"Olimpik" va "Mashal" bugungi sovuq va qorli ob-havoda bir soat futbol o'ynashdi
16 fev 2024 21:50
Yangiliklar


"Olimpik" va "Mashal" bugungi sovuq va qorli ob-havoda bir soat futbol o'ynashdi
Superligaga tayyorgarlik ko'rayotgan ko'rayotgan "Olimpik" jamoasi bugun Toshkentda "Mashal"ga qarshi bahs olib bordi.
Noqulay ob-havo sababli o'yindagi taymlar 30 daqiqadan bo'ldi. Uchrashuvda "Mashal" 1:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yindagi yagona golni Anvar Murodov kiritdi.
Nazorat o'yini
Toshkent, "Jar" zaxira maydoni
"Olimpik" - "Mashal" 0:1
Gol: Anvar Murodov 22.
"Olimpik": Hamidullo Abdunabiev, Saidazamat Mirsaidov, SHahzod Toirov, Jaloliddin Sodiqov, Akbar Abdirasulov, Abdurauf Bo'riev, Ibrohim Ibragimov, Farrux Muxtorov, Muhammadaziz Ibrohimov, Otabek Jo'raqo'ziev, Alisher Odilov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: SHukron Yo'ldoshev, Rian Islamov, Amir Saidov, Aziz Odilov, Asad Jo'raboev, Mustafo Abdumannopov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar