Oliy liga-2017. "Nasaf"da 24, "Obod"da 38, "Neftchi"da 41
06 dek 2017 17:20
Yangiliklar
Oliy liga-2017. "Nasaf"da 24, "Obod"da 38, "Neftchi"da 41
Bugun klublar safida bir yil davomida necha nafar futbolchi maydonga tushganiga etibor qaratamiz.
Ro'ziqul Berdiev 2017 yilda oliy ligada 24 nafar futbolchining xizmatlaridan foydalanib kumush medalni qo'lga kiritdi. CHempion "Lokomotiv" safida 25 nafar futbolchi maydonga tushdi. Xuddi shuncha futbolchi "Mashal" tarkibida ko'rinish berdi.
Mavsumni oxiriga etkaza olmagan "Obod" klubi tarkibida murabbiylar jami 38 nafar futbolchini maydonga tushirishdi. Mavsum antirekordi esa Farg'onaning "Neftchi" klubiga tegishli bo'ldi. Vodiy klubi safida bir mavsum davomida oz emas ko'p emas 41 nafar futbolchi o'ynadi.
Taqqoslash uchun, 2016 yili oliy ligada "Neftchi" safida 27 nafar futbolchi maydonga tushgandi xolos.
2017 yilgi oliy ligada klublar safida qancha futbolchi maydonga tushdi?
"Nasaf" - 24 nafar
"Lokomotiv" - 25
"Mashal" - 25
"Qo'qon-1912" - 26
"Dinamo" - 26
"Olmaliq" - 27
"Metallurg" - 28
"Navbahor" - 28
"Qizilqum" - 29
"So'g'diyona" - 29
"Bunyodkor" - 29
"Paxtakor" - 31
"Buxoro" - 32
"SHo'rtan" - 32
"Obod" - 38
"Neftchi" - 41

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar