So’nggi yangiliklar

07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  0 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  1 07:20Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Жалолиддиновдан иккита, Абдихолиқовдан битта ассист  0 01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  0 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  24 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  7 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  2 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  5 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  7 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  4 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  108 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1

Oliy liga. 22-tur. "Paxtakor" va "Neftchi"dan g'alaba Yangiliklar

Oliy liga. 22-tur. "Paxtakor" va "Neftchi"dan g'alaba

Bugun oliy liganing 22-turidan o'rin olgan 2ta o'yin bo'lib o'tdi.

Namangandagi o'yinning 8-daqiqasida Otabek Valijonov ikki himoyachini aldab o'zi zarba yo'llashga qaror qildi. Ammo to'p noaniq ketdi. 15-daqiqada Karimovning chap qanotdan jarima maydonimizga uzatgan to'pini Krimec boshi bilan darvozaga yo'lladi. Lekin, zarba biroz noaniq chiqdi. Oradan ikki daqiqa o'tgach Krimecning chamasi 40 metrlardan belgilangan jarima to'pini darvoza sari yo'lladi. Lekin, bu safar Egor mo'ljalda adashdi. 35-daqiqada SHixov qanotdan oshirilgan to'pni Lobanov qo'riqlagan darvozaga yo'lladi. Lekin zarba ko'ngildagidek chiqmadi. 45-daqiqada Karimovning zarbasi xavli, kuchsiz va biroz noaniq chiqdi. To'p darvoza to'sini yonginasidan o'tib ketdi. Dastlabki bo'limda hisob ochilmadi.

77-daqiqada Andreevning pasidan keyin Maxaradze Xo'jaev darvozasini boshi bilan zarba yo'llab, ishg'ol qildi - 0:1.  89-daqiqada Baqoevning kuchli zarbasidan so'ng to'p darvoza to'sini yonginasidan o'tib ketdi. O'yin 0:1 hisobida tugadi.


16:30 - Navbahor (Namangan) – Paxtakor (Toshkent) 0:1
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoi), A. Snetkov (Toshkent vil.), V. Lushin (Guliston), A. Raximov (Andijon)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

Gol: Kaxi Maxaradze 77, - 0:1 (Stanislav Andreev)

Navbahor: 46. Xurshid Xo'jaev, 2. Alisher Samatov (23. G'ayrat Jo'raev, 85), 5. Rahmatillo Berdimurodov, 7. Sanat SHixov, 8. Azim Ahmedov, 11. Otabek Valijonov (20. Ulug'bek Baqoev, 65), 22. SHahboz Erkinov, 26. Qahramon Mahammadjonov (21. Azam Aliev, 46), 27. Robbim Hasanov, 29. Dilshod Jabborov (S), 33. Tohir SHamsitdinov.
Zaxira: 87. Akmal Ortiqov, 9. Ilhom Boydedaev, 10. Alisher Mahmudov, 18. Davron Isoqov.

Paxtakor: 12.Aleksandr Lobanov, 2. Egor Krimec, 4. Adnan Oroxovac, 5. Akbar Ismatullaev (9. Jaloliddin Masharipov, 52), 7. Kaxi Maxaradze (S), 8. SHerzod Karimov (20. Anvar Soliev, 74), 11. Igor Sergeev, 15. Javohir Sohibov, 21. Kamoliddin Tojiev, 28. Stanislav Andreev, 29. Vladimir Kozak.
Zaxira: 1. Nikita Ribkin, 6. Murod Xolmuhamedov, 18. Bahodir Pardaev, 34. Javohir Siddiqov, 35. Alisher Mirzaev.

Ogohlantirishlar: Otabek Valijonov 41, Javohir Sohibov 41, Alisher Samatov 70, Kaxi Maxaradze 83, Sanat SHixov 86.


Farg'onadagi o'yining 3-daqiqasida Saidovning burchak oshirgan to'pini Kashkaval boshi bilan darvozaga yo'lladi. To'p uzoq ustunga tegib, to'rga borib tushdi - 1:0. 7-daqiqada Saidov chamasi 22 metrlardan darvozaga zarba berdi. Noaniq. 15-daqiqada "Neftchi"ning qarshi hujumi. Ahmedov to'pni Hakimovga uzatdi. SHerzod esa darovoza tomon zarba berdi. SHorahmedov to'pni to'sib qoldi. 23-daqiqada SHorahmedov-Zuagi-O'rinboev kombinaciyasidan so'ng Zabihilloning bosh bilan bergan zarbasi birozgina noaniq chiqdi. 29-daqiqada "Bunyodkor" ko'pchilik bo'lib juda chiroyli hujum uyushtirdi. Biroq so'nggi lahzada Po'latov to'pni deyarli darvoza chizig'i ustidan qaytardi. 34-daqiqada yana SHorahmedovning qanoti faol o'ynadi. Oshirilgan to'pni O'rinboev boshi bilan darvozaga to'g'riladi. Noaniq. 45-daqiqada Zuagining zarbasi... Bu safar ham CHeremisin to'pni egallab olishga erishdi. 

50-daqiqada Hakimovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. 58-daqiqada Qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga burib yuborish uchun O'rinboevga bir necha santimetr etishmadi. 76-daqiqada burchakdan oshirilgan to'pni SHaker Zuagi boshi bilan darvozaga yo'lladi. Birozgina noaniq. 86-daqiqada SHomurodov uzatgan to'pni SHodiev darvozaga tepdi. CHeremisin to'pni egallab oldi.

90+1-daqiqada Akmal Xolmatovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Murodbek Bobojonov boshi bilan darvozaga yo'llab, hisobni 2:0ga oshirdi va uchrashuv shu hisob bilan o'z yakuniga etdi


17:00 - Neftchi (Farg'ona) – Bunyodkor (Toshkent) 2:0
Hakamlar: V. Ceytlin (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), A. Ko'ldashev (Buxoro), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: S. Irmatov (Toshkent).

Gol: Adrian Kashkaval 3, - 1:0 (Mansur Saidov). Murodbek Bobojonov 90+1, - 2:0 (Akmal Xolmatov)

"Neftchi": 30.Evgeniy CHeremisin, 3.SHukurali Po'latov, 7.Mansur Saidov (8.Akmal Xolmatov, 88), 9.SHerzod Hakimov (10.Murod Bobojonov, 69), 18.Javohir Rasulov, 20.Dilyorbek Ermatov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 22.Ro'zim Ahmedov (26.Otabek Isroilov, 75), 27.Adrian Kashkaval, 33.Sardor Rahmonov, 44.Umid Qodirov.

Zaxira: 16.Abdumavlon Abdujalilov, 2.Sardor Qulmatov, 5.Doston Tursunov, 13.Zokir Nurmatov.

"Bunyodkor": 25.Murod Zuxurov, 2.Akmal SHorahmedov, 5.Dilshod Jo'raev (27.Sardor Sobirxo'jaev, 46), 7.SHaker Zuagi, 9. Sato Minori, 13.Ivan Miloshevich, 17.Doston Hamdamov (77.Viktor Karpenko, 85), 19.Zabihillo O'rinboev (14.Vohid SHodiev, 70), 22.Rustam Ashurmatov, 39.Eldor SHomurodov, 48.Akrom Komilov.
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 6.Anvar G'ofurov, 18.Xurshid G'iyosov, 20.Samir Bekrich.

Ogohlantirishlar: Zabihillo O'rinboev 17, Doston Hamdamov 20, Umid Qodirov 35, Ivan Miloshevich 48, SHukurali Po'latov 63.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика