi bahs ko'rsatib beradi. 

Fakt: "Nasaf" o'tgan turda dastlabki mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Jamoa safarda "Metallurg"ga imkoniyatni boy berdi. Bungacha "Nasaf" qatorasiga to'rt o'yinda g'alaba qozongandi. "Bunyodkor" esa bungacha faqat bir marta durang o'ynab, qolgan barcha uchrashuvlarda zafar quchdi. Jamoa OCHLda o'zinini ko'rsata olmagan bo'lsa-da, oliy ligada chempionlik sari harakat qilmoqda. Agar "Bunyodkor" bugun yutqazgudek bo'lsa, bu jamoaning ilk mag'lubiyati bo'ladi. 


OLMALIQ - MASH'AL

Boshlanish vaqti: 18:30

Bosh hakam: Olim Tolibjonov

Turnir jadvalidagi o'rni: "Olmaliq" 12-o'rin (9 ochko), "Mashal" 13-o'rin (7 ochko)

Ochkolar orasidagi farq: ikki ochko


Tarif: Turnir jadvalida yonma-yon borayotgan jamoalar bahsi. Bu o'yinda kim g'alaba qozonsa, o'z raqibidan bir pog'ona yuqoriga ko'tarilib oladi. Ikkala jamoa ham mavsumni past saviyada o'tkazmoqda. Vaholanki, "Mashal"ning ham, "Olmaliq"ning ham yuqori o'rinlarda yurishi taxmin qilingandi. 

Fakt: "Olmaliq" hisobida atigi uchta g'alaba bor va uchalasi ham o'z maydonida qo'lga kiritilgan. Jamoa hozircha durang o'ynagani yo'q. Ketma-ket to'rt bor yutqazgan "Mashal" nihoyat o'tgan turda g'alaba nashidasini surdi. Muborakliklar shu paytgacha safarda beshta o'yin o'tkazib, shundan to'rttasida yutqazib, bir bor durang o'ynashdi. 


QIZILQUM - METALLURG

Boshlanish vaqti: 19:00

Bosh hakam: Vladislav Ceytlin 

Turnir jadvalidagi o'rni: "Qizilqum" 5-o'rin (17 ochko), "Metallurg" 4-o'rin (19 ochko)

Ochkolar orasidagi farq: ikki ochko


Tarif: Jadvalda yonma-yon o'rinlarni egallab turgan jamoalarning yana bir bahsi. O'ylaymizki, Navoiyda juda qiziqarli bahs muxlislarni kutib turibdi. Ikkala jamoaning ham bu yilgi o'yini tahsinga loyiq. Bu uchrashuvda kim g'alaba qozonishini oldindan aytish qiyin. 

Fakt: "Qizilqum" oxirgi to'rt o'yindan ikkitasida g'alaba qozondi va ikki bor mag'lub bo'ldi. Jamoa bungacha qatorasiga besh o'yindirki mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgandi. Safarda to'rtta bahsda maydonga tushgan "Metallurg" shundan ikkitasida yutqazib, bir g'alaba va bir durang qayd etdi. Bugun "Metallurg" safardagi beshinchi uchrashuvini o'tkazadi.


ANDIJON - SHO'RTAN

Boshlanish vaqti: 18:00

Bosh hakam: Ravshan Ermatov  

Turnir jadvalidagi o'rni: "Andijon" 11-o'rin (9 ochko), "SHo'rtan" 16-o'rin (4 ochko)

Ochkolar orasidagi farq: besh ochko


Tarif: Oliy ligada qolish uchun kurashayotgan "SHo'rtan" bugun "Andijon" mehmoni bo'ladi. G'uzorliklarni bu yil sira tanib bo'lmayapti. Jamoa hisobida faqat bittagina g'alaba bor. Aytish mumkinki, ikkala klub ham deyarli teng tarkibga ega. Bu o'yinda mezbon ham, mehmon ham yutib ketishi mumkin. 

Fakt: "Andijon" o'zining uchta g'alabasiga faqat uydagi o'yinlar orqali erishgan. Jamoa safarda hatto durang qayd etolgani yo'q. "SHo'rtan" ham safarda g'alaba qozonmagan jamoalar sirasiga kiradi. Ular 7-turda "Neftchi" bilan 2:2 hisobida durang o'ynashgandi. Bugun ham "SHo'rtan" vodiy klubiga qarshi maydonga chiqadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика