So’nggi yangiliklar

13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  0 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  0 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   0 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  2 11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  12 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  7 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  5 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  6 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  5 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1

Oliy liga. 15-tur. "Bunyodkor" peshqadam "Lokomotiv"ni taslim qildi Yangiliklar

Oliy liga. 15-tur. "Bunyodkor" peshqadam "Lokomotiv"ni taslim qildi

Teglar :  BunyodkorLokomotiv
Oliy liganing 15-turi doirasidagi Toshkent derbisida "Bunyodkor" g'olib chiqdi.
Derbi tajribali ko'ringan "Lokomotiv"ning tashabbusi bilan boshlandi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq "temiryo'lchilar" o'yin nazoratini to'liq o'z qo'llariga olishdi.

Lekin o'yindagi ilk xavfli vaziyatini maydon egalari, yani "Bunyodkor" jamoasi vakillari sodir etishdi. Uchrashuvning 5-daqiqasida SHerzod Fayziev maydon markazida jamoadoshiga to'p uzatishda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va natijada Javlon Ibrohimov to'pni Eldor SHomurodovga oshirdi. SHomurodov esa qanotdan markazga ochilib kelayotgan Hamdamovni o'z vaqtida ko'rdi va to'pni ajoyib tarzda uning yo'liga uzatdi. Dsoton Hamdamov himoyachilardan chaqqonroq harakat qilib darvozabon bilan deyarli yakkama-yakka chiqdi va o'ng oyog'i bilan noaniq zarba yo'lladi. Bu vaziyatda Doston Hamdamov zarbani o'zining chap oyog'iga to'g'irlaganida balki vaziyat yanada xavfliroq ko'rinish olardi.

"Lokomotiv" shundan so'ng yana hujumga o'tdi. Sardor Mirzaevning darvoza tomon bergan zarbasini Murod Zuhurov bartaraf etishga erishdi.

"Lokomotiv" katta tashabbus bilan harakatni davom ettirdi va 10-daqiqaga kelib Kapadze-Mirzaev-Maxaradze "uchburchagi" tashkil etgan hujumni gruziyalik futbolchi samarali yakunlashi mumkin edi. Ammo uning tepgan to'pi kutilganidek kuchli chiqmadi va bu o'z o'rnida Zuhurovga ortiqcha qiyinchilik tug'dirmadi.

"Bunyodkor" jamoasi ham o'yinning 15-Daqiqalariga kelib o'yin tizginini biroz bo'lsada o'z tomonlariga og'dirishga harakat qilishdi.

O'yinning 23-daqiqasida "Lokomotiv" jamoasi jarima zarbasini tepish huquqini qo'lga kiritdi. CHamasi 28-metrlar masofadan belgilangan jarima zarbasini Sardor Mirzaev amalga oshirdi. Mirzaev to'g'ri darvozaning "to'qqizligi"ni nishonga olmoqchi bo'ldi. Ammo uning ijrosidagi zarbadan keyin to'p darvoza ustunini ustidan o'tib ketdi.

Birinchi bo'limning o'rtalariga kelib o'yin tempi biroz pasaydi. Har ikkala jamoa asosan qanotlar orqali hujumga o'tishga intilishdi.

Lekin tashkil etilgan hujumlar xavfli tus olmadi va ko'p hollarda hujumga yakuniy zarbani berishda jamoalar oqsashdi. "Lokomotiv"da darvozani ishg'ol etish uchun vaziyatlar ko'proq bo'ldi, ammo yakuniy "nuqta"ni qo'yish ularga nasib etmadi. Sardor Mirzaev, Temup Kapadze, Maxaradze va Aliboevda jarima maydonchasi ichida imkoniyatlar bo'ldi. Biroq ular ushbu vaziyatlardan naf chiqara olishmadi.

Birinchi taym yakunlanishiga 5 daqiqa qolganida Muhammadiev o'z qanotidan yorib kirdi va to'pni jarima maydonchasi ichida turgan Murod Bobojonovga oshirdi. "Lokomotiv" hujumchi bu vaziyatda yaqin masofadan to'pni darvozaga o'zi istagandek to'g'rilab qo'ya olmadi. Bunga "qaldirg'ochlar" himoyachisi Rustam Ashurmatov to'sqinlik qildi.

Birinchi bo'limda garchi "Lokomotiv" tashabbusga ega bo'lgan bo'lsada, ammo mehmonlar ushbu ustunlikni tabloda aks ettirisha olmadi. SHu tariqa jamoalar tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi taymni nisbatan "Bunyodkor" ancha keskin boshladi. Dastlabki taymga nisbatan faolroq o'ynagan "qaldirg'ochlar" "Lokomotiv" darvoza tomon ko'p xavf solishga urinishdi.
Ignatiy Nesterov darvozasi oldidagi xavfli vaziyatlar soni va sifati tobora oshib bordi.

Uchrashuvning 70-daqiqasiga kelib "Bunyodkor"ning o'ng qanotdan tashkil etgan hujumi nihoyat gol bilan yakunlandi. Xurshid G'iyosov hamda SHahzodbek Nurmatovning o'zaro ajoyib kombinacion harakatidan so'ng Nurmatov jarima maydonchasi ichida ajoyib imkoniyat xosil qildi va aniq zarbasi bilan bellashuvdagi hisobni ochdi - 1:0.

SHundan so'ng "temiryo'lchilar" hujumga zo'r berishdi. Ammo Murod Zuhurov darvozasi oldiga qadar etib kelgan mehmonlar gol urishga kelganida oqsashdi.

Sardor Mirzaev, Temur Kapadze, Jaloliddin Masharipov, Ikrom Aliboev, zaxiradan maydonga tushgan Sadriddin Abdullaevda ham imkoniyatlar yuzaga keldi. Biroq gol urish ularning hech biriga nasib etmadi.

Tarkib jihatdan ancha tajribali va mahoratli ko'ringan "Lokomotiv" "Bunyodkor"da Mirjalol Qosimovning taktik ayyorligi oldida ojiz qoldi va mavsumdagi o'zining ikkinchi mag'lubiyatini aynan "qaldirg'ochlar"dan qabul qildi.

SHunday qilib birinchi davraning oxirgi turida "Bunyodkor" o'z uyida chempionat peshqadami "Lokomotiv"ni kichik hisobda taslim etdi.

Bu jamoalar uchun birinchi davra hali rasman yakunlangani yo'q. Bu ikkala jamoalar 3-turdan o'rin olgan qoldirilgan bellashuvlarini 4 iyul kuni o'tkazishadi.
"Bunyodkor" Toshkentda "Nasaf"ni qabul qilsa, "Lokomotiv" "Metallurg"ga qarshi saf tortadi.

Bunyodkor (Toshkent) – Lokomotiv (Toshkent) 1:0
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Arifov.

Gol: SHaxzodbek Nurmatov 71, - 1:0

"Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Javlon Ibrohimov, SHaxzodbek Nurmatov, Eldor SHomurodov, Dostonbek Hamdamov, Davronbek Umirov, Otabek SHukurov, Xurshid G'iyosov, Mirjamol Qosimov
Zaxira: Dilshod Hamroev, Vadim CHemirtan, Farrux Ikromov, Alisher Sanoev, Nurillo To'xtasinov, Sardorbek Azimov, Mirjahon Mirahmadov

"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboev (Sadriddin Abdullaev, 75), Sardor Mirzaev, Timur Kapadze, Murodbek Bobojonov (Salamat Qutiboev, 80), SHuhrat Muhammadiev (Salim Mustafoev, 65), Oleg Zoteev, SHerzod Fayziev, Muhammad Kone, Jaloliddin Masharipov
Zaxira: Mamur Ikromov, Islom To'xtaxo'jaev, Quvondiq Ro'ziev, Azizbek Omonov


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика