So’nggi yangiliklar

18:46ПРО-Лига. "Olympic" мавсумдаги илк ғалабасини Нукусда қўлга киритди  1 18:19ПСЖ Эдуардо Камавинга учун 80 миллион евро таклиф қилди  0 17:22Роналдо "Вальядолид"ни сотиб юбормоқчи  1 16:59Расман: Жейми Варди мавсум охирида "Лестер"ни тарк этади  10 16:31ОКМК - "Насаф" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  1 15:50"Челси" ёзда вингер сотиб олмоқчи — номзодлар Гарначо, Нико Уильямс ва Гиттенс  3 15:46Нотўғри белгиланган пенальти ва ВАР хатоликлари. Суперлиганинг 6-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  5 15:10Дарвин Нуньеснинг "Тоттенхэм"га қарши ўйини "Ливерпул"га сал кам 5 миллионга тушади  3 14:14"Реал" Кроосга АПЛдан ўринбосар топди  10 13:31Осимхен ёзда барибир Саудия Арабистонига кетиши мумкин  1 12:25Рой Кин: "Рэшфордни тўхтатиб қолишнинг деярли имкони йўқ"  3 11:46Асилбек Алиев — ФИФА эътирофида  27 11:23Анчелотти нима учун Гюлерни майдонга кам тушираётгани ҳақида очиқ айтди  10 10:45Пролига. Бугун 4-турга старт берилади  0 10:12Винисиус «Реал»даги келажагига бир қарор келди  4

"Olimpik" sardori: "Qizil kartochkadan keyin to'qnashuvlar ko'payib ketdi" Yangiliklar

"Olimpik" sardori: "Qizil kartochkadan keyin to'qnashuvlar ko'payib ketdi"

AGMK Superliganing 12-turida poytaxtning "Olimpik" jamoasiga imkoniyatni boy berdi (1:0).

Uchrashuvdan keyin "olimpiyachilar" sardori Behzod SHamsievning fikrlari bilan qiziqdik:

"AGMK har qanday holatda medallar uchun kurashadigan, tajribali futbolchilar yig'ilgan kuchli jamoa. Qiyin bo'lishini bilardik. G'alaba qozonish uchun xarakter ko'rsatishimiz kerak edi. O'yin uchun barcha yigitlarga rahmat".

— Uchrashuv shunday asabiy ruhda o'tishini ham kutganmidingiz?

— Hech kim yutqazishni istamaydi. Biz nisbatan yosh jamoa bo'lganimiz uchun boshqa klublar 2 karra ko'proq yutqazmaslikka urunishadi. To'g'risi, asablar bunchalik charchashini kutmagandik. Qizil kartochkadan keyin o'yinda to'qnashuvlar ko'payib ketdi va bu qizg'inlikni oshirib yubordi. 

— Biz bilgan Behzod SHamsiev juda kuchli futbolchi. Ammo o'tgan yil oxiridagi jarohatlar tufayli faoliyatida pasayish yuzaga keldi. Hozir jismoniy holatingizda muammo yo'qmi? 

— SHukr, tuzalib qoldim. Hozircha sport formam to'liq tiklangani yo'q. Endi sekin-sekin yuqoriroq darajaga chiqishga harakat qilaman. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика