So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  2 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  83 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  845 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

Oliy liga. 5-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 5-tur ramziy terma jamoasi

6-7 aprel kunlari oliy ligada 5-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra saytimiz xodimlari tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi.

G'uzor klubi "Lokomotiv"ni mag'lub etib turning eng katta sensaciyalaridan birini qayd etdi. Bu bahsda raqibning ko'plab zarbalarini qaytargan "SHo'rtan" posboni Eldor Tojiboev haqli ravishda ramziy terma jamoamizdan o'rin oldi.



"Navbahor" o'z uyida "Mashal"ni taslim qildi. Uchrashuv taqdiri hal qilgan yagona golni mezbonlar vakili Hasanboy Ergashev Muborak klubi darvozasiga urdi. Ergashev himoyada ham ishonchli o'ynaganini takidlash lozim.



"Olmaliq" mavsumdagi ilk g'alabasini bu yil hozirgacha 3ta o'yinda 3ta g'alabaga erishgan Qarshining "nasaf" klubi ustidan qo'lga kiritdi. Mazkur bahsda maydon egalari himoyachisi SHavkat Mullajonov qarshiliklarga etarlicha qarshilik ko'rsata oldi va jamoasi darvozasi dahlsizligi saqlanishiga katta xissa qo'shdi.



"SHo'rtan"dan yana bir vakil bu himoyachi Umar Eshmurodov bo'ldi. Himoyachi "temiryo'lchilar" bilan uchrashuvda hisobni ochishga erishishdan tashqari raqib hujumchilariga qarshi juda yaxshi o'ynadi. Jamoasi gol o'tkazmay g'alabaga erishdi.



Tur sensaciyalaridan yana birini qayd etgan Navoiyning "Qizilqum" klubi Toshkentda "Bunyodkor"dan ustun keldi. Bu jamoa safida SHukurali Po'latov himoya chizig'ida ishonchli o'ynadi va "qaldirg'ochlar"ning yosh hujumchilariga deyarli imkon bergani yo'q.



"So'g'diyona" bu mavsumdagi ikkinchi g'alabasini ham o'z maydonida qo'lga kiritdi. Davron Fayziev boshchiligidagi jamoa "Obod"ni taslim qildi. Uchrashuvda faol o'ynagan Sanjar Rashidov bahs so'nggida belgilangan penaltidan gol urib jamoasiga 3 ochko keltirdi.



"Qizilqum"ga tarixiy g'alabani keltirgan Ilhom Yunusov ramziy terma jamoadan o'rin olmasa adolatdan bo'lmas edi. Uning "Bunyodkor" darvozasiga urgan goli chiroyli va juda ham foydali bo'ldi. Tajribali yarim himoyachi bu mavsumda ikkinchi bor ramziy terma jamoamizdan o'rin olmoqda.



Bosh murabbiyni almashtirgan "Paxtakor" nihoyat uchta o'yinlik g'alabasiz seriyasiga barham berib "Metallurg"ni mag'lub etdi. SHu kuni SHerzod Karimov boshqalardan ko'ra faolroq o'ynadi va jamoasining g'alabasiga xissa qo'shdi.



"Buxoro"ning xorvatiyalik legioneri Ivor Veycer "Neftchi" bilan o'yinda faol o'ynadi. Uchrashuvga nuqta qo'ygan golni ham aynan Veycer urdi va bu mavsum ikkinchi bor ramziy termamizga kirishga erishdi.



"Olmaliq"ning "Nasaf" ustidan g'alaba qozonishiga "ajdarlar"ning sobiq hujumchisi Kamoliddin Murzoevning urgan goli sabab bo'ldi. Murzoev bahsda raqib himoyachilariga tinchlik bermadi va to'p kiritishga erishdi.



"Qo'qon-1912" o'z maydonida mart oyini sensacion o'tkazgan "Dinamo"dan ustun keldi. Qo'qonliklar hujumchisi Filip Rayevac ketma-ket to'rtinchi o'yinda ham gol urdi. Biroq beshinchi tur ramziy terma jamoasiga uni emas Nosir Otaqo'zievni tanlashga qaror qildik. Sababi tajribali Otaqo'ziev uchrashuvdagi hisobni ochdi va anchagina faol o'ynadi.


Championat.asia talqiniga ko'ra 5-tur ramziy terma jamoasi

Darvozabon
Eldor Tojiboev "SHo'rtan"

Himoyachilar
Hasanboy Ergashev "Navbahor"
SHavkat Mullajonov "Olmaliq"
Umar Eshmurodov "SHo'rtan"
SHukurali Po'latov "Qizilqum"

Yarim himoyachilar
Sanjar Rashidov "So'g'diyona"
Ilhom Yunusov "Qizilqum" (Bu mavsum 2-marta ramziy terma jamoada)
SHerzod Karimov "Paxtakor"
Ivor Veycer "Buxoro" (2)
 
Hujumchilar
Kamoliddin Murzoev "Olmaliq"
Nosir Otaqo'ziev "Qo'qon-1912"


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика