Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida

Narzulla Saydullayev
1 dek 2015, 15:10
2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublar haqida ma'lumot berishni davom ettiramiz.
Mavsum
Chempionatni ikkita durang bilan boshlagan "Lokomotiv" so'nggi turga qadar "Paxtakor" bilan chempionlik uchun kurash olib bordi. "Temiryo'lchilar" har bir davrada bir martadan yutqazishdi. Qarshida "Nasaf"ga va Toshkent derbisida "Paxtakor"ga. "Loko" o'z maydonida hech bir uchrashuvda yutqazgani yo'q. 25-turda "Qo'qon-1912" mehmoni bo'lib qimmatli ikki ochkoni yo'qotgan jamoa yakunda aynan shu ochkolar tufayli chempion bo'la olmadi.



Murabbiylar
Mavsum davomida jamoani ikki murabbiy boshqardi. Aynan Qo'qondagi durangdan so'ng rahbariyat Vadim Abramovni iste'foga chiqardi. Uning ishini Andrey Miklyaev davom ettirdi. Kuni kecha keyingi yil "Lokomotiv"ni Mirko Yyelichich boshqarishi e'lon qilindi.



Yetakchi
Temur Kapadze. "Paxtakor" va "Bunyodkor" klublari safida bir necha yillar davomida to'p tepgan tajribali yarim himoyachi bu yil "Lokomotiv"ga ko'chib o'tdi. O'zbekiston milliy terma jamoasida o'yin o'tkazish bo'yicha rekordchi bo'lgan Kapadze "temiryo'lchilar"ning sardoriga aylandi. Futbolchi ayniqsa ikkinchi davrada ancha "ochildi" va raqiblar darvozasiga 5ta gol urishga erishdi.



Kashfiyot

Ikrom Aliboev. O'tgan yil bu futbolchini deyarli hech kim tanimas edi. Vadim Abramov yosh futbolchiga ishonch bildirib uni OCHL va oliy liga o'yinlarida qo'rqmay asosiy tarkibga kiritdi. Ikrom esa ishonchni ortig'i bilan oqlay oldi. 21 yoshli yarim himoyachi o'zidan katta va tajribali futbolchilar bilan raqobatdan cho'chimay harakat qildi. Uning kamchiligi ko'p sariq kartochka olishidir. Aliboev 25ta o'yinda 5 marta ogohlantirildi (klub futbolchilari orasida uchinchi natija).



Eng yaxshi o'yin
"Lokomotiv" - "Bunyodkor" 3:0

4-turda TTZ dahasidagi "Lokomotiv" stadionida mavsumning ilk Toshkent derbisi bo'lib o'tdi. Unda Abramov shogirdlari Sergey Lushan boshchiligidagi "qaldirg'ochlar"ni har jabhada taslim qilishdi. Temurxo'ja Abduxoliqov, katta Jasur Hasanov va Ruslan Koryan tomonidan urilgan gollar "Lokomotiv"ga yirik g'alaba keltirgandi - 3:0.




Eng yaxshi futbolchi
Sanjar Shoahmedov. "Olmaliq"dan "Lokomotiv"ga ko'chib o'tgan yarim himoyachi bir yil ichida "temiryo'lchilar"ning haqiqiy yetakchisiga aylanib oldi. Shoahmedov jamoada eng ko'p o'yinda maydonga tushdi va 14ta gol bilan jamoa to'purari bo'ldi. Sanjar oliy liga to'purarlari orasida uchinchi o'rinda qayd etildi.



Kim qancha o'ynadi?
FutbolchiAmpTug'.sanaO'yin    
Daqiqa    
Gol   
SK   
QK  
Shoahmedov SanjarYahm23.09.1990       
2924931400
Kapadze TimurYahm05.09.1981292182510
To'raev LutfullaYahm30.03.1988272024470
Bikmaev MaratYahm01.01.19862714291120
Hasanov Jasur O.Yahm02.08.1983261566500
Yanichich NemanyaHim13.07.1986252136070
Aliboev IkromYahm09.01.1994251531250
To'xtaxo'jaev IslomHim30.10.1989241884241
Mustafoev SalimHim07.03.1991231943130
Hasanov Jasur J.Yahm       
24.07.1989231930320
Abduxoliqov Temurxo'ja      
Huj25.09.1991211135810
Zoteev OlegYahm05.07.1989201099210
Nesterov IgnatiyDar20.06.1983171530020
Rahmatullaev DilshodYahm17.02.1989171193230
Yo'ldoshev BoburbekHim08.04.1993141172020
Mullajonov ShavkatHim18.01.1986141050020
Ikramov MamurDar12.06.1982131164001
Mirzaev SardorYahm21.03.199110499010
Koryan Ruslan*Huj15.06.198810489210
Mamazulumov Mo'ydin**Huj22.01.198410318320
Koyashevich Damir*Yahm03.06.19878320110
Rahimov IbrohimHim29.09.19847558000
Shog'ulomov Alisher*Huj08.06.1994145000
Izoh:
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar




"Lokomotiv-2015" mavsum statistikasi
O'yinlar30
Gollar66
Uydagi gollar37 (56,06%)
Mehmondagi gollar29 (43,94%)
O'tkazilgan gollar22
Uyda o'tkazilgan gollar7 (31,82%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar15 (68,18%)
O'rtacha gol2,2
O'rtacha o'tkazilgan gol 0,73
Uydagi ochkolar41/45 (91,11 %)
Mehmondagi ochkolar33/45 (73,33 %)
Eng yirik g'alaba7:0 - "So'g'diyona"
Eng yirik mag'lubiyat1:2 - "Paxtakor"
"Quruq" o'yinlar13 (43,33%)
Gol ura olmagan o'yinlar2 (6,67%)
Irodagi g'alaba0
Yirik g'alabalar6
Yirik mag'lubiyatlar0
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)1/0
Ogohlantirishlar (o'rtacha)47 (1,57)
Chetlatishlar (o'rtacha) 2 (0,07)
Maydonga tushganlar (legioner)      
23 (3 - 13,04%)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha)110417 / 3681


Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida


Narzulla Saydullaev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia