So’nggi yangiliklar

13:52Мураббийликда омади чопмаётган Руни телеэксперт бўлади  1 13:24Уолкотт: "Грилишнинг истеъдоди мураббий томонидан ўлдирилди"  1 12:57"Барселона" YouTube'даги обуначилари сони 20 млнга етган дунёдаги биринчи клубга айланди  32 12:30Қирғиз футболида рўй бераётган катта ҳодиса  3 12:12Шомуродовнинг устози фаолиятини якунламоқда  1 11:45"Боруссия" "Челси"нинг 3 нафар футболчисига қизиқмоқда  2 11:21Месси гол урган баҳсда Маскерано қўл остидаги "Интер Майами" "Америка"дан устун келди  5 10:55"Ливерпуль" Салаҳга Ла Лигадан ўринбосар топди  9 10:28"Барселона" Флик қўл остида Ла Лигадаги 20та ўйинда 39 очко жамғарди. Хави қўл остида бир йил олдин 5 очко кўпроқ эди  39 10:05"Зенит" 35 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 09:42Марко Асенсио Ла Лигага қайтиши мумкин  1 09:18"Бавария" "Боруссия" юлдузини нишонга олди  4 08:51Рэшфорд Лондон клубига ўтишга рози бўлди  6 08:22"Наполи" ва "Манчестер Юнайтед" Гарначонинг нархи борасида келиша олмаяпти  2 07:58"Челси" ва "Арсенал" 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  5

Oliy liga. “Neftchi” - “Dinamo” o'yini oldidan Yangiliklar

Oliy liga. “Neftchi” - “Dinamo” o'yini oldidan

Bugun “Neftchi” - “Dinamo” bahsi bilan oliy ligamizning 10-turiga start beriladi.
Turning ilk uchrashuvida “Neftchi” Samarqandning “Dinamo” jamoasini qabul qiladi. Farg'onadagi bahs qiziqarli o'tishi kutilmoqda.

KO'NDALANG TURGAN SAVOLLAR:

“Neftchi” uydagi ikkinchi g'alabasini qo'lga kirita oladimi?

Farg'onaning bosh jamoasi “Neftchi” ushbu mavsum o'z maydonida atigi bir marta g'alaba qozondi. Murod Ismoilov shogirdlari 8-turda “Olmaliq”ni 2:1 hisobida mag'lub etishdi. SHundan so'ng Jizzaxga safar uyushtirgan jamoa 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ayni paytda “Neftchi” 6 ochko to'plagan holda musobaqa jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi. Farg'onaliklar bir bor zafar quchib, uch o'yinda durang o'ynashdi va besh marta mag'lub bo'lishdi. Jamoaning to'plar nisbati 6-11 (-5) ko'rinishga ega.

“Neftchi” o'z uyida to'rtta uchrashuv o'tkazib, shundan bittasida g'alaba qozondi. Ikki bor durang qayd etib, bir marta mag'lub bo'ldi. O'z uyida 3ta gol urib, shuncha o'tkazib yubordi. Natijada to'rtta o'yindan 5 ochko to'pladi. Murod Ismoilov bugun jamoasi bilan chempionatdagi ikkinchi g'alabasini qo'lga kirita oladimi? Buni uchrashuv yakuniga etgach bilib olamiz.

“Dinamo” ketma-ket to'rtta mag'lubiyatga barham bera oladimi?

Samarqandning “Dinamo” jamoasi esa juda g'alati natijalarni qayd etmoqda. “Dinamo” mavsumni chakki boshlamagandi. Avvaliga yutqazib, keyin ikkita o'yinni yutdi. Keyin yana yutqazdi va undan so'ng yana g'alaba qozondi. Ammo 6-turdan boshlab jamoaning boshi mag'lubiyatlardan chiqmay qoldi va “Dinamo” ketma-ket to'rtta uchrashuvda imkoniyatni boy berdi.

Ravshan Haydarov shogirdlari “Paxtakor”, “Qizilqum”, “Mashal” va “Olmaliq” klublaridan mag'lubiyatga uchrashdi. Hozirda jamoa 9 ochko to'plagan holda 11-o'rinda boryapti. Jamoa hisobida uchta g'alaba va 6ta mag'lubiyat bor. Durang qayd etilmagan. “Dinamo”ning uchta g'alabasidan ikkitasi safarda qayd etilgan: “So'g'diyona” va “Andijon” bilan kechgan o'yinlarda.

“Dinamo” safarda 7ta gol urib, o'z darvozasidan 9ta to'p o'tkazib yubordi. Agar samarqandliklar bugun ham mag'lubiyatga uchragudek bo'lishsa, bu jamoaning ketma-ket beshinchi mag'lubiyati bo'ladi. SHunday ekan, Ravshan Haydarov “Neftchi”ga qarshi bor kuchni ishga solishi turgan gap.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика