Oliver Kan: "Alabaning agenti haqiqatdan juda yiroqda"
16 mar 2021 08:56
Yangiliklar
Oliver Kan: "Alabaning agenti haqiqatdan juda yiroqda"
"Bavariya" kengashi azosi Oliver Kan David Alabaning klub bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgani borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Oldinroq malum bo'lganidek, himoyachi moliyaviy shartlar sabab yangi shartnoma borasida kelisha olmadi va yozda erkin agent maqomida klubdan ketadi.
"Hafsalam pir bo'lgan, ammo Alabaning agenti haqiqatdan juda yiroqda. Afsus. Bizga Alaba juda ham yoqadi, bu ajoyib inson va doim biz bilan ochiq bo'lgan. Biz uning qolishiga harakat qildik, ammo kelishuvga erisha olmadik", - deydi Kan.
Alaba joriy mavsum barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar