So’nggi yangiliklar

01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  0 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  1 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  6 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  2 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  9 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4

Oliy liga. 2-tur prevyusi Yangiliklar

Oliy liga. 2-tur prevyusi

8-10 mart kunlari oliy liganing ikkinchi turidan o'rin olgan bahslar bo'lib o'tadi. Ushbu tur prevyusi bilan tanishing.


Lokomotiv (Toshkent) – So'g'diyona (Jizzax)
8 mart 2017. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 16:00
Hakamlar:
SHerzod Qosimov (Toshkent), Rasuljon Fozilov (Namangan), Mo'minjon Majidov (Namangan), Komiljon Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: Marat Ismoilov Toshkent).
O'zPFL vakili: Valeriy Lyotkin.


O'zbekiston chempioni ilk turda Muborakda “Mashal”ni 1:0 hisobida mag'lub etib qaytdi. Jizzaxning “So'g'diyona” klubi esa mavsumni Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi 0:1 hisobidagi mag'lubiyat bilan boshladi. Davron Fayziev boshchiligidagi jamoa chempionatni vice-chempion va chempionga qarshi safardagi o'yinlar bilan boshlamoqda. Mehmonlar safida “Lokomotiv”ga tegishli darvozabon Sarvar Karimov harakat qiladi.

"So'g'diyona" oxirgi marta 2008 yil "Lokomotiv" ustidan g'olib chiqqan. Yani ketma-ket 11ta uchrashuvda "Lokomotiv" ushbu raqibga yutqazmay kelmoqda.

                   LOKOMOTIV                 

                  Ko'rsatkich                  

                   SO'G'DIYONA                    

18

O'yin

18

13

Yutuq

2

3

Durang

3

2

Mag'lubiyat

13

45

Gol urgan

11

11

Gol o'tkazgan

45

42

Ochko

9




Dinamo (Samarqand) – SHo'rtan (G'uzor)
8 mart 2017. Samarqand. "Dinamo" stadioni. 16:00
Hakamlar
: Vadim Agishev (Toshkent), Timur Galeev (Toshkent), Akbar Po'latov (Toshkent), Anatoliy Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: Dmitriy Roman (Toshkent).
O'zPFL vakili: Aleksey Frolov.

Birinchi tur sensaciyasini qayd etgan Samarqandning “Dinamo” klubi 2-turni o'z uyida “SHo'rtan”ga qarshi o'tkazadi. Oliy ligaga qaytgan jamoa Bekobodda “Metallurg”ni 2:0 hisobida mag'lub etishga erishdi. G'uzor klubi ham mavsumni 3 ochko bilan boshladi. Volkov shogirdlari o'z maydonida “Neftchi”dan ustun kelishdi – 1:0. Mana shu uchrashuvda gol urgan Eldor Boymatov Samarqanddagi bahsda ishtirok eta olmaydi. Sababi u “Neftchi” bilan o'yinda qizil kartochka oldi.

Samarqandning "Dinamo" klubi "SHo'rtan" bilan o'z maydonidagi oxirgi olti uchrashuvda umuman yutqazmagan. So'nggi bor "SHo'rtan" bu jamoa maydonidan 2008 yilda zafar quchgandi.

                    DINAMO                      

                       Ko'rsatkich                   

                       SHO'RTAN                        

20

O'yin

20

8

Yutuq

8

4

Durang

4

8

Mag'lubiyat

8

27

Gol urgan

26

26

Gol o'tkazgan

27

28

Ochko

28



 
Neftchi (Farg'ona) – Paxtakor (Toshkent)
8 mart 2017. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 15:00
Hakamlar:
Rustam Bobomurodov (Navoiy), Artem Kalinin (Qarshi), Andrey Capenko (Toshkent vil.), Davlet Jalimov (Nukus)
Nazoratchi: Rashid Aytekov (Toshkent).
O'zPFL vakili: Ahrol Inoyatov (Toshkent).

O'zbek “el klasiko”si deb ataladigan bahs turning markaziy o'yini bo'lishi kutilmoqda. Oliy ligani umuman tark etmagan ikki klub o'rtasidagi uchrashuv Farg'onada bo'lib o'tadi. “Neftchi” ilk turda G'uzorda 0:1 hisobida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. “Paxtakor” esa mavsumni o'z uyida “Qizilqum” ustidan g'alaba bilan boshladi – 3:1. “SHerlar” azosi Jamshid Iskanderov ikkita gol bilan ayni paytda chempionat to'purari bo'lib turibdi.

O'tgan mavsum Toshkentdagi o'yinda "Neftchi" 2:1 hisobida zafar quchgan. Farg'onada esa mezbonlar 1:0 hisobida ustun kelishgan. Nihoyat 2015 yil Farg'onada o'tgan uchrashuvda ham "Neftchi" g'olib bo'lgan - 3:2. So'nggi bor "sherlar" 2015 yilgi mavsumda o'z uyidagi bahsda g'olib chiqqandi.

                    NEFTCHI                    

            Ko'rsatkich              

                   PAXTAKOR                   

50

O'yin

50

20

Yutuq

23

7

Durang

7

23

Mag'lubiyat

20

66

Gol urgan

81

81

Gol o'tkazgan

66

67

Ochko

76



 
Olmaliq (Olmaliq) – Bunyodkor (Toshkent)
9 mart 2017. Olmaliq. "OKMK" stadioni. 17:30
Hakamlar
: Hasan Ro'ziev (Toshkent), Olim Abduvosilov (Toshkent), Sanjar SHoyusupov (Toshkent), Olim To'ychiboev (Farg'ona)
Nazoratchi: Artyom Arutyunov (Toshkent).
O'zPFL vakili: Noil Lutfulin.

“Olmaliq” chempionatni Buxoroda boshladi. Viktor Kumikov shogirdlari safarda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. “Bunyodkor” esa Toshkentda “So'g'diyona” darvozasiga bitta gol urib g'alabaga erishdi. “Olmaliq” safida o'ynayotgan Akbar To'raev, Dilshod Jo'raev, Islom Inomov, Zabihillo O'rinboev, Alibobo Rahmatullaev, Abduqahhor Xojiakbarov, Kamoliddin Murzoev o'z vaqtida “Bunyodkor” tarkibida o'ynashgan.

Bu jamoalar o'rtasidagi so'nggi 7ta uchrashuvda "Bunyodkor" 5ta g'alaba va 2ta durang qayd etgan. "Olmaliq" oxirgi marta 2013 yilgi mavsumda "qaldirg'ochlar"dan ustun kelgandi.

                 OLMALIQ                   

              Ko'rsatkich                

                     BUNYODKOR                   

18

O'yin

18

2

Yutuq

13

3

Durang

3

13

Mag'lubiyat

2

17

Gol urgan

37

37

Gol o'tkazgan

17

9

Ochko

42




Nasaf (Qarshi) – Buxoro (Buxoro)
9 mart 2017. G'uzor. "G'uzor" stadioni. 16:00
Hakamlar:
Timur To'xtasinov (Andijon), Ziyodullo Abdurahmonov (Andijon), Anvarjon Marajabov (Andijon), Asker Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: Radik Serazetdinov (Toshkent).
O'zPFL vakili: Roman CHernikov.

O'tgan mavsum bronza medali uchun kurash olib borgan ikki klub G'uzorda to'qnash kelishadi. Qarshidagi “Markaziy” stadion tamirlanayotgani uchun PFL “Nasaf”ning uy o'yinlarini G'uzorda o'tkazishini belgiladi. Ikkala jamoa ham mavsumni g'alaba bilan boshladi. Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi “ajdarlar” Qo'qondan 2:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytishdi, Ulug'bek Baqoev shogirdlari esa o'z muxlislari qarshisida “Olmaliq”dan ustun kelishdi – 1:0.  

"Buxoro" oxirgi o'yinlarda "Nasaf" darvozasiga yo'l topa olmayapti. So'nggi bor buxoroliklar oliy ligada bu jamoa darvozasiga 2013 yilgi mavsumda gol urishgandi. SHundan keyin bo'lib o'tgan olti o'yinda "Buxoro" "Nasaf"ga umuman to'p kiritmadi. 


                    NASAF                  

                   Ko'rsatkich              

                      BUXORO                 

38

O'yin

38

20

Yutuq

9

9

Durang

9

9

Mag'lubiyat

20

67

Gol urgan

37

37

Gol o'tkazgan

67

69

Ochko

36




Mashal (Muborak) – Metallurg (Bekobod)
10 mart 2017. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion.
Hakamlar
: Zokir Qodirov (Navoiy), Obid Jumaev (Navoiy), Ruslan Samandarov (Navoiy), Akobir SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: Ibrohim SHaripov (Buxoro).
O'zPFL vakili: Grigoriy Rtveladze.

CHempionatni mag'lubiyat bilan boshlagan ikki klub to'qnashuvi. “Mashal” ilk turda amaldagi chempion “Lokomotiv”ga 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. “Metallurg” ham o'z maydonida “Dinamo”ga mag'lub bo'ldi – 0:2. Bosh hakam Zokir Qodirov bir yil oldin ham 2-turdan o'rin olgan “Mashal” – “Metallurg” uchrashuvida ham ishlagandi. O'sha bahsda mehmonlar 3:1 hisobida g'alaba qozonishgandi.

"Mashal" so'nggi bor "Metallurg"ni 2014 yilgi mavsumda taslim qilgandi. Oxirgi beshta uchrashuvda muborakliklar bu raqib ustidan g'alaba qozona olishmayapti. O'tgan yil “Metallurg” o'z maydonida “Mashal”ni 6:0 hisobida tor-mor etgandi. 


                  MASH'AL             

                Ko'rsatkich                

                  METALLURG                 

28

O'yin

28

12

Yutuq

9

7

Durang

7

9

Mag'lubiyat

12

47

Gol urgan

43

43

Gol o'tkazgan

47

43

Ochko

34



 
Qizilqum (Navoiy) – Navbahor (Namangan)
10 mart 2017. Navoiy. "Yoshlik" stadioni. 17:00
Hakamlar:
Viktor Serazetdinov (Toshkent), Aleksandr Sidorov (Toshkent), Donier Saylalov (Toshkent), Ahrol Risqullaev (Toshkent)
Nazoratchi: G'ayrat Karimov (Toshkent).
O'zPFL vakili: Bobur Haydarov.
 
Navoiyning “Qizilqum” klubi chempionatni safarda “Paxtakor”dan uchralgan mag'lubiyat bilan boshladi – 1:3. “Navbahor” esa Namanganda “Obod”ni taslim qildi – 2:1.

O'tgan yil bu klublar o'rtasidagi ikkala o'yinda ham "Qizilqum" 3 ochkoga ega chiqqan. Hamidjon Aktamov jamoasi Navoyida 1:0, Namanganda 2:0 hisobida zafar quchgan. "Lochinlar" ushbu jamoani safarda so'nggi bor 2013 yilgi mavsumda mag'lub eta olishgan.

Ikkala klub tarkibida ham birinchi turda yangi futbolchilar gol urishga erishishdi. “Qizilqum” safida “Nasaf”dan o'tgan Azamat Allaniyazov to'p kiritgan bo'lsa, “Navbahor”da “Mashal”dan transfer qilingan G'iyosjon Komilov va Mirzohid G'ofurov gol urishdi.


                    QIZILQUM                   

              Ko'rsatkich                

                 NAVBAHOR               

34

O'yin

34

11

Yutuq

12

11

Durang

11

12

Mag'lubiyat

11

37

Gol urgan

43

43

Gol o'tkazgan

37

44

Ochko

47




Obod (Toshkent) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
10 mart 2017. Toshkent. "Jar" stadioni. 16:00
Hakamlar:
Aziz Asimov (Toshkent), Mamur Saidqosimov (Toshkent), Bobur Qodirov (Buxoro), Ishoq Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: Gali Imomov (Toshkent).
O'zPFL vakili: Farhod Magametov.

2017 yilgi chempionatni mag'lubiyat bilan boshlagan navbatdagi ikki klublar to'qnashuvi Toshkentdagi “Jar” stadionida bo'lib o'tadi.

O'tgan yil oliy ligada debyut qilgan "Obod" klubi "Qo'qon-1912" bilan ikki marta o'yin o'tkazishgan. O'z maydonida o'ynagan jamoa g'olib bo'lgan. Yani ushbu jamoalar o'rtasidagi bahslarda hozirgacha durang kuzatilmagan.


                  OBOD                    

                     Ko'rsatkich              

                    QO'QON-1912                 

2

O'yin

2

1

Yutuq

1

0

Durang

0

1

Mag'lubiyat

1

2

Gol urgan

2

2

Gol o'tkazgan

2

3

Ochko

3



Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика