So’nggi yangiliklar

06:11Қўшни Тожикистон кўплаб вазиятлар яратди, аммо Марокашга мағлуб бўлди ГАЛЕРЕЯ  0 01:05ОФК Элит Чемпионлар лигаси. Машарипов жамоаси йирик ғалабага эришди, Остон Ўруновники эса меҳмонда мағлуб бўлди  6 00:56Эртага янги форматдаги УЕФА Чемпионлар лигасини ZO'R TVда кўрамиз  1 00:33"Бавария" Октоберфест шарафига тайёрланган формасини кўрсатди  1 00:12"Унион"нинг 19 ёшли дарвозабони Арсланнинг оёғини кесиб ташлашди  1 23:15Ироққа Роналдусиз борган "Ал Насср" Элит Чемпионлар лигасини дуранг билан бошлади, ОЧЛ ғолиби қатарликлар билан муроса кўчасини танлади  5 22:57Февзи Давлетов: “Дуранг натижага мос ўйин эди”  1 22:54Миржалол Қосимов: “Насаф” билан 6 очколик ўйин бўлади”  7 22:45"Реал"нинг 18 ёшли юлдузи 21 ёшли моделга уйланди  14 22:28Тебас: "Агар "Манчестер Сити" жазоланмаса, АПЛ обрўсига зарар етади"  7 21:45Футзал бўйича ЖЧ. Франция иродали ғалабага эришди  0 21:29Суперлига. ОКМК бир киши кам бўлиб қолган "Сурхон" устидан қийин ғалабага эришди  41 21:20Футзал бўйича ЖЧ. Тожикистон терма жамоаси дастлабки турда Марокашга мағлуб бўлди  3 21:00Футзал бўйича ЖЧ 1-тур. Португалия нафақат турнинг, балки мусобақанинг энг чиройли голини урди  2 20:00"Арал" Про лиганинг 1 та учрашувини тест тариқасида янги стадионда ўтказади  0

Oliy liga – 2016. Eng, eng, eng... Yangiliklar

Oliy liga – 2016. Eng, eng, eng...

Teglar :  Oliy liga
Oliy liganing 4–tur o'yinlari ham yakunlandi. Bu yilgi mavsum avvalgilariga nisbatan biroz qiziqroq o'tishi taxmin qiinmoqda.

CHunki jamoalarning saviyasi deyarli tenglashib qolgani bois, hisoblarni oldindan aytishning iloji bo'lmay qoldi. PFL Reglamentiga ko'ra, oliy liganing har bir jamoasi o'z tarkibidan maksimal 45 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkaza oladi. Aksar klublar bu imtiyozdan to'liq foydalanadi.

Eng yosh jamoalar
So'nggi o'n yildan buyon o'z akademiyasining tarbiyalanuvchilariga etibor qaratib kelayotgan “Paxtakor” oxirgi mavsumlarda muntazam ravishda oliy liganing eng yosh jamoasi bo'lib kelmoqda. “SHerlar” yangi mavsumda ham  chempionatimizning eng yosh jamoasiga aylandi. Faqat ular bu borada yolg'iz bo'lib qolishmadi. Oliy liga debyutanti “Obod” yosh borasida hamshahari bilan tenglashdi. Har ikkala jamoaning ham umumiy yoshi 21,8 ni tashkil qilli. Uchlikni “Bunyodkor” va “Nasaf” jamoalari yakunlab beradi. Oxirgi uch yilda tarkibi sezilarli darajada yosharib ketgan “qaldirg'ochlar”ning bu yilgi o'rtacha yoshi 22,1ni tashkil qilgan bo'lsa, “ajdarlar” 22,5 yosh bilan chempionatda ishtirok etmoqda.

Eng qari jamoa
Yangi mavsum uchun 45 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazgan “SHo'rtan” oliy liganing eng qari jamoasi bo'lib chiqdi. “Oq bo'rilar” 24,9 yosh bilan chempionatga kirib kelishdi. Qaysidir manoda bu kishini xursand qiladi. Boisi, klublarimizda 23 yoshli o'yinchiga ham hali yosh deb baho berishadi. SHunday vaziyatda jamoalarimizning o'rtacha yoshi 25ga ham etib bormasligi albatta yaxshi. Biroq bu erda ro'yxatdan o'tgan o'yinchilarning aksari o'rinbosar safida o'ynaydigan futbolchilar ekanligini ham unutmaslik lozim.
Qarilar orasida vodiyning ikki klubi “Andijon” va “Navbahor” ham bor. 37 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazgan “burgutlar”ning o'rtacha yoshi 24,6. Rashid G'ofurov murabbiyligidagi “lochinlar” esa, 45 nafar o'yinchi bilan 24,4ga kirishgan.


Oliy liga faxriylari
21 avgust kuni 42 yoshni qarshi oladigan tajribali darvozabon Pavel Bugalo nafaqat “Bunyodkor”ning, balki oliy liganing ham eng yoshi katta futbolchi bo'lib turibdi. 2015 yilgi mavsumda oliy ligada 2ta uchrashuvda (“Navbahor” – 2:1, “Qo'qon-1912” – 5:0) to'liq harakat qilgan Bugalo ushbu mavsum maydonga tushish-tushmasligi bilmadikku, ammo “qaldirg'ochlar” azosi sifatida PFL ro'yxatidan o'tib, tarixdan joy oldi.  
Oliy liganing boshqa klublarida to'p surayotgan boshqa faxriy o'yinchilar ham bor. Jumladan, Xayrulla Karimov, Anvar Berdiev, Anvar Soliev, Hikmat Hoshimov, Aleksandr Korneychuk, Asror Aliqulov kabi o'yinchilar hali 40 yoshga kirmagan bo'lsa-da, 37-38 yoshni “urib” qo'yishgan.

Umidlarimiz
Salkam 40 yoshni qoralab qo'ygan futbolchilar butsasini mixga ilishni o'ylamayotgan bir vaqtda klublarimiz hali 16 yoshni qarshi olmagan o'smirlarni PFLdan ro'yxatdan o'tkazmoqda. Xususan, bu yil oliy liga klublari safida ro'yxatdan o'tgan eng yosh o'yinchi “Bunyodkor” azosi Rasul Yo'ldoshev bo'ldi. Yo'ldoshev oktyabr oyining 26 sanasida 16 yoshni qarshi oladi. Boshqa klublarimiz safida 16 yoshli o'yinchilar bor. Xususan, “Nasaf” akademiyasi tarbiyalanuvchisi Alfayzli Nematov ikki oy muqaddam 17ga qarab qadam tashlagan bo'lsa, “Obod” o'yinchisi Bunyod Rahmatullaev iyulda 16ga qadam qo'yadi.

Murabbiylar
“Metallurg” jamoasi ustozi Rustam Mirsodiqov oliy liganing eng otaxon murabbiyi bo'ldi. Bahorning ilk oyida 62 yoshni qarshi olgan Rustam To'xtamurodovich uzoq yillardan buyon bir jamoani boshqarib kelayotgan kam sonli mutaxassislarimizdan biri ham hisoblanadi. Mirsodiqovdan 4 yoshga kichik Yuriy Lukin ham oliy liganing yoshi ulug' ustozlari qatoridan joy oldi.

Aytish kerak, oliy ligada murabbiylar bir muncha yoshardi. Xususan, “Buxoro” ustozi Jamshid Saidov 38 yoshli bosh murabbiy sifatida tarixdan qoldi. “Navbahor” bosh murabbiyi Rashid G'ofurov 39, Baxtiyor Ashurmatov va Davron Fayziev bu yil 40 yoshni qarshi oladi.


Eng, eng, eng...
Eng ko'p maqolamiz avvalida aytganimizdek, Reglamentga ko'ra klublar maksimal 45 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. Oliy ligada ishtirok etayotgan 16ta jamoaning 5tasi bu imkoniyatdan to'liq foydalangan. Bular – “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Navbahor”, “SHo'rtan” va “Buxoro”.

Eng kam futbolchini Neftchi ro'yxatdan o'tkazgan. Andrey Fyodorov oliy va o'rinbosarlar musobaqasi uchun 35 nafar futbolchini tanlab olgan. 3ta jamoa So'g'diyona, “Andijon”, “Mashal” esa, 37 nafar o'yinchi bilan chempionatga kirib kelgan. Yana bir jamoa “Lokomotiv” 39 nafar futbolchining xizmatidan foydalanadi.

Eng ko'p darvozabon bir yo'la to'rt jamoada – “Bunyodkor”, “Olmaliq”, “Navbahor”. Odatda klublar bir mavsum uchun to'rt yoki besh nafar darvozaboni ro'yxatdan o'tkazadi. Ikki nafari asosiy tarkib uchun yana ikki nafari o'rinbosarlar safida to'p suradi. Yuqoridagi uch jamoa 5 nafar darvozabonni ro'yxatdan o'tkazgan.


Eng kam darvozabon “Neftchi”da. Farg'onaliklar ustozi 3 nafar darvozabonning xizmatidan foydalanmoqda.

Eng ko'p himoyachi “Buxoro”, “Olmaliq”, “Bunyodkor”, “Navbahor”da. Bu jamoalar tarkibida 15 nafardan himoyachi bor.

Eng kam himoyachi “Paxtakor”da ro'yxatdan o'tgan. “SHerlar” safida 9 nafar himoyachi jamoa safida maydonga tushishi mumkin.

Eng ko'p yarim himoyachi “Paxtakor”da. “SHerlar”ning murabbiylar shtabi 24 nafar yarim himoyachini tanlab olgan. Aytish kerak, aksar jamoalarda yarim himoya muhim rol o'ynaydi. SHu bois, etibor ko'proq markazda to'p tepadiganlarga qaratiladi.

Eng kam yarim himoyachi “Qo'qon-1912” jamoasi tarkibidan joy olgan. Bor-yo'g'i – 12 nafar. “Mashal” va “Andijon” o'z tarkibiga 14 nafar yarim himoyachini jalb qilgan.

Eng ko'p hujumchi oliy liganing bu yilgi omadsizlaridan biri bo'lib turgan “SHo'rtan”da. “Oq bo'rilar” o'z tarkibini 13 nafar hujumchi bilan kuchaytirgan.

Eng kam hujumchini “Neftchi” va “Buxoro” ro'yxatdan o'tkazgan. Har ikkala jamoaning ro'yxatida ham 5 nafar hujumchi bor.

Yosh chiziqlar bo'yicha
CHiziqlar bo'yicha eng yosh amplua “Bunyodkor”ning yarim himoyasiga to'g'ri keldi. “Qaldirg'ochlar”ning yarim himoyasini o'rtacha yoshi 20,1ni tashkil qildi. Oliy liga debyutanti “Obod”ning yarim himoyasi ham hali 21 yoshni qarshi olib ulgurmagan – 20,8.

CHiziqlar bo'yicha eng qari chiziq darvoza bo'lib chiqdi. Bu borada “Qo'qon-1912” jamoasi yaqqol etakchilik qildi. Jamoaning darvoza chizig'ini o'rtacha yoshi 29,2. Ikkinchi o'rinni egallagan “Bunyodkor” darvozasining o'rtacha yoshi esa, 28,8.


Furqatbek Nishonov

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика