So’nggi yangiliklar

22:35"Яйпан" дастлабки уй ўйинларини бошқа стадионда ўтказади  0 22:16"Сўғдиёна" бош мураббийи истеъфога чиқарилиши мумкин  5 22:11"Бавария" ўз рекордини янгилашга яқин  1 21:35Ўзбекистон терма жамоаси эртадан йиғинга киришади  5 21:34Бундеслига. "Бавария"да йирик ғалаба, "Байер" ғалабани қўлдан чиқарди  0 21:21АПЛ. "Эвертон" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  4 21:12Эртадан Ўзбекистон кубоги старт олади  1 21:00Клублар рейтинги. Мингталикдан Ўзбекистоннинг икки клуби ўрин олди, улар орасида "Пахтакор" йўқ  18 20:45"Ливерпуль" 10 мавсумлик антирекордини такрорлади  1 20:32Тожикистон терма жамоасига Суперлиганинг икки нафар футболчиси чақирилди  0 20:15Эмре Жан шартномани узайтирди  0 20:08Футбол афсонаси Янги Каледонияни жаҳон чемпионатида иштирок этишга лойиқ деб ҳисоблайди  3 19:43Слотнинг кетиш вақти келдими? "Ливерпуль" сўнгги уч ўйинида иккинчи марта мағлуб бўлди  24 19:15Португалия ва Колумбия ЖЧ-2026 учун мўлжалланган либосларини тақдим этди  10 18:54Пеп Гвардиола финал олдидан қандай фикрда?  2

Oliy liga. 19-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 19-tur ramziy terma jamoasi

Oliy liganing 19-tur o'yinlari yakuniga ko'ra tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

Darvozani "Mashal" posboni Sanjar Quvvatovga topshirdik. Muborak klubi posboni Olmaliqdagi o'yinda ajoyib o'ynadi. Raqibning bir qator zarbalaridan so'ng to'pni qaytardi. Uning seyvlari ajoyib chiqdi.

Darvozabon:

Sanjar Quvvatov "Mashal"



Himoyada "Buxoro" vakili Maksmilian Fominga joy berdik. "Dinamo"dan Buxoro shahri klubiga o'tgan yosh himoyachi "Nasaf" bilan bahsda raqibning barcha hujumlarini qaytarishga faol o'ynadi. "So'g'diyona" yozda o'z safiga qo'shib olgan Aleksandr Kleckov balki jismoniy holati yuqori bo'lmas ammo "Navbahor"ga qarshi o'yinda tajribali himoyachi yaxshi o'ynadi. Uning harakatlari tufayli ham Jizzax klubi o'z maydonida g'alabaga erishdi. "Lokomotiv"ning legioner himoyachisi Nemanya Yanichich Toshkent derbisida sifatli o'ynadi. U havodagi kurashlarni deyarli boy bermadi, Yanichich SHodiev va Satoga gol urish uchun imkon bermadi. "Dinamo" himoyachisi Avaz Agaliev "SHo'rtan" bilan o'yinda ikkita golli pas oshirdi.



Himoyachilar:
Maksimilian Fomin "Buxoro"
Aleksandr Kleckov "So'g'diyona"
Nemanya Yanichich "Lokomotiv"
Avaz Agaliev "Dinamo"



Yarim himoyaga "Lokomotiv" vakili Sanjar SHoahmedov kiritildi. Futbolchi Toshkent derbisini hal qilgan golni urdi. Bundan tashqari SHoahmedov maydon markazida raqib futbolchilarga tinchlik bermadi. "Paxtakor" yarim himoyachisi SHerzod Karimov zaxiradan maydonga tushib "Qizilqum" darvozasiga ikkita gol urishga erishdi va ramziy termaga kiritildi. "Olmaliq" vakili SHavkat Salomov garchi jamoasi mag'lub bo'lgan bo'lsa ham juda yaxshi o'ynadi. Uning harakatlari ajoyib chiqdi, biroq unga sherik etishmadi deyish mumkin. Aynan u penalti ishlaganini ham qo'shimcha qilish lozim. Oliy liganing eng tajribali futbolchilaridan biri bo'lgan Akmal Xolmatov hamon ajoyib o'yinlari bilan barchani quvontirmoqda. Xolmatov "Metallurg" bilan o'yinda buni yana bir bor namoyish etdi. Tajribali yarim himoyachining pasidan so'ng Sardor Rahmonov gol urishga erishdi.



Yarim himoyachilar:
Sanjar SHoahmedov "Lokomotiv"
SHerzod Karimov "Paxtakor"
SHavkat Salomov "Olmaliq"
Akmal Xolmatov "Neftchi"

Hujumga vodiy derbisida "Andijon" bilan o'yinda dublga erishgan "Qo'qon-1912" hujumchisi Otabek Haydarovni loyiq deb topdik. Futbolchi ikkinchi davrada o'z jamoasiga qaytib gollar urishda davom etmoqda. Muhimi bu gollar g'alabaga zamin yaratdi. "Mashal" faqat bir bor, 2008 yilda Olmaliqdan 3 ochko bilan qaytgan edi. Bu yil ham Xomyakov shogirdlari "Olmaliq"ni safarda taslim qilib qaytishdi. Bunda Humoyun Murtazoevning xissasi juda katta bo'ldi. Aynan uning dubli Muborak klubiga uzoq kutilgan g'alabani keltirdi.



Hujumchilar:
Otabek Haydarov "Qo'qon-1912"
Humoyun Murtazoev "Mashal"

Tur ramziy terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida "Qo'qon-1912" ustozi Rustam Abdullaevni tanlashga qaror qildik. Qo'qonliklar ikki tur davom etgan mag'lubiyatli seriyaga Andijonda barham berishdi. Vodiy derbisidagi muhim g'alaba tufayli Rustam Abdullaev ramziy terma jamoa bosh murabbiyi bo'ldi.

Bosh murabbiy: Rustam Abdullaev "Qo'qon-1912"


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика