So’nggi yangiliklar

20:52МЮ Гарначони 70 млн фунтга сотишга тайёр. Вингерга кимлар қизиқмоқда?  1 20:44ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  372 20:17Тарих сизнинг қўлингизда – Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари имзолари қўйилган футбол тўпини ютиб олинг!  0 19:48Абрамович футбол клубига эгалик қилишни хоҳламаяпти  4 19:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Корея Кувайт дарвозасига 4 та тўп киритди  2 18:26Осиё Кубоги-2027 саралаши. Тожикистон Филиппин билан муроса кўчасини танлади  1 17:51ЖЧ-2026 саралаши. Осиё гранди Индонезияни "савалади", Хитой сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  5 16:42"Бавария" келгуси мавсум учун уй формасини намойиш этди  4 16:12"Арсенал" футболчисини "Крузейро"га сотди  0 15:38Шомуродовнинг устози Италия терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  5 15:09"Ал Насср" Испания терма жамоаси футболчисига қизиқмоқда  0 14:43Ислом Иномов "Бунёдкор"ни тарк этди  2 14:14Хурсандчиликдан кейинги "бўшлиқ"ни тўлдириши лозим бўлган Кападзе севимли услубига қайтадими?!  30 14:00Тариқ Салмон: "Рақибимиз ўз юртбоши кўз ўнгида мағлуб бўлишни истамайди"  6 13:43"Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси жамоани тарк этди  2

Oliy liga-2015. Barcha 30ta o'yinda qatnashgan futbolchilar Yangiliklar

Oliy liga-2015. Barcha 30ta o'yinda qatnashgan futbolchilar

O'tgan yildan farqli o'laroq bu yil oliy ligamizda 16ta jamoa ishtirok etdi.
Biz ushbu mavsumda o'z klubi safida barcha 30ta o'yinda ishtirok etgan 9 nafar futbolchi haqida malumot berishga qaror qildik.

Hikmat Hoshimov ("Metallurg") - 30ta o'yin 2700 daqiqa
Mavsumni to'liq, o'zgarishlarsiz o'tkazgan ikki futbolchidan biri bu "Metallurg"ning ko'p yillik sardori - Hikmat Hoshimov. Etiborlisi tajribali himoyachi 2014 yilgi mavsumda ham barcha o'yinlarda to'liq ishtirok etgan edi! Hoshimov bu yil 30ta o'yinda faqat bir marta Farg'onada "Neftchi" bilan bo'lgan o'yinda sariq kartochka oldi. 36 yoshli futbolchi keyingi yil ham "Metallurg"ning asosiy o'yinchisi bo'lishiga hech kimga shubha yo'q.



Evgeniy CHeremisin ("Neftchi") - 30ta o'yin 2700 daqiqa
Rossiyalik Evgeniy CHeremisin bu yil O'zbekiston chempionatida debyut qildi. Darvozabon xuddi Hikmat Hoshimov singari barcha 30ta o'yinda to'liq o'ynashga erishdi. Posbon 30ta uchrashuvda o'z darvozasidan 30ta gol o'tkazib yubordi. 11ta o'yinda o'z darvozasi dahlsizligini saqlay olgan CHeremisin keyingi yil oliy ligamizda o'ynamasligi mumkin. Barchasi PFLning xorijiy darvozabonlar bo'yicha chiqaradigan qaroriga bog'liq bo'lib turibdi.



Aleksandr Lobanov ("Paxtakor") - 30ta o'yin 2653 daqiqa
CHempion "Paxtakor" safida 3 nafar futbolchi 30ta o'yinda ishtirok etdi. Ulardan biri darvozabon Aleksandr Lobanov bo'ldi. O'zbekiston terma jamoasi posboni bu mavsum faqat bitta o'yinda ("So'g'diyona" bilan Toshkentda) almashtirildi. Qolgan barcha uchrashuvlarda to'liq 90 daqiqadan harakat qildi. U 30ta uchrashuvda o'z darvozasidan jami 23ta to'p olib chiqdi. 13ta o'yinda raqiblar Lobanov darvozasiga yo'l topa olishmadi. Sasha oliy ligada ushbu mavsum 2ta penalti qaytargan ikki darvozabondan biri bo'ldi. Lobanov 2014 yil barcha 26ta o'yinda to'liq, o'zgarishlarsiz o'ynagan edi.



SHerali Jo'raev ("Qizilqum") - 30ta o'yin 2643 daqiqa
"Qizilqum" yarim himoyachisi SHerali Jo'raev 30ta o'yinning barchasi maydonga tushdi. SHulardan 28tasida to'liq ishtirok etdi. Mavsum davomida gol ura olmagan bo'lsa ham o'z sheriklarini golli pas bilan bir necha marta taminlagan Jo'raev 4ta sariq kartochka oldi.



Igor Sergeev ("Paxtakor") - 30ta o'yin 2598 daqiqa
2015 yilgi oliy liga to'purari Igor Sergeev ham bu yil barcha uchrashuvda ishtirok etdi. Hujumchi 30ta o'yinda raqiblar darvozasiga 23ta to'p kiritishga erishdi. 2012 yil 5ta, 2013 yil 20ta, 2014 yil 25ta uchrashuvda maydonga tushgan Igor tezlik bilan "Paxtakor"ning asosiy va o'zgarmas hujumchisiga aylanib oldi.



Akmal Rustamov ("Qizilqum") - 30ta o'yin 2587 daqiqa
"Qizilqum" safida barcha o'yinlarda qatnashgan yana bir o'yinchi bu Akmal Rustamov bo'ldi. Himoyachi Navoiy shahri jamoasining sardori hisoblanadi. 2015 yilgi mavsum davomida raqiblar darvozasiga bitta gol urib 3ta sariq kartochka olgan Rustamov 26ta o'yinda 90 daqiqa harakat qildi. Yagona gol G'uzorda "SHo'rtan" darvozasiga urildi. Agar diskvalifikaciya bo'lmaganida himoyachi 2014 yilda ham barcha o'yinda ishtirok etgan bo'lardi.



Otabek Zokirov ("Dinamo") - 30ta o'yin 2435 daqiqa
Farg'onaning "Neftchi" klubidan "Dinamo" safiga ko'chib o'tgan Otabek Zokirov jamoaning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'la oldi. 2014 yil "Neftchi" tarkibida 10ta o'yinda ishtirok etib (hech birida to'liq o'ynamagan) yarim himoyachi mavsum davomida barcha 30ta uchrashuvda ishtirok etib 4ta gol urishga erishdi. Uning zarbalaridan so'ng "Andijon", "Qizilqum", "Neftchi" va "So'g'diyona" darvozabonlari jabr chekishdi. 20-turda sariq kartochkalari soni 3taga etgan Otabek qolgan 10ta turda umuman ogohlantirish olmadi va diskvalifikaciyaga uchragani yo'q.



Vladimir Kozak ("Paxtakor") - 30ta o'yin 2200 daqiqa
"Paxtakor"da barcha 30ta uchrashuvda ishtirok etgan yana bir futbolchi bu Vladimir Kozak bo'ldi. Universal futbolchi o'yinlarning 20tasida to'liq o'ynadi va 3ta gol urdi. Kozak "Olmaliq" va "Qo'qon-1912" darvozalariga to'p kiritdi. Vodiy klubiga qarshi bahsda dublga erishdi. Bazida himoyada ham o'ynagan futbolchi atiga bir marta ogohlantirish oldi.



Arslonmurod Omonov ("Olmaliq") - 30ta o'yin 1699 daqiqa
30ta uchrashuvning barchasida maydonga tushgan ikki legionerdan biri "Olmaliq"ning turkmanistonlik yarim himoyachisi Arslonmurod Omonov bo'ldi. Futbolchi 30ta o'yinning faqat 8tasida to'liq o'ynadi xolos. U "Nasaf", "Buxoro", "Navbahor", "Neftchi" va "Metallurg" bilan o'yinlarda o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. Omonov ham mavsumni 3ta sariq kartocha bilan yakunladi.



29ta o'yinda qatnashgan futbolchilar ro'yxati: Adrian Kashkaval ("Olmaliq"/"Neftchi"), Javlon Guseynov ("Andijon"), Avaz Agaliev ("Dinamo"), Sanjar SHoahmedov ("Lokomotiv"), Sardor Eminov ("Qo'qon-1912"), Sanat SHixonov ("Navbahor"), Ilhom SHomurodov ("Nasaf"), Suxrob Nematov ("Buxoro"), Bahriddin Vahobov ("Qizilqum"), Temur Kapadze ("Lokomotiv"), Zafar To'raev ("Mashal"), Stanislav Andreev ("Paxtakor"), Sobir Hamidov ("So'g'diyona").

 
Narzulla Saydullaev
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика