So’nggi yangiliklar

17:16Азим Аҳмедов: "Илҳом Мўминжоновнинг таклифидан сўнг иккиланмасдан "Металлург"га келдим"  0 16:48"Манчестер Юнайтед" Каземирога Ла Лигадан ўринбосар топди  0 16:22"Навбаҳор" собиқ бош мураббийи "Яйпан"ни бошқаради  1 15:59Рэшфорд "Барселона"да қолиши мумкин: клуб доимий шартномани муҳокама қиляпти  0 15:33Месси Испания терма жамоаси сафида ўйнаши мумкин бўлган  1 15:06Роналду Испания клуби эгаларидан бирига айланди  2 14:38"Манчестер Юнайтед" даромади ошганини маълум қилди  0 14:11Расул Раҳмонов: "Андижон" бу йил олдига қўйилган вазифани бемалол бажара олади"  4 13:44Суперлига. Қишнинг энг яхши трансферлари (топ-10)  3 13:19"Манчестер Сити" афсонаси Ҳусановнинг даражасини юқори баҳолади  3 12:57Инфантино Мексикадаги воқеликлар бўйича изоҳ берди  2 12:30Такси ҳайдовчисини калтаклагани учун ҳибсга олинган "Металлург"нинг янги легионери билан танишамиз  10 12:10U-21 чемпионати. Бугун янги мавсумга старт берилади  0 11:48Англия клублари Чемпионлар Лигасида тарих яратди  21 11:21Дониёр Назуллаев "Металлург"да  3

Oliy liga 21-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga 21-tur ramziy terma jamoasi

11 va 12 sentyabr kunlari oliy ligada 21-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Odatimizga ko'ra o'tgan turning ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik. 

Darvozabon

Sardor Qobuljonov "Buxoro"

CHempionatda so'nggi o'rinda borayotgan "Buxoro" klubi bu turni safarda "Olmaliq"qa qarshi o'tkazdi. SHu kuni Igor SHkvirin shogirdlari ko'plab vaziyatlar yaratishdi, ammo bittadan ortiq gol ura olishmadi. Bunda "Buxoro" posboni Sardor Qobuljonovning hissasi katta bo'ldi deyish mumkin. Birinchi davrani "Loko" zaxirasida o'tkazgan darvozabon bir necha bor jamoasini goldan qutqardi. Jamshid Saidov boshchiligidagi jamoa safarda qimmatli 1 ochkoni qo'lga kiritib qaytdi. 


Himoyachilar

SHerzod Azamov "Nasaf"

Akbar Ismatullaev "Paxtakor"

Sardor Rahmonov "Neftchi"

Islom Inomov "Olmaliq"


Qarshining "Nasaf" klubi Qashqadaryo derbisida "SHo'rtan" ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi. Bu o'yinda mezbonlar safida SHerzod Azamov himoyada faol o'ynadi. Futbolchi g'uzorliklarning bir nechta hujumlarini qaytarishda jonbozlik ko'rsatdi va ramziy terma jamoadan o'rin oldi.

"Paxtakor" bu turda Toshkent derbisida "Lokomotiv"ni mag'lub etdi. SHu kuni o'ng qanot himoyachisi o'rnida Akbar Ismatullaev harakat qildi. Aytish kerakki u o'zidan yomon taassurot qoldirgani yo'q. Raqibning hujumlarini qaytarishda Ismatullaev yaxshi harakat qildi. 

"Neftchi" Jizzaxda "So'g'diyona"ga qarshi o'ynab g'alabaga erishdi. Sardor Rahmonov himoyadagi ishonchli o'yini tufayli jamoasi gol o'tkazmasligini taminladi. "Olmaliq" himoyachisi Islom Inomov "Buxoro" bilan o'yinda boshqalardan ko'ra faolroq o'ynadi. Tajribali himoyachi ko'p bor hujumga qo'shilib turdi, ammo sheriklari ko'p hujumlarni gol bilan yakunlay olishmadi. 


Yarim himoyachilar

Jaloliddin Masharipov "Paxtakor"

Asqar Jadigerov "Andijon"

Javohir Sohibov "Paxtakor"

SHerzod Karimov "Paxtakor"

Yarim himoyaga "Paxtakor"dan 3 nafar futbolchini olishga qaror qildik. Sababi jamoa ikkinchi davraning eng markaziy o'yinida hamshahri "Lokomotiv"ni mag'lub etishga erishdi. SHerzod Karimov birinchi bo'lim so'nggida Ikromovning xatosidan unumli foydalanib deyarli maydon markazidan gol urib hisobni ochdi. Javohir Sohibov tayanch yarim himoyada o'ynab raqibning hujumlarini to'xatishga erishdi. Uchrashuv so'nggida qilgan reydi orqali Jaloliddin Masharipovga gol urish imkonini yaratib berdi. Masharipov g'alaba to'pini kiritishdan tashqari o'yin davomida ham bir qator vaziyatlar yaratdi, jamoasini oldinga boshlab turdi. 

"Andijon" ushbu turni o'z uyida "Qizilqum"ga qarshi o'tkazib 3:2 hisobida zafar quchdi. O'yinda mezbonlarning tajribali yarim himoyachisi Asqar Jadigerov o'yinda hisobni ochdi. Oradan ko'p o'tmay Anvar Berdievga goli pas oshirdi. Yakunda aynan uning foydali harakatlari tufayli jamoa muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdi.  


Hujumchilar

Nosir Otaqo'ziev "Qo'qon-1912"

Azamat Allaniyozov "Nasaf"

Hujum chizig'ida tajribali Nosir Otaqo'zievni kiritdik. "Qo'qon-1912" hujumchisi "Mashal"ga qarshi kechgan bahsda ham gol urishga erishdi va jamoasining g'alabasiga katta hissa qo'shdi. SHu tariqa 31 yoshli futbolchi mavsumdagi gollari sonini 7taga etkazib oldi.

"Nasaf"ning yosh hujumchisi Azamat Allaniyozovning hozircha ishlari besh. Futbolchi oxirgi o'yinlarda maydonni deyarli golsiz tark etmayapti. "SHo'rtan"ga qarshi bellashuvda Azamat o'zining ikkita goli bilan jamoasining g'alabasini taminladi. Uning gollari soni 6taga etdi. 


Bosh murabbiy: 

No'mon Hasanov "Paxtakor"

Toshkent derbisida jamoasini g'alaba sari etaklay olgan yosh mutaxassisni ramziy terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlashga qaror qildik. "Paxtakor" chempionlik yo'lidagi o'zining eng asosiy raqibi bo'lgan "Lokomotiv"ni mag'lub etishga erishib navbatdagi chempionlik sari katta qadam tashladi. Agar shu ruhda davom etsa futbolchi sifatida bir necha marta O'zbekiston chempioni bo'lgan No'mon Hasanov mavsum oxirida bosh murabbiy sifatida ilk bor chempionlikka erishadi. Biroq oldinda yana 9ta tur borligini unutmaslik kerak.  


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика