Oliy liga-2015 yakunlari. "Bunyodkor" haqida
03 dek 2015 18:00
Yangiliklar

Oliy liga-2015 yakunlari. "Bunyodkor" haqida
2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublar haqida malumot berishni davom ettiramiz.
Navbat bu yil Toshkentning "Bunyodkor" klubiga etib keldi.
Mavsum
CHempionatni ketma-ket ikkita g'alaba bilan boshlagan "qaldirg'ochlar" ikki tur peshqadam bo'lib turishdi. Uchinchi turda "Lokomotiv"ga yutqazib qo'ygan jamoa 8-o'ringa tushib ketdi. Dastlabki davrani beshinchi o'rinda tugatgan "Bunyodkor" mavsumni to'rtinchi pog'onada tugatishga erishdi. Tan olish kerak "qaldirg'ochlar" mavsumni bir tekisda o'tkaza olishmadi. Bunga asosiy sabablardan biri tarkibda ko'plab yosh futbolchilar o'ynagani bo'ldi.

Murabbiylar
Sergey Lushan bu yil 22-turga qadar jamoani boshqardi. Ushbu murabbiy Akrom Komilov, Rustam Ashurmatov, Eldor SHomurodov kabi futbolchilarni oliy liga uchun kashf qildi. "Neftchi"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Lushan istefoga chiqarildi. mavsum oxirida klub rahbari Baxtiyor Boboevning o'zi bosh murabbiy sifatida ishladi. "Qaldirg'ochlar" Boboev qo'l ostida faqat "Mashal"ga yutqazib qo'yishdi. Bundan tashqari O'zbekiston kubogi finalida "Nasaf"ga imkoniyat boy berildi. Yangi mavsumda jamoani yangi murabbiy ishlashi deyarli aniq, hozircha bu borada rasmiy malumot chiqqani yo'q.

Etakchi
Sato Minori. Yaponiyalik legioner futbolchi "Bunyodkor"da bu mavsum o'zini qayta kashf qildi deyish mumkin. Aynan u orqali deyarli barcha hujumlar tashkil etildi. Sato 4ta gol urishdan tashqari 10ga yaqin golli uzatmani amalga oshirdi. Etakchilar qatoriga Akmal SHorahmedov, SHaker Zuagi va Xayrulla Karimovni ham qo'shish mumkin.

Kashfiyot
Eldor SHomurodov. "Mashal"dan sotib olingan yosh hujumchi jamoaning haqiqiy kashfiyotiga aylandi. 20 yoshli futbolchi oliy ligada 7ta gol urishga erishdi. Bundan tashqari Eldor bir necha bor jamoadoshlariga gol urish imkoniyatini yaratib berdi.

Eng yaxshi o'yin
"Bunyodkor" - "Paxtakor" 2:0.
"Qaldirg'ochlar" bu mavsum 3ta uchrashuvda yutqazdi. SHulardan biri aynan "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda kuzatildi. Jamoa 26-turda chempionlik uchun kurash olib borayotgan "Paxtakor"ni o'z maydonida mag'lub etdi. Birinchi bo'limda SHaker Zuagi penaltidan Aleksandr Lobanovni alday olmadi. Akmal SHorahmedovning ikkinchi bo'lim boshida urgan super goli hisobni ochdi. Aynan SHorahmedovning pasidan so'ng Dostonbek Hamdamov "Paxtakor" darvozasiga ikkinchi golni urdi.

Eng yaxshi futbolchi
Doston Hamdamov. 2015 yil Osiyo qitasida eng yaxshi yosh futbolchi deb topilgan yarim himoyachi Sardor Rashidov ketgach jamoada etakchilikni o'z qo'liga oldi. Hamdamov bu yil 26ta o'yinda ishtirok etib raqiblar darvozasiga 10ta gol urdi. Aynan u "Bunyodkor"ning to'purariga aylandi.

Kim qancha o'ynadi?
Izoh:
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar

"Bunyodkor-2015" mavsum statistikasi
Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida
Narzulla Saydullaev

Futbolchi | Amp | Tug'.sana | O'yin |
Daqiqa |
Gol |
SK |
QK |
Minori Sato | Yahm | 02.03.1991 | 28 | 2520 | 4 | 6 | 0 |
SHorahmedov Akmal | Him | 10.05.1986 | 27 | 2391 | 1 | 2 | 0 |
Hamdamov Dostonbek | Yahm | 24.07.1996 | 26 | 1797 | 10 | 3 | 0 |
Zuagi SHaker | Yahm | 10.01.1985 | 25 | 1909 | 7 | 4 | 0 |
SHomurodov Eldor | Huj | 29.06.1995 | 25 | 1626 | 7 | 2 | 1 |
Miloshevich Ivan | Him | 03.11.1984 | 22 | 1862 | 0 | 4 | 0 |
SHodiev Vohid | Huj | 09.11.1986 | 22 | 1309 | 7 | 5 | 2 |
Karimov Xayrulla | Him | 22.04.1978 | 21 | 1794 | 0 | 4 | 1 |
O'rinboev Zabihillo | Huj | 30.03.1995 | 21 | 942 | 0 | 1 | 0 |
Zuhurov Murodjon | Dar | 23.02.1983 | 20 | 1800 | 0 | 0 | 0 |
Sobirxo'jaev Sardorbek |
Yahm |
06.11.1994 |
18 | 1073 | 1 | 2 | 0 |
G'ofurov Anvar | Him | 14.05.1982 | 17 | 1503 | 1 | 1 | 0 |
Komilov Akrom | Him | 14.03.1996 | 15 | 1079 | 0 | 4 | 0 |
Rashidov Sardor* | Yahm | 14.06.1991 | 13 | 945 | 2 | 1 | 0 |
Jo'raev Dilshod** | Yahm | 21.04.1992 | 13 | 889 | 1 | 3 | 0 |
Karpenko Viktor** | Him | 07.09.1977 | 12 | 618 | 1 | 1 | 0 |
Bekrich Samir | Yahm | 20.10.1984 | 12 | 490 | 0 | 1 | 0 |
Ashurmatov Rustam | Him | 07.07.1996 | 11 | 928 | 0 | 4 | 0 |
Ibragimov Javlon | Yahm | 10.12.1990 | 11 | 887 | 0 | 3 | 0 |
Jo'raboev Obid* | Him | 17.02.1986 | 10 | 660 | 0 | 1 | 0 |
Filiposyan Artyom* | Him | 06.01.1988 | 9 | 586 | 0 | 3 | 0 |
Ayupov Timur* | Huj | 28.03.1993 | 9 | 433 | 1 | 1 | 0 |
To'raev Akbar | Dar | 27.08.1989 | 8 | 720 | 0 | 2 | 0 |
G'ofurov Mirzohid* | Yahm | 22.09.1988 | 8 | 407 | 1 | 1 | 0 |
Rajabov Anvar** | Huj | 23.01.1988 | 6 | 186 | 0 | 1 | 0 |
Bugalo Pavel | Dar | 21.08.1974 | 2 | 180 | 0 | 0 | 0 |
SHukurov Otabek* | Yahm | 22.06.1996 | 2 | 35 | 0 | 0 | 0 |
Berdiev Anvar* | Huj | 11.05.1978 | 2 | 33 | 0 | 0 | 0 |
Ismoilov Ergash | Yahm | 28.07.1995 | 1 | 39 | 0 | 0 | 0 |
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar

"Bunyodkor-2015" mavsum statistikasi
O'yinlar | 30 |
Gollar | 44 |
Uydagi gollar | 29 (65,91%) |
Mehmondagi gollar | 15 (34,09%) |
O'tkazilgan gollar | 19 |
Uyda o'tkazilgan gollar | 4 (21,05%) |
Mehmonda o'tkazilgan gollar | 15 (78,95%) |
O'rtacha gol | 1,47 |
O'rtacha o'tkazilgan gol | 0,63 |
Uydagi ochkolar | 37/45 (82,22 %) |
Mehmondagi ochkolar | 22/45 (48,89 %) |
Eng yirik g'alaba | 5:0 - "Qo'qon-1912" |
Eng yirik mag'lubiyat | 0:3 - "Lokomotiv" |
"Quruq" o'yinlar | 17 (56,67%) |
Gol ura olmagan o'yinlar | 8 (26,67%) |
Irodagi g'alaba | 0 |
Yirik g'alabalar | 4 |
Yirik mag'lubiyatlar | 1 |
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan) | 0/0 |
Ogohlantirishlar (o'rtacha) | 60 (2) |
CHetlatishlar (o'rtacha) | 4 (0,13) - 2/2 |
Maydonga tushganlar (legioner) |
29 (4 - 13,79%) |
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha) | 118154 / 3938 |
Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida
Narzulla Saydullaev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar