Oliy liga. 3-tur ramziy terma jamoasi
20 mar 2017 11:58
Yangiliklar
Oliy liga. 3-tur ramziy terma jamoasi
Bu turdan o'rin olgan "Metallurg" - "Lokomotiv" va "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvlari terma jamoa o'yini tufayli nomalum muddatga qoldirilgan.
Ketma-ket ikkinchi bor ramziy terma jamoa darvozasiga Muborakning "Mashal" klubi posboni Javohir Ilyosovni joylashtirdik. Bunga albatta sabablar etarli. Ilyosov "SHo'rtan" bilan o'yinda ham o'tgan turda bo'lgani kabi o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Bundan tashqari Igor Taran tomonidan penaltidan urilgan zarbani qaytarishga erishdi. Qizig'i Javohir bir tur oldin ham 11 metrli jarima to'pini qaytarishga muvaffaq bo'lgandi. Yosh posbon jamoasi 10 kishi bo'lib qolganida ham raqibning bir qator zarbalarini qaytarishga erishdi.
"Qo'qon-1912" mavsumdagi ilk g'alabani o'z maydonida "Qizilqum" ustidan qo'lga kiritdi. Mazkur o'yinda mezbonlar himoyachisi Murod Xolmuhammedov juda faol o'ynadi. U o'z qanotida raqib vakillariga imkoniyat bermadi. Bundan tashqari hujumlarda ham ko'p bor ko'rinish berib turgan Xolmuhammedov ramziy termadan o'rin oldi.
"Navbahor" vodiy derbisida "Neftchi" bilan durang o'ynadi. SHu kuni maydon egalari safida Jahongir Mehmonov sobiq klubiga qarshi juda yaxshi harakat qildi. Raqib hujumchilariga deyarli imkoniyat bermagan himoyachi haqli ravishda termamizga kiritildi.
"Olmaliq" bu turda mag'lubiyatga uchradi. Lekin jamoa safida himoyachi Vladislav Kasminin juda faol va foydali harakat qildi. Legioner "Olmaliq"ning har ikkala golida ham ishtirok etdi. Dastlab uning pasidan so'ng Islom Inomov hisobni ochgan bo'lsa ikkinchi bo'limda uning o'zi oliy ligadagi birinchi golini urishga erishdi. Biroq jamoasi so'nggi daqiqalarda ikki gol o'tkazib alamli mag'lubiyatga uchradi.
Ramziy terma jamoada "Mashal"ning yana bir vakili bu himoyachi Sardor Rahmonov bo'ldi. Bu mavsum muborakliklar safiga qo'shilgan Rahmonov jamoaning asosiy vakiliga aylanib oldi. G'uzordagi bahs boshida hakam tomonidan belgilangan penaltini aynan Sardorning aniq amalga oshirgani so'zimizga isbot bo'ladi. Bundan tashqari Rahmonov himoyada ham o'z vazifasini munosib bajardi va jamoasi safarda g'alaba qozondi.
Mavsumni sensacion tarzda ketma-ket 3ta g'alaba bilan boshlagan "Dinamo"dan bir yo'la ikki futbolchi ramziy termadan o'rin oldi. Himoyachi SHohrux Xolmatov "Paxtakor"ga qarshi kechgan bahsda Igor Sergeev va uning sheriklariga gol urish imkonini bermadi. Xolmatov raqibning hujumlarini qaytarishda etakchilardan biri bo'ldi.
"Neftchi" Namanganda "Navbahor" bilan 1:1 hisobida durang o'ynab qaytdi. SHu kuni farg'onaliklar safida yagona golga Dmitriy Komarovskiy mualliflik qildi. SHu tariqa legioner futbolchi "Neftchi"ning bu mavsumdagi ilk golini urishga erishdi. Dastlabki ikki turda "Neftchi" gol ura olmagandi.
Turning yana bir sensaciyasini qayd etgan "Obod" Buxorodan 3 ochko bilan qaytdi. Jamoa o'z tarixida ilk bor ushbu klub uyidan g'alaba bilan qaytishida G'ayrat Umirovning xissasi juda katta bo'ldi. O'yindan bir kun oldin o'z tug'ilgan kunini nishonlagan yarim himoyachi Buxorodagi bahs taqdirini hal qilgan yagona golni urdi. SHunday qilib, "Obod" bu mavsumdagi ilk g'alabasini safarda kuchli raqib ustidan qo'lga kiritdi.
Dastlabki ikki turda Toshkentning ikki klubiga mag'lub bo'lgan "So'g'diyona" Jizzaxdagi ilk o'yinda muxlislarini xursand qildi. "Olmaliq"qa qarshi o'yinda Davron Fayziev shogirdlari 1:2 hisobida ortda qolib turib so'nggi daqiqalarda ikkita gol urib irodali g'alabaga erishdi. SHu kuni zaxiradan maydonga tushgan SHohrux Dostonov bahs qahramonlaridan biriga aylandi. Aynan uning 88-daqiqada urgan goli "So'g'diyona"ga mavsumdagi birinchi g'alabani keltirdi. Bahs so'nggida esa Dostonov ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi.
"Dinamo" yarim himoyachisi Javohir Qahramonov dastlabki ikki turda ham juda yaxshi o'ynagandi. Biroq ramziy termamizdan o'rin ololmagandi. 3-turda nihoyat Qahramonov qahramonlar safiga qo'shildi. Yarim himoyachi bahs davomida mezbonlarga tinchlik bergani yo'q. Bundan tashqari Radu Rogak "Paxtakor" darvozasiga golni aynan Javohirning to'p uzatishidan so'ng kiritdi.
Hujumda faqat bir nafar futbolchini tanlab olishga qaror qildik. O'tgan turda ham ramziy termadan joy olgan serbiyalik Filip Rayevac bu safar ham unga kiritildi. "Qizilqum" bilan bahs taqdirini hal qilgan yagona golni aynan Rayevac urdi.
Championat.asia talqiniga ko'ra 3-tur ramziy terma jamoasi
Darvozabon
Javohir Ilyosov "Mashal"
Himoyachilar
Murod Xolmuhammedov "Qo'qon-1912"
Jahongir Mehmonov "Navbahor"
Vladislav Kasminin "Olmaliq"
Sardor Rahmonov "Mashal"
SHohrux Xolmatov "Dinamo"
Yarim himoyachilar
Dmitriy Komarovskiy "Neftchi"
G'ayrat Umirov "Obod"
SHohrux Dostonov "So'g'diyona"
Javohir Qahramonov "Dinamo"
Hujumchi
Filip Rayevac "Qo'qon-1912"
Fikrlar