So’nggi yangiliklar

17:58"Барса" ўйинчиси Роке яна "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  0 17:30РПЛ. ЦСКА ва Файзуллаев Москвада "Оренбург"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  3 17:23Симонс яна бир мавсумни ижара асосида "Лейпциг"да ўтказади. У бир неча кундан сўнг тиббий кўрикдан ўтади  1 16:58Флик Кантенинг "Барса"га ўтишини блоклаб қўйди. Мураббий ёш ўйинчиларни афзал кўради  2 16:28Моуринью Гюндоганни "Фенербахче"да кўрмоқчи  0 15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  1 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  1 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  5 14:31Ашурматов "Химки"дан учралган мағлубиятга изоҳ берди  1 14:07Альвареснинг агенти келаси ҳафтада "Ман Сити" билан музокаралар ўтказади. Клуб ўйинчини 40-50 млн еврога сотмайди  1 13:39"Ливерпуль" Робертсонга ўринбосар топди  0 13:105та гол урилган "Андижон" — ОКМК ўйини ёҳуд олмалиқликларнинг даҳшатли камбэкидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:50Футзал. ЖЧ-1992. Пеле томоша қилган ҳамда онасининг қорнида тўп тепишни бошлаган ялангоёқ болакайнинг энг яхши ўйинчига айлангани ҳақида ҳикоя қиламиз  0 12:36"Атлетико" Альварес учун 47+12 млн фунт таклиф қилмоқда, "Ман Сити" 70+20 млн хоҳламоқда. Мадридликлар пессимистик кайфиятдалар  3 12:05Гвардиола Англия терма жамоасининг қизиқишини изоҳлади  0

Oliy liga. 22-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 22-tur ramziy terma jamoasi

O'tgan hafta oliy liganing 22-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra o'tgan tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

Farg'onaning "Neftchi" klubi bir mavsumda ikkinchi bor "Bunyodkor"ni mag'lub etdi. Jamoa birinchi davrada Toshkentdagi bahsda Ro'zimboy Ahmedovning urgan goli evaziga g'olib bo'lib qaytgandi. Kecha Farg'onada kechgan o'yinda jamoa 2:0 hisobida zafar quchdi. Bu bahsda "Neftchi" darvozaboni Evgeniy CHeremisin ajoyib o'ynadi. U raqibning qator hujumlarini gol bilan tugamasligi uchun barcha ishni qildi. Albatta posbonga himoyachilar ham yordam berib turishganini takidlash lozim.


Darvozabon:
Evgeniy CHeremisin ("Neftchi")

Toshkentning "Lokomotiv" klubi O'zbekiston kubogi finaliga chiqa olmadi, biroq ikki bor "Nasaf"ni o'z uyida mag'lub etdi. Oliy liga doirasidagi o'yinda Vadim Abramov jamoasi tartibli himoyalanib raqibga deyarli hujum qilishga imkon bergani yo'q. SHu kuni "temiryo'lchilar" safida legioner himoyachi Nemanya Yanichich boshqalarga nisbatan faol o'ynadi.

Birinchi davrani "Olmaliq"da o'tkazib yozda "Neftchi"ga o'tgan Adrian Kashkaval uchun ikkinchi davra u qadar omadli boshlangani yo'q. Futbolchi yangi jamoaga moslashib ketish jarayonini og'ir o'tkazdi. Biroq "Bunyodkor" bilan uchrashuvning boshida burchakdan oshirilgan to'pni darvozaga yo'llab hisobni ochgan Adrian o'ziga bo'lgan ishonchni oshirib yubordi.


Himoya chizig'idagi uchinchi legioner bu "Paxtakor"chi Adnan Oraxovac bo'ldi. Serbiyalik himoyachi Namanganda "Navbahor" bilan o'yinni yuqori saviyada o'tkaza oldi. U havodan oshirilgan to'plarni qaytarishda, raqibning hujumlarini qaytarishda jamoadoshlariga o'rnak bo'ldi. Oraxovacning yordami tufayli "sherlar" safarda o'ta qiyin g'alabani qo'lga kiritishdi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi himoyachisi Maksimilian Fomin davralar oralig'ida "Dinamo"dan "Buxoro"ga o'tdi. Yangi jamoasi safida ham yosh himoyachi asosiy tarkibning muqim azosiga aylanib oldi. Futbolchi "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsda yaxshi o'ynab vodiylik hujumchilarga imkoniyat bermadi. Bugun o'z tug'ilgan kunini nishonlayotgan futbolchini saytimiz nomidan tabriklab qolamiz.


Himoyachilar:
Nemanya Yanichich ("Lokomotiv")
Adrian Kashkaval ("Neftchi")
Adnan Oraxovac ("Paxtakor")
Maksimilian Fomin ("Buxoro")


Turning eng foydali futbolchisi Bekobodning "Metallurg" klubi yarim himoyachisi Ruslan Vagapov bo'ldi. Tajribali futbolchi "Dinamo" bilan o'yinda o'z hisobiga ikkita gol va bitta golli pas yozib qo'ydi. Ayning uning gollari va foydali harakatlari tufayli "Metallurg" uzoq kutilgan g'alabaga erishdi. Vagapov haqli ravishda ramziy terma jamoamizdan o'rin oldi.

"Lokomotiv" yarim himoyachisi Sanjar SHoahmedov gol urishda davom etmoqda. O'z klubining to'purari bo'lib turgan yarim himoyachi Qarshining "Nasaf" klubiga qarshi bahs taqdirini hal qilgan yagona golning muallifiga aylandi. Sanjar o'sha kuni gol urishdan tashqari maydon markazida tezkor harakatlari bilan raqib himoyachilariga tinchlik bermadi.

"Qizilqum" vakili Sarvar Xolmatov "Olmaliq"qa qarshi bahsda juda faol o'ynadi. Uchrashuvda Bahriddin Vahobovning gol urishi uchun ajoyib imkoniyat hosil qilib bergan ham, o'yin so'nggi soniyalarida qarshi hujumda raqib darvozasiga gol urgan ham aynan Xolmatov bo'ldi.

"Buxoro" yarim himoyachisi Alisher Sanaev ketma-ket ikkinchi o'yinda Buxoroda gol urdi. O'tgan safar "Andijon" darvozasiga to'p kiritgan futbolchi "Qo'qon-1912"ga ham gol urishga muvaffaq bo'ldi. Sanaev va jamoadoshlari "Buxoro"ni oliy ligada olib qolish uchun bor kuchlari bilan o'ynashda davom etishadi.


Yarim himoyachilar:
Ruslan Vagapov ("Metallurg")
Sanjar SHoahmedov ("Lokomotiv")
Sarvar Xolmatov ("Qizilqum")
Alisher Sanaev ("Buxoro")

Bu turda hujumchilar deyarli gol urishmadi. Farg'onaning "Neftchi" klubi yosh hujumchisi Murod Bobojonov "Bunyodkor"ga qarshi bellashuvda zaxiradan maydonga tushib raqib darvozasini ishg'ol qilishga erishdi. Bundan tashqari bir necha bor Zuhurov qo'riqlayotgan darvoza oldida hujum tashkil etishda faol bo'ldi. Bobojonov o'z gollari sonini to'rttaga etkazib oldi. 

Birinchi davrani "Olmaliq"da o'tkazgan Kamoliddin Murzoev ikkinchi davra boshida "Dinamo" safiga borib qo'shilgandi. "Olmaliq" safida 12ta o'yinda 3ta gol urgan hujumchi "Dinamo" safida 4ta o'yinda maydonga tushib 4ta gol urdi. Yani Murzoev oxirgi to'rtta turda maydonni golsiz tark etmadi. Asli bekobodlik bo'lgan hujumchi Bekobodda "Metallurg"ga qarshi bahsda gol urishga erishdi.



Hujumchilar:
Murod Bobojonov ("Neftchi")
Kamoliddin Murzoev ("Dinamo")


Murod Ismoilovning sog'ligi bilan bog'liq muammolar tufayli ikkinchi davra boshida "Neftchi"ga Andrey Fyodorov vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlandi. O'zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi boshchiligidagi "Neftchi" o'tgan tur Jizzaxda "So'g'diyona"ni mag'lub etib qaytgandi. Bu turda esa jamoa O'zbekiston kubogi finalchisi "Bunyodkor" klubini taslim qilishga muvaffaq bo'ldi. Fyodorov boshchiligidagi jamoa o'zidan yuqorida turgan jamoa bilan ochkolar farqini 2tagacha qisqartirishga muvaffaq bo'ldi. Biz ramziy terma jamoa bosh murabbiyi deb aynan Andrey Fyodorovni tanlashga qaror qildik.

Bosh murabbiy:
Andrey Fyodorov ("Neftchi")


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика