So’nggi yangiliklar

14:43Ислом Иномов "Бунёдкор"ни тарк этди  0 14:14Хурсандчиликдан кейинги "бўшлиқ"ни тўлдириши лозим бўлган Кападзе севимли услубига қайтадими?!  6 14:00Тариқ Салмон: "Рақибимиз ўз юртбоши кўз ўнгида мағлуб бўлишни истамайди"  2 13:43"Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси жамоани тарк этди  1 13:15Бекзод Маматқулов Ўзбекистон футзал федерациясида йиғилиш ўтказди. Унда Элибоев, Свиридов, Раҳматов ва бошқалар қатнашди  1 12:49Қамчибек Ташиев ЎФА раҳбариятини Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧга чиққани билан табриклади  5 12:27Мешал Баршам: "Ўзбекистон ҳурматга сазовор жамоа"  5 12:00Тариқ Салмон: "Биз Эрон ва Ўзбекистонни мағлуб этган ягона жамоамиз. Рақиб ҳамон мундиал йўлланмасини нишонламоқда"  18 11:40Бугун Осиё Кубогига саралаш ўйинлари бўлиб ўтади  0 11:20Қосимовнинг жарима зарбалари, Аҳмедовнинг суперголи ва "Бунёдкор"даги 5:1. Ўзбекистон ва Қатар терма жамоаларининг ўзаро ўйинлар тарихи  5 10:57“Бавария“ ПСЖ юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 10:52“Ал Ҳилол“ Виктор Гёкереш бўйича таклиф юборди  3 10:28“Ал Насср“нинг асосий трансфер мақсади маълум  0 09:35Суперкомпьютер 2025 йилги клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ғолибини башорат қилди  18 09:04“Тоттенхем“ янги бош мураббийи билан маош ва шартнома шартлари борасида келишиб олди — Романо  1

Oliy liga-2015. 41 yoshli Bugalo va qolgan faxriy futbolchilar Yangiliklar

Oliy liga-2015. 41 yoshli Bugalo va qolgan faxriy futbolchilar

2015 yilgi mavsumda maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchi "Bunyodkor" posboni Pavel Bugalo bo'ldi.
Biz bu yil oliy ligada maydonga tushgan eng faxriy futbolchilarni yodingizga solishga qaror qildik.

Ulug'bek Baqoev ("Navbahor") - 28.11.1978
21ta o'yin 1040 daqiqa 7ta gol

O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi bu yilni Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Navbahor" klubida boshladi. Tajribali hujumchi asosan zaxiradan maydonga tushirildi. Jami 21ta uchrashuvda ishtirok etgan Baqoev 7ta gol urdi. Hujumchi "SHo'rtan" bilan o'yinda xet-trikka erishdi. Bu yil murabbiylar uchun "C" licenziyasi uchun o'qigan Baqoev keyingi yil futbol o'ynaydimi yoki yo'qmi hozircha nomalum.



Andrey Melnichuk ("Dinamo") - 14.11.1978
16ta o'yin 1363 daqiqa -24ta gol

Ukrainalik darvozabon bir necha yillardan buyon "Dinamo"ning asosiy posboni edi. Bu yil esa jarohatlar tufayli faqat 16ta o'yinda maydonga tushdi xolos. Mana shu o'yinlarda 24ta gol o'tkazib yubordi. 4ta uchrashuvda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Agar PFL keyingi yil xorijiy darvozabonlarga taqiq qo'ysa Melnichuk O'zbekistonni tark etadi.



Asror Aliqulov ("SHo'rtan") - 12.09.1978
19ta o'yin 1046 daqiqa

Oliy ligada o'yin o'tkazish bo'yicha mutloq rekordchi bo'lgan Asror Aliqulov bu yil chempionatda o'zining 500-uchrashuvini o'tkazdi. Ayni paytda himoyachi hisobidagi o'yinlar soni 507tani tashkil etmoqda. 1995 yildan buyon oliy liigada o'ynab kelayotgan Aliqulov bu yil 19ta o'yinda ishtirok etdi.



Anvar Berdiev ("Bunyodkor"/"Andijon") - 13.05.1978
13ta o'yin 1000 daqiqa 7ta gol

2012 yilgi O'zbekiston chempionati to'purari bo'lgan Anvar Berdiev bu yilgi mavsumni ikkita klubda o'tkazdi. Dastlab "Bunyodkor"da o'ynagan hujumchi birinchi davrada faqat ikkita uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi xolos. Yozda "Andijon"ga ko'chib o'tgan Berdiev ushbu jamoa safida 11ta o'yinda qatnashib raqiblar darvozasiga 7ta gol urishga erishdi. Anvar Berdievning oliy ligadagi gollarni soni 220tadan oshib ketdi.




Xayrulla Karimov ("Bunyodkor") - 22.04.1978
21ta o'yin 1794 daqiqa

"Bunyodkor" himoyachisi Xayrulla Karimov 2015 yilda o'ynovchi murabbiy sifatida faoliyat olib bordi. SHunga qaramay tajribali himoyachi 21ta o'yinda maydonga tushib yosh futbolchilar namuna bo'ldi. Qiziqqon futbolchi faqat bir marta, Muborakda "Mashal" bilan o'yinda qizil kartochka oldi xolos.



Anvar Soliev ("Paxtakor") - 05.02.1978
14ta o'yin 175 daqiqa 2ta gol

"Sehrli tayyoqcha" nomini olgan Anvar Soliev bu yil o'z faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Hujumchi bu yil "Paxtakor" safida 14ta o'yinda maydonga tushdi va 2ta gol urdi. Qizig'i Soliev barcha 14ta uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi. So'nggi turda "Andijon"ga qarshi o'yindan so'ng hujumchi chempionlik kubogini qo'liga olib "bu oxirgisi" deb aytdi... Endi yaqin yillarda Anvar Solievni murabbiy sifatida ko'rsak ajab emas.



Vyacheslav Ponamaryov ("Buxoro") - 02.01.1978
17ta o'yin 1000 daqiqa

1997 yildan buyon oliy ligada faoliyat olib borayotgan Vyacheslav Ponamaryov bu yilgi mavsumni "Buxoro" safida o'tkazdi. Universal futbolchi 17ta o'yinda maydonga tushdi. Qizig'i u xuddi Anvar Berdiev singari maydonda roppa-rosa 1000 daqiqa o'ynadi. Ponamaryov keyingi yilni qaysi klubda o'tkazishi hozircha malum emas.



Viktor Karpenko ("SHo'rtan"/"Bunyodkor") - 07.09.1977
26ta o'yin 1782 daqiqa 5ta gol

O'zbekiston terma jamoasining sobiq azosi Viktor Karpenko mavsumni G'uzorning "SHo'rtan" klubida boshlagandi. Muxtor Qurbonov jamoasida futbolchi 14ta o'yinda maydonga tushib raqiblar darvozasiga 4ta gol urdi. "Buxoro" bilan o'yinda xatto dublga ham erishdi. Ikkinchi davrani o'zi uchun qadrdon bo'lgan "Bunyodkor" safida o'tkazdi. Karpenko "qaldirg'ochlar" safida bitta to'p kiritdi. Maydonda yoshlarga o'rnak bo'la olgan futbolchi faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida xabarlar chiqdi. Ammo bu hozircha rasmiy malumot emas.



Zayniddin Tojiev ("Buxoro") - 21.06.1977
6ta o'yin 259 daqiqa

Tojievlarning eng kattasi mavsumni "Buxoro"da boshladi. Biroq atiga 6ta o'yinda ishtirok etgan Zayniddin Tojiev birinchi davra tugamay turib Aleksandr Mochinov jamoasini tark etdi. Ikkinchi davrada hujumchi hech bir klubda ko'rinish bermadi. Balki Tojiev faoliyatini yakunlagandir.



Akmal Xolmatov ("Neftchi") - 04.04.1976
27ta o'yin 1425 daqiqa 4ta gol

39 yoshli Akmal Xolmatov "Neftchi"da navbatdagi mavsumini o'tkazdi. Tajribali yarim himoyachi 27ta o'yinda maydonga tushdi va 4ta gol urdi. Murod Ismoilov ham Andrey Fyodorov Xolmatovning tajribasiga ishonib uni qo'rqmay maydonga tushirishdi. O'z intervyularida "kuchim bor ekan o'ynashda davom etaman" degan Xolmatovni 2016 yilda ham oliy ligamizda ko'ramiz degan umiddamiz.



Pavel Bugalo ("Bunyodkor") - 21.08.1974
2ta o'yin 180 daqiqa -1ta gol

O'zbekiston chempionatining birinchisida (1992 yil) maydonga tushgan Pavel Bugalo bu yil oliy ligada maydonga tushgan eng faxriy futbolchiga aylandi. Malumot uchun, posbon ketma-ket uchinchi yil mana shu nomni qo'lga kiritdi. 41 yoshli posbon "Bunyodkor" safida xuddi Xayrulla Karimov kabi o'ynovchi murabbiy bo'lib faoliyat olib bormoqda. Bugalo 2ta o'yinda maydonga tushib bitta gol o'tkazib yubordi. Qizig'i Pavel Bugalo bu mavsum bosh murabbiy bo'lib ishlagan Aleksandr Mochinov (1976), Baxtiyor Ashurmatov (1976), Davron Fayziev (1976) va Muxtor Qurbonov (1975) kabi mutaxassislardan oldinroq tug'ilgan.




Narzulla Saydullaev

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика