Olim Arifov JCH-2018dan o'rin olgan Urugvay – Rossiya o'yinida komissar bo'ladi
22 iyu 2018 17:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/437889_original.jpg)
![](/upload/storage/437889_220.jpg)
Olim Arifov JCH-2018dan o'rin olgan Urugvay – Rossiya o'yinida komissar bo'ladi
O'zbekistonlik FIFA va OFK komissari Olim Arifov JCH-2018 o'yiniga tayinlandi.
FIFA tashkiloti JCH-2018da ishlashga O'zbekiston futbol Associaciyasidan taklif qilgan Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i o'rinbosari Olim Arifov shu kunga qadar o'tkazilgan 2ta o'yinda komissar sifatida ishlagani xaqida malumot berib o'tgan edik.
FIFA tomonidan Olim Arifovga "A" guruhi o'yinlarining so'nggi turidan o'rin olgan Urugvay – Rossiya o'yini ham ishonib topshirildi.
Qayd etish kerakki, shu paytga qadar nafaqat O'zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan birorta mutaxassis JCHda komissar sifatida ishlamagan. Olim Arifov bu borada birinchi bo'ldi.
Urugvay – Rossiya uchrashuvi 25 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar