So’nggi yangiliklar

19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  63 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  18 18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 2:1 (матнли трансляция)  8 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  7 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15

Oliy liga. 18-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 18-tur ramziy terma jamoasi

12-14 avgust kunlari oliy ligada 18-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatimizga ko'ra tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

Ushbu ramziy terma jamoadan 8ta klub vakillari o'rin olishdi. Darvozaga "Neftchi" posboni O'tkir Yusupov loyiq ko'rildi. U "Lokomotiv" bilan bahsda bir necha marta jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi.

Himoyada "Qo'qon-1912"ning legioner himoyachisi Nikola Valentich, "So'g'diyona" vakili Murod Xolmuhammedov va "SHo'rtan" himoyachisi Umar Eshmurodov o'rin olishdi.  

"Andijon" bilan o'yinda ikkita golli uzatmani amalga oshirgan "Qo'qon-1912" yarim himoyachisi Sobir Hamidov ham ramziy termaga kiritildi. "Neftchi"ning tajribali yarim himoyachisi Mansur Saidov "Loko" darvozasiga chiroyli gol urishga muvaffaq bo'ldi. "SHo'rtan" vakili G'ulom Rahmonovning goli sovrinli o'rinlar uchun kurshayotgan "Metallurg"ni mag'lubiyatga uchratdi. Sardor Rashidovning ukasi Sanjar "So'g'diyona" safida "Navbahor" darvozasini ishg'ol qilib ramziy termadan joy oldi.


Hujumdan ikki legioner o'rin oldi. "Nasaf"ga davralar oralig'ida qo'shilgan Dragan CHeran "Obod"ga qarshi bahsda faol o'ynadi. U ikkinchi bo'limda gol urishdan tashqari golli pas ham oshirdi. "Qizilqum"ning yangi hujumchisi Nemanya Yovanovich navbatdagi bor ramziy terma jamoadan o'rin oldi. Sababi u bu turda "Olmaliq" darvozasiga ikkita gol urdi. Nihoyat ramziy terma jamoamizning so'nggi vakili "Mashal" hujumchisi Kenja To'raev bo'ldi. Hujumchi "Bunyodkor" bilan bahs boshida gol urishga erishdi. Uning goli "qaldirg'ochlar"ni 2 ochkodan mahrum qildi.

Oliy liga. championat.asia talqiniga ko'ra 18-turning ramziy terma jamoasi:  

Darvozabon

O'tkir Yusupov "Neftchi"

Himoyachilar
Nikola Valentich "Qo'qon-1912"
Murod Xolmuhammedov "So'g'diyona"
Umar Eshmurodov "SHo'rtan"



Yarim himoyachilar
Sobir Hamidov "Qo'qon-1912"
Mansur Saidov "Neftchi"
G'ulom Rahmonov "SHo'rtan"
Sanjar Rashidov "So'g'diyona"



Hujumchilar
Dragan CHeran "Nasaf"
Nemanya Yovanovich "Qizilqum"
Kenja To'raev "Mashal"



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика