So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

Oliy liga-2015. Eng ko'p "quruq" o'yin o'tkazgan darvozabonlar Yangiliklar

Oliy liga-2015. Eng ko'p "quruq" o'yin o'tkazgan darvozabonlar

2015 yilgi mavsum yakunlari haqida malumot berishda davom etamiz.

Murod Zuhurov ("Bunyodkor") - 20ta o'yin 13ta "quruq" o'yin
"Bunyodkor"ni zaxira darvozaboni sifatida boshlagan Zuhurov 8-turdan boshlab asosiy posbonga aylandi. Aynan Murod Zuhurov 530 daqiqa davomida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolib bu mavsumda eng uzun seriyani qayd etdi. 



Aleksandr Lobanov ("Paxtakor") - 30ta o'yin 13ta "quruq" o'yin
O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni bu yil ham "Paxtakor"ning birinchi raqamli posboni bo'ldi. Lobanov ham xuddi Zuhurov kabi 13ta o'yinda o'z darvozasidan to'p olib chiqmadi.  



Eldorbek Suyunov ("Nasaf") - 21ta o'yin 12ta "quruq" o'yin
"Nasaf" darvozaboni bu mavsum oliy ligada 21ta o'yinda maydonga tushdi va 12ta o'yinda gol o'tkazgani yo'q. Suyunov bu ro'yxatda eng yosh posbon bo'ldi. 



Evgeniy CHeremisin ("Neftchi") - 30ta o'yin 11ta "quruq" o'yin
Rossiyalik legioner "Neftchi"ning asosiy posboni bo'ldi va 30ta o'yinning barchasida o'zgarishlarsiz harakat qildi. 11ta uchrashuvda CHeremisin o'z darvozasi dahlsizligini saqlay oldi. 



Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv") - 17ta o'yin 8ta "quruq" o'yin
Bir necha yillar davomida milliy terma jamoamizning asosiy posboni bo'lgan Ignatiy Nesterov mavsumning dastlabki qismini jarohat tufayli o'tkazib yubordi. Vadim Abramov jamoada ikkita teng kuchli posbon borligi tufayli Ikromov va Nesterovni almashtirib maydonga tushirib turdi. Ikkinchi davradan boshlab Nesterov deyarli barcha o'yinlarda ishtirok etdi. Tajribali posbon 17ta uchrashuvning 8tasida gol o'tkazgani yo'q. 



Gennadiy Moshnyaga ("Andijon") - 28ta o'yin 6ta "quruq" o'yin
"Andijon"ning moldovalik posboni Gennadiy Moshnyaga oliy ligadagi debyut mavsumida 28ta o'yin o'tkazib 6ta uchrashuvda o'z darvozasidan to'p olib chiqmadi. 



Botir Nosirov ("Mashal") - 18ta o'yin 6ta "quruq" o'yin
"Mashal" darvozaboni Botir Nosirov bu yil oliy ligada 18ta o'yinda qatnashdi. Tajribali posbon mana shu o'yinlarning 6tasini "quruq" o'tkazdi.



Narzulla Saydullaev

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика