So’nggi yangiliklar

20:04Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" – "Андижон" (онлайн ҳисоб)  2 20:01Ибрагимович "Милан"даги вазифаси ҳақида маълумот берди  1 19:50Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  16 19:39Фонсека "Милан"нинг кейинги мавсумдаги мақсадини айтди  1 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Қизилқум" – "Андижон". Таркиблар маълум  3 18:50"МЮда ўйнаш осон эмас" — Андре Онана  3 18:31Расман: "Динамо" бразилиялик вингер трансферини эълон қилди  4 18:05Ди Мария фаолиятини қаерда давом эттириши маълум  2 17:38Кроос Медиалигани ишга туширди, иштирокчилар орасида ўнлаб футбол юлдузлари бор  1 17:11"Ал Насср" ҳимоячиси Европага қайтиш учун маоши сезиларли даражада камайишига ҳам рози  3 16:46"Менинг уйим – фақатгина "Манчестер Юнайтед"  9 16:17"Моуринью миянгизга қандай кириб боришни билади"  1 15:49Винисиус: "Биз Мбаппени эҳтиёт қилишимиз ва ёрдам беришимиз керак"  5 15:16"Пахтакор" стадиони ёпилди, клуб қачон уни таъмирдан чиқаради?  18 14:49Азиз Асимов йўқ пенальтини қўйган. 14-турдаги баҳсли вазиятлар юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  12

Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida Yangiliklar

Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida

2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublar haqida malumot berishni davom ettiramiz.
Mavsum
CHempionatni ikkita durang bilan boshlagan "Lokomotiv" so'nggi turga qadar "Paxtakor" bilan chempionlik uchun kurash olib bordi. "Temiryo'lchilar" har bir davrada bir martadan yutqazishdi. Qarshida "Nasaf"ga va Toshkent derbisida "Paxtakor"ga. "Loko" o'z maydonida hech bir uchrashuvda yutqazgani yo'q. 25-turda "Qo'qon-1912" mehmoni bo'lib qimmatli ikki ochkoni yo'qotgan jamoa yakunda aynan shu ochkolar tufayli chempion bo'la olmadi.



Murabbiylar
Mavsum davomida jamoani ikki murabbiy boshqardi. Aynan Qo'qondagi durangdan so'ng rahbariyat Vadim Abramovni istefoga chiqardi. Uning ishini Andrey Miklyaev davom ettirdi. Kuni kecha keyingi yil "Lokomotiv"ni Mirko Yelichich boshqarishi elon qilindi.



Etakchi
Temur Kapadze. "Paxtakor" va "Bunyodkor" klublari safida bir necha yillar davomida to'p tepgan tajribali yarim himoyachi bu yil "Lokomotiv"ga ko'chib o'tdi. O'zbekiston milliy terma jamoasida o'yin o'tkazish bo'yicha rekordchi bo'lgan Kapadze "temiryo'lchilar"ning sardoriga aylandi. Futbolchi ayniqsa ikkinchi davrada ancha "ochildi" va raqiblar darvozasiga 5ta gol urishga erishdi.



Kashfiyot

Ikrom Aliboev. O'tgan yil bu futbolchini deyarli hech kim tanimas edi. Vadim Abramov yosh futbolchiga ishonch bildirib uni OCHL va oliy liga o'yinlarida qo'rqmay asosiy tarkibga kiritdi. Ikrom esa ishonchni ortig'i bilan oqlay oldi. 21 yoshli yarim himoyachi o'zidan katta va tajribali futbolchilar bilan raqobatdan cho'chimay harakat qildi. Uning kamchiligi ko'p sariq kartochka olishidir. Aliboev 25ta o'yinda 5 marta ogohlantirildi (klub futbolchilari orasida uchinchi natija).



Eng yaxshi o'yin
"Lokomotiv" - "Bunyodkor" 3:0

4-turda TTZ dahasidagi "Lokomotiv" stadionida mavsumning ilk Toshkent derbisi bo'lib o'tdi. Unda Abramov shogirdlari Sergey Lushan boshchiligidagi "qaldirg'ochlar"ni har jabhada taslim qilishdi. Temurxo'ja Abduxoliqov, katta Jasur Hasanov va Ruslan Koryan tomonidan urilgan gollar "Lokomotiv"ga yirik g'alaba keltirgandi - 3:0.




Eng yaxshi futbolchi
Sanjar SHoahmedov. "Olmaliq"dan "Lokomotiv"ga ko'chib o'tgan yarim himoyachi bir yil ichida "temiryo'lchilar"ning haqiqiy etakchisiga aylanib oldi. SHoahmedov jamoada eng ko'p o'yinda maydonga tushdi va 14ta gol bilan jamoa to'purari bo'ldi. Sanjar oliy liga to'purarlari orasida uchinchi o'rinda qayd etildi.



Kim qancha o'ynadi?
Futbolchi Amp Tug'.sana O'yin    
Daqiqa    
Gol   
SK   
QK  
SHoahmedov Sanjar Yahm 23.09.1990       
29 2493 14 0 0
Kapadze Timur Yahm 05.09.1981 29 2182 5 1 0
To'raev Lutfulla Yahm 30.03.1988 27 2024 4 7 0
Bikmaev Marat Yahm 01.01.1986 27 1429 11 2 0
Hasanov Jasur O. Yahm 02.08.1983 26 1566 5 0 0
Yanichich Nemanya Him 13.07.1986 25 2136 0 7 0
Aliboev Ikrom Yahm 09.01.1994 25 1531 2 5 0
To'xtaxo'jaev Islom Him 30.10.1989 24 1884 2 4 1
Mustafoev Salim Him 07.03.1991 23 1943 1 3 0
Hasanov Jasur J. Yahm       
24.07.1989 23 1930 3 2 0
Abduxoliqov Temurxo'ja      
Huj 25.09.1991 21 1135 8 1 0
Zoteev Oleg Yahm 05.07.1989 20 1099 2 1 0
Nesterov Ignatiy Dar 20.06.1983 17 1530 0 2 0
Rahmatullaev Dilshod Yahm 17.02.1989 17 1193 2 3 0
Yo'ldoshev Boburbek Him 08.04.1993 14 1172 0 2 0
Mullajonov SHavkat Him 18.01.1986 14 1050 0 2 0
Ikramov Mamur Dar 12.06.1982 13 1164 0 0 1
Mirzaev Sardor Yahm 21.03.1991 10 499 0 1 0
Koryan Ruslan* Huj 15.06.1988 10 489 2 1 0
Mamazulumov Mo'ydin** Huj 22.01.1984 10 318 3 2 0
Koyashevich Damir* Yahm 03.06.1987 8 320 1 1 0
Rahimov Ibrohim Him 29.09.1984 7 558 0 0 0
SHog'ulomov Alisher* Huj 08.06.1994 1 45 0 0 0
Izoh:
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar




"Lokomotiv-2015" mavsum statistikasi
O'yinlar 30
Gollar 66
Uydagi gollar 37 (56,06%)
Mehmondagi gollar 29 (43,94%)
O'tkazilgan gollar 22
Uyda o'tkazilgan gollar 7 (31,82%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar 15 (68,18%)
O'rtacha gol 2,2
O'rtacha o'tkazilgan gol 0,73
Uydagi ochkolar 41/45 (91,11 %)
Mehmondagi ochkolar 33/45 (73,33 %)
Eng yirik g'alaba 7:0 - "So'g'diyona"
Eng yirik mag'lubiyat 1:2 - "Paxtakor"
"Quruq" o'yinlar 13 (43,33%)
Gol ura olmagan o'yinlar 2 (6,67%)
Irodagi g'alaba 0
Yirik g'alabalar 6
Yirik mag'lubiyatlar 0
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan) 1/0
Ogohlantirishlar (o'rtacha) 47 (1,57)
CHetlatishlar (o'rtacha) 2 (0,07)
Maydonga tushganlar (legioner)      
23 (3 - 13,04%)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha) 110417 / 3681


Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика