So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

"Olimpik" nima uchun futbolchilarni ortga qaytardi? Yangiliklar

"Olimpik" nima uchun futbolchilarni ortga qaytardi?

"Olimpik" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirmoqda.

Jamoa tarkibida bir qator yangi futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda. SHuningdek, boshqa jamoalarga o'tishi kutilgan ayrim o'yinchilar ham ortiga qaytgan. Mazkur mavzu va tayyorgarlik haqida Timur Kapadzega yuzlandik. 

"Tayyorgarlikni dekabr oyida boshlaganmiz. 17 yanvar kuni yana Antaliyaga ketamiz. Hammasi reja asosida ketmoqda. Muhimi barcha sog'-salomat. Tabiiy maydonlar yo'qligi uchun asosiy etiborni jismoniy holatimizni tiklashga qaratganmiz. Yangi futbolchilarni ham sinovdan o'tkazyapmiz. O'zini ko'rsatganlarni olib qolamiz",- deydi Kapadze

- Mavsum yakuniga etgach bir nechta futbolchilarga takliflar ko'paydi. Ularning ayrimlari yangi jamoasi safiga ham borib qo'shildi. Lekin nima uchun ortga qaytarildi?

- Xorijdan ham takliflar bor edi. CHetdan yaxshi taklif bo'lsa, ko'rib chiqamiz dedik. Lekin ketsa ham fevral, mart oyida yig'inlarimizda nazoratimda bo'lardi. Klublar, agentlarga oldimizda musobaqa borligini, yig'inlarimiz ko'pligini tushuntirdik. Baribir yozgacha taqvim tig'iz, terma jamoa bilan ko'p bo'lishadi. Rahbariyat bilan bir qarorga kelib, futbolchilar shu erda tayyorgarlik ko'rishini maqul topdik. Har bir futbolchimizga takliflar bo'layotgani 2-3 yildagi ishimizning samarasi. 

- Xorij jamoalarida o'ynayotgan legionerlarchi? O'yin amaliyoti bo'lmayotganlarni "Olimpik"da ko'ramizmi?

- Ular bilan ham gaplashdim. Yaxshi jamoa bo'lmasa, yozgacha biz bilan bo'lishi mumkinligini aytdim. O'yin amaliyoti beradimi yoki yo'q bu ham muhim. Birinchidan legionerlarning klubi bilan shartnomasi bor. Bu masalani ham ko'rib chiqamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика