So’nggi yangiliklar

17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" 1:0 (матнли трансляция)  3 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  14 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  25 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  7 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7

Olim Arifov: "Bu yoshda FIFA komissari bo'lish fantastika" Yangiliklar

Olim Arifov: "Bu yoshda FIFA komissari bo'lish fantastika"

Hamyurtlarimiz orasida FIFA va OFK bayrog'i ostidagi turli musobaqalarda hakamlik yoki assistenlik qilayotganlar etarli.
Ammo komissar hamda nazoratchilar borasida bunday fikr bildirolmaymiz. Nazoratchilardan birgina Farhod Abdullaevni tilga olsak, komissarlar 2 nafargina  O'FF matbuot xizmati boshlig'i Sanjar Rizaev va federaciya texnik bo'limi boshlig'i Olim Arifov. Etiborlisi, 28 yoshli Arifov OFKning eng yosh komissari hisoblanadi. Yaqinda O'zbekiston Futbol Federaciyasi texnik bo'limi boshlig'i, OFK komissari Olim Arifov FIFA komissarlari ro'yxatiga kiritildi. SHu paytgacha OFKga kiruvchi musobaqalarda komissar sifatida ishlab kelgan Arifov endilikda FIFA tasarrufiga kiruvchi musobaqalarda, jumladan JCH-2018 saralash bahslarida ham komissar sifatida ishlaydi. Biz yosh mutaxassisimiz bilan uchrashib, undan qisqacha intervyu oldik.

- Olim, avvalambor, sizni FIFA komissari sifatida etirof etilganingiz bilan tabriklaymiz. Bu xabarni birinchi bo'lib kim va qachon etkazdi?
- Tabrik uchun katta rahmat. Men Janubiy Koreyada edim. Kechqurun mehmonxonada ishlab o'tirsam, internet orqali OFKdan shunday xabar keldi. Ochig'i, avvaliga bunga ishonmadim. Menga xuddi tushdek tuyuldi. Kimdir aprel hazili qilayotgan bo'lsa kerak, deb o'yladim. Ertasi kuni ertalabdan tabriklarni qabul qilishni boshladim. OFK va FIFAda ishlayotgan hamkasb do'stlarim, tanishlarim tabriklashdi. SHundan keyingina bu malumotning yolg'on emasligiga ishonch hosil qildim.

- Bu siz uchun kutilmagan holat bo'ldimi?
- Albatta. Bu yoshda FIFA komissari bo'lish shaxsan men uchun olamshumul yangilik. FIFA komissari bo'lish orzuim edi, lekin bu darajada tez o'z maqsadimga etaman, deb sira o'ylamagan edim. OFK komissari sifatidagi faoliyatim 2011 yilda boshlangan. SHu qisqa vaqt oralig'ida OFK bayrog'i ostidagi musobaqalarda ishladim. Jumladan, klublar o'rtasida OFK Kubogi hamda OCHL, shuningdek terma jamoalar miqyosidagi o'yinlarda umumiy hisobda 60ga yaqin uchrashuvlarda komissarlik qildim. Bir so'z bilan aytganda, bu men uchun 2015 yilning eng yaxshi yangiligi bo'ldi.

- Sizni FIFAning eng yosh komissari sifatida ham tabriklasak bo'ladimi?
- Menimcha, bu mavzuda tayinli javob berishga qiynalaman. Sababi, FIFA komissarlarining ro'yxati faqat futbolning shu yuqori tashkilotida bor. Ammo, har qanday holatda ham men xursandman va o'zimni FIFAning eng yosh komissarlaridan biri deb bilaman. Bu yoshda FIFA komissari bo'lish shunchaki fantastika! To'rt yil ichida OFK komissari maqomidan FIFA komissari darajasiga ko'tarildim. Agar bu yil FIFA komissarlari safida joy ola bilmaganimda, buni yana 4 yil kutishimga to'g'ri kelardi. CHunki FIFA to'rt yilda bir marotaba FIFA komissarlari ro'yxatiga o'zgartirish kiritadi. Kimdir ushbu ro'yxatdan chiqariladi, yana kimlardir tarkibga kiritiladi. O'zim uchun tarixiy voqeylik 2015 yilda amalga oshganidan benihoya xursandman.

- Komissarlik bilan parallel ravishda siz O'FF texnik bo'limi boshlig'i lavozimida ham faoliyat yurityapsiz. Ushbu bo'limning faoliyati qanday davom etyapti?
- Vazirlar Mahkamasining 214-sonli qarori ijrosini taminlash bo'yicha belgilangan reja asosida ish olib boryapmiz. Bu qarorda barcha sport turlari, xususan, futbolda ham murabbiylik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlariga alohida urg'u qaratilgan. Qaror ijrosini taminlash maqsadida yosh murabbiylarni imtihondan o'tkazib kelyapmiz. Ular ko'rsatayotgan natijalar asosida ko'proq nimalarga etibor qaratishimiz kerakligini o'zimiz uchun aniqlab olyapmiz. OFK va FIFA tomonidan poytaxtimizda muntazam tashkil etib kelinayotgan PRO guvohnomasi uchun o'quv-kurslarini ham o'tkazishga yordam beryapmiz. Bizda murabbiylarni o'qitish tizimi yaxshi yo'lga qo'yilgan. PRO licenziyasi uchun o'quv jarayoni yuqori saviyada tashkil etiladi. Murabbiylarga xorijlik ko'zga ko'ringan instruktorlar saboq berishdi. Ular orasida germaniyalik Erik Rotmyuller va angliyalik Gari Fillipsni alohida qayd etib o'tishim kerak. Erik Germaniya milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida 10 yil ishlagan. Boy tajribaga ega mutaxassis. 1996 yili Evropa chempioni ham bo'lgan. Gari esa Angliya o'smir va yoshlar terma jamoalarida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy  rolini bajargan. Borussiyaning hozirgi bosh murabbiyi Yurgen Klopp ham o'z vaqtida Erik Rotmyuller qo'l ostida PRO guvohnomasi uchun o'qigan va imtihon topshirgan. SHunga qarab xulosa chiqarsak, Toshkentda PRO uchun o'tkazilayotgan o'quv-kurslari saviya bo'yicha chakki emas.

- Fikringizga qo'shilaman, lekin natija biz uchun unchalik ham yaxshi bo'lmayapti. PRO licenziyasi ega bir necha murabbiylarimiz bugungi kunda ishsiz yurishibdi. Buni raqobat bilan bog'lash mumkinmi yoki buning boshqa sabablari ham bormi?
- Haqiqatan ham oliy toifali murabbiylarimizning ayrimlari ishsiz yurishibdi. Bizda horijda bo'lgani kabi klublar ko'p emas. Bu yildan oliy ligadagi klublar soni 16taga etkazildi. SHu paytgacha 14ta jamoa ishtirok etib kelayotgandi. PRO guvohnomasiga ega murabbiylarimiz soni 60dan oshib qolgan. Tabiiyki, murabbiylar soni klublardan ko'p. Bu muammo faqat bizda emas, butun dunyoda bor. Murabbiylar soni hamisha klublardan ko'p bo'ladi. PRO licenziyasiga ega mutaxassislarimiz esa yaxshi joyda, kamida oliy liga klublarida ishlashni istashyapti. Oliy guvohnomam bo'la turib, 1-ligada ishlaymanmi? qabilida o'ylaydigan murabbiylarimiz ham yo'q emas. Keyin murabbiylarimizning eng katta muammolaridan biri bu  til bilmaslikdir.
 
Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика