So’nggi yangiliklar

12:30Малайзия CAFA мусобақасида иштирок этмайдиган бўлди. Бунинг сабаби ҳам маълум  4 12:00"Ювентус" Санчо учун 17,3 миллион евро таклиф қилди, МЮ эса кўпроқ сўраяпти  0 11:42Transfermarkt: "Навбаҳор" бразилиялик марказий ҳимоячи билан шартнома тузди  9 11:37Эрон Про лигасидаги таниқли легионерлар, улар орасида АПЛда ўйнаган футболчи ҳам бор  1 10:58"Барса" Осиё турнеси бошланишидан олдин уч нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  1 10:23Ламин Ямаль барча даврларнинг энг яхши футболчиларидан иборат рамзий терма тузди. Термадан "Реал"нинг собиқ 6 та футболчиси жой олди  6 09:50"Челси" футболчилари ЖЧдаги ғалабадан сўнг қанчадан бонус олишлари маълум  3 09:16МЮ ўтган йилнинг энг яхши дарвозабонига расмий таклиф билан чиқди  2 08:44"Манчестер Сити"ни Гвардиоланинг илтимосига кўра 6 нафар футболчи тарк этиши мумкин  12 08:10"Пахтакор" яна бир футболчи билан келишувга эришди  3 07:38Эрон ОАВ. "Тракторсози" Ҳамробековнинг трансферига қанча тўлашини маълум қилди  6 00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  2 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  8 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0

Oliy liga. 11-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 11-tur ramziy terma jamoasi

Oliy ligada 11-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatimizga ko'ra tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.


Darvozabon:
Javohir Ilyosov "Mashal"

Darvozaga Muborakning "Mashal" klubi yosh posboni Javohir Ilyosovni tanladik. Sababi Ilyosov "Obod" bilan o'yinda o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatdi. Raqibning hujumlarini va Sanjar To'raqulov tomonidan penaltidan yo'llangan zarbani qaytarishga erishgan posbon tur ramziy termasiga kiritildi.



Himoyachilar:
SHukurali Po'latov "Neftchi"
Dilmurod Karimov "Metallurg"
Akromjon Komilov "Bunyodkor"
Deyan Bolevich "Nasaf"


"Neftchi" himoyachisi SHukurali Po'latov "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsda ajoyib o'ynadi. U hujumchilarga o'rnak bo'lib boshi bilan gol urib hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi taymda esa penaltidan to'p kiritib Farg'ona klubiga irodali g'alaba keltirdi.

"Metallurg" o'z uyida "Andijon"ni mag'lub etdi. Uchrashuvda gol urgan va sherigiga golli pas oshirgan Dilmurod Karimov ramziy terma jamoamiz himoyasidan o'rin oldi.

"Bunyodkor" vakili Akromjon Komilov navbatdagi bor ramziy terma jamoamizdan o'rin oldi. Sababi u "Qizilqum" bilan uchrashuvda raqib hujumchilariga o'z qanotida deyarli imkon bermadi va bahs so'nggida Bahodir Nasimovga golli pas oshirdi.

"Nasaf"ning legioneri Deyan Bolevich mavsum boshida juda kam maydonga tushdi. Biroq so'nggi paytlarda Ro'ziqul Berdiev Deyanga ko'proq imkoniyat bermoqda. O'tgan turda "Navbahor" bilan bahsda Bolevich gol urishga erishdi.



Yarim himoyachilar:
Mirzohid G'ofurov "Mashal"
Abbos Omonov "SHo'rtan"
Akram Bahritdinov "Navbahor"
Server Jeparov "Lokomotiv"
Jamshid Iskanderov "Paxtakor"




"Mashal" yarim himoyachisi Mirzohid G'ofurov "Obod" bilan o'yinda juda foydali o'ynadi. Qanot vakili Erkinovga golli pas berishdan tashqari o'zi ham ikkita chiroyli gol urishga muvaffaq bo'ldi.

"SHo'rtan" vakili Abbos Omonov "Olmaliq" bilan bahsda gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. G'uzorliklar uchrashuvda 4:3 hisobida zafar quchishdi.

"Navbahor" yarim himoyachisi Akram Bahritdinov sobiq klubi bo'lgan "Nasaf"ga qarshi bahsda faol o'ynadi. To'g'ri u penaltidan to'p kirita olmadi, biroq bahs so'nggida aybini yuvib baribir Quvvatov darvozasini ishg'ol qilib "lochinlar"ga irodali durangni keltirdi.

Server Jeparov ham navbatdagi bor ramziy termamizga kirmoqda. Sababi oddiy "Buxoro"ga qarshi bahsda juda faol va foydali o'ynagan Jeparov uchrashuvdagi hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi. "Temiryo'lchilar" g'alabali seriyani 31ta o'yinga etkazib olishdi.

Uzoq muddatli tanaffusdan so'ng yana maydonga qaytgan Jamshid Iskanderov "Paxtakor"ning g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi. Yarim himoyachining Jizzaxda "So'g'diyona" darvozasiga urgan goli "sherlar"ga muhim 3 ochkoni keltirdi.

Hujumchi:
SHahboz Erkinov "Mashal"


"Mashal" hujumchisi SHahboz Erkinov 1-turda "Qizilqum" bilan o'yinda dublga erishganidan so'ng umuman gol ura olmadi. 11-turda yana o'ziga kelgan hujumchi "Obod" darvozasiga 2ta to'p kiritdi va haqli ravishda ramziy terma jamoadan o'rin oldi.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика