Eshitdik-da! Pavel Bugalo "Paxtakor"da ish boshlaydi

Оқил Абдубарноев
13 dek 2023
"Paxtakor" murabbiylar shtabida o'zgarish yuz beradi.

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, O'zbekiston terma jamoasining sobiq darvozaboni Pavel Bugalo "Paxtakor" klubi darvozabonlar murabbiyi sifatida ish boshlashi kutilmoqda.

Ushbu lavozimdagi Denis Ivankov bugun Instagramdagi sahifasi orqali jamoani tark etganini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, Bugalo 1992–1999 yillar mobaynida "Paxtakor" klubi sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u 1996, 1997 yillarda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia