Oliy liga legionerlarining ramziy terma jamoasi
13 noy 2013 13:43
Yangiliklar

Oliy liga legionerlarining ramziy terma jamoasi
Xorijda mavsum yakuniga etganidan keyin OAV tomonidan ramziy terma jamoalar tuziladi.
Biz ham legionerlardan iborat terma jamoamizni tuzishga qaror qildik. Lekin afsuski, ularning bugungi kundagi saviyasidan kelib chiqib, tarkibimiz to'liq ko'rinish olmadi.
PFL tomonidan qabul qilingan qonunga ko'ra, klublarimiz yakuniga etgan mavsumda ko'p ham legionerlarning xizmatidan foydalana olmadilar. Natijada 2013 yil oliy ligada bor yo'g'i 22 nafar xorijlik futbolchi maydonda harakat qildi. Ammo ularning hammasi ham yaxshi formada emas edilar yoki o'zlari to'p tepayotgan jamoada yaqqol lider bo'la olmadilar. Bunday futbolchilar sirasiga "Paxtakor"dan Jora Oganesyan, "Bunyodkor"dan esa Marko Blajichni ko'rsatishimiz mumkin. "Lokomotiv" ham legioner tanlashda adashdi. Na Kusov, na Onikaning klubga foydasi tegdi.
SHunday bo'lsada, o'z jamoalarining muxlislari olqishiga sazovor bo'lgan futbolchilar ham bo'ldi.
Aleksandr Melenchuk (Ukraina)
Jizzax jamoasining muvaffaqiyatida ikkita kishining mehnati katta bo'ldi. Ulardan biri bosh murabbiy Davron Fayziev bo'lsa, ikkinchisi darvozabon Aleksandr Melenchuk. Ukrainalik futbolchi etakchi jamoalarga qarshi o'yinlarda o'z jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi. "Lokomotiv"ga qarshi kechgan uchrashuvning birinchi bo'limini yodimizga olish kifoya. Jizzaxda bo'lib o'tgan "So'g'diyona" - "Paxtakor" o'yinini esa darvozabonning o'zi ancha eslab yursa ajab emas.
Darko Stanoevich (Serbiya)
O'zbekistonda bitta murabbiy legioner tanlashda adashmaydi, u ham bo'lsa Igor SHkvirin. Bu murabbiyning uzoqni ko'ra olishidan dalolat beradi. Undan tashqari "Olmaliq"qa keladigan legioner bir mavsumdan ko'proq o'ynashi muxlislarni ham quvontiradi. SHunday futbolchilardan biri, jamoaning markaziy himoyachisi Darko Stanoevich. Bolqonlik futbolchi yakuniga etgan mavsumda jamoasiga sardorlik qildi.
Evgeniy Gogol (Rossiya)
Gogolga yil boshida bir qator klublar qiziqish bildirdi. Ammo u faoliyatini "Olmaliq"da davom ettirishga qaror qildi. Jamoaning himoyachi to'purari ikkinchi davraga qadar 5ta gol urdi. "Bunyodkor" darvozasiga esa ikki marotaba. SHundan keyin himoyachiga "Lokomotiv" sovchi qo'ydi va u klubini o'zgartirdi.
Boyan Miladinovich (Serbiya)
Ikki yillik majburiy tanaffusdan so'ng maydonga qaytgan Boyan Miladinovichdan yil boshida asar ham qolmagan edi. Uning birinchi davradagi o'yinlaridan kelib chiqib, muxlislarning yakuniy xulosasi bir bo'ldi, "Boyan faoliyatini tugatsa ham bo'lar ekan". Ammo ikkinchi davrada o'zini yana yaxshi his qila boshlagan himoyachi formasini tiklab oldi va biz yana avvalgi himoyachini ko'rdik.
Devid Oniya (Nigeriya)
Bir ko'hna shaharning ikkinchisiga almashtirgan Devid Oniya Samarqanddagi o'yinlari orqali o'zbek futboliga tanilgan edi. Bir yarim mavsum davomida "Buxoro" sharafini himoya qilgan nigeriyalik futbolchi 2012 yilning birinchi davrasini diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuborgan edi. Jamoaning sardori darajasiga ko'tarilib, "Buxoro"ning 2013 yildagi muvaffaqiyatiga ulush qo'shgan himoyachini ramziy terma jamoamizga kiritmasak uyat bo'lardi.
Artur Gevorkyan (Turkmaniston)
So'zsiz oliy liganing eng yaxshi legionerlaridan biri, bu - Artur Gevorkyan. Turkmanistonlik futbolchi "Nasaf"ning muvaffaqiyatida tutgan o'rni katta. Jamoa to'purari va sardori. Uni ikki qanotda birdek o'ynay olishi bilan raqib himoyachilarini garang qilib qo'yadi.
Kaxi Maxaradze (Gruziya)
Ko'rinishidan sekin o'ynaydi, ammo maydonni uncha-muncha futbolchilardan ko'ra aniq va tiniq ko'ra oladi. "Bunyodkor" darvozasiga kiritgan gol, unga berilgan tarifga isbot. Gevorkyan kabi muxlislarning yoqimtoyiga aylana olgan sardor.
Aleksandr Pishur (Ukraina)
SHu kungacha "Bunyodkor" hujumchi legioner tanlashda adashmadi. O'zbekistondagi hujumchilarning sermahsulligi tushib ketayotgan bir paytda, jamoa asosiy etiborini yil boshida hujumchi qidirishga qaratadi. Bu yil ham Pishur jamoa bosh murabbiyining ishonchini to'liq oqladi. Ayniqsa, qiyin vaziyatda qolgan jamoasini kubok yarim finalida qutqarib qola oldi.
Ramziy terma jamoa.
Darvozabon: Aleksandr Melenchuk (So'g'diyona)
Himoyachilar: Darko Stanoevich ("Olmaliq"), Evgeniy Gogol ("Olmaliq"/"Lokomotiv"), Boyan Miladinovich ("Paxtakor"), Devid Oniya ("Buxoro")
Yarim himoyachilar: Artur Gevorkyan ("Nasaf"), Kaxi Maxaradze ("Paxtakor")
Hujumchi: Aleksandr Pishur ("Bunyodkor")
Yuqorida takidlab o'tganimizdek, rosmana legioner maqomiga arziydigan futbolchilarimiz kam bo'ldi. Umid qilamizki, 2014 yil klublarimiz legioner tanlashda adashmaydilar va ichki chempionatimizni yuqori cho'qqilarga chiqishida o'zlarining munosib ulushlarini qo'shadilar.
Ramziy terma jamoa "SA" vakillarining yakuniy fikrlaridan kelib tuzildi.
P.S: Akmal Xolmatov O'zbekiston fuqarosi.
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar