Olimpikning ikki nafar futbolchisi jarohat sababli bugungi o'yinni o'tkazib yuboradi
01 mar 2024 17:03
Yangiliklar
Olimpikning ikki nafar futbolchisi jarohat sababli bugungi o'yinni o'tkazib yuboradi
Olimpik Nasaf mehmoni bo'lishidan xabaringiz bor.
Bugungi bahs oldidan toshkentliklarda jarohat bois ishtirok eta olmaydigan ikkita yo'qotish bor.
Mashg'ulotlar jarayonida engil jarohat olgani bois ikki markaziy himoyachimiz Aleksandr Zevadinov hamda Rustam Jahonov bugungi bellashuvni o'tkazib yuboradi. Ularning har ikkisi jamoa bilan Qarshiga kelmagan.
Eslatib o'tamiz, «Nasaf» - «Olimpik» uchrashuvi soat 19:15 da start oladi.
Fikrlar