“Olimpik”ning ikki o'yini sanasi o'zgardi
07 may 2021 19:59
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/635639_original.jpg)
![](/upload/storage/635639_220.jpg)
“Olimpik”ning ikki o'yini sanasi o'zgardi
O'zbekiston futbol associaciyasi xatiga binoan, 24-29 may kunlari Ukrainaning poytaxti Kiev shahrida V. V. Lobanovskiy xotira turniri o'tkaziladi.
SHu sababli O'zbekiston U23 jamoasining 20-30 may kunlari o'quv-mashg'ulot yig'ini hamda ushbu musobaqada ishtiroki rejalashtirilgan. O'quv-mashg'ulot yig'iniga “Olimpik” jamoasidan 11 nafar futbolchi va 4 nafar murabbiy jalb etilmoqda.
SHuni inobatga olgan holda, “Olimpik” klubi O'zPFLga yuborgan xatiga asosan, jamoaning Pro liga doirasidagi ikki uchrashuvi sanalarini boshqa kunga ko'chiriladi.
8-turdan o'rin olgan “Xorazm” – “Olimpik” uchrashuvi 22 maydan 19 mayga hamda 9-tur doirasidagi “Olimpik” – “Dinamo” uchrashuvi 28 maydan 3 iyun sanasiga ko'chirildi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar