So’nggi yangiliklar

18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  0 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  2 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22

Oliy liga. “Buxoro” bu turda g'alaba qozona oladimi? Yangiliklar

Oliy liga. “Buxoro” bu turda g'alaba qozona oladimi?

Bugun oliy liganing 17-turidan o'rin olgan beshta o'yin bo'lib o'tadi.
Buxoro viloyatining bosh jamoasi “Buxoro” bugun o'z maydonida Jizzaxning “So'g'diyona” klubini qabul qiladi. Ayni paytda har ikki jamoa ketma-ket o'rinlarda borishyapti. “Buxoro” 13 ochko bilan 12-o'rinda borayotgan bo'lsa, “So'g'diyona” 11 ochko to'plagan holda 13-pog'onani egallab turibdi.

Ikkinchi davra boshlanganidan beri “Buxoro” hozircha to'rtta uchrashuv o'tkazib, birorta g'alabaga erisha olmadi. Jamoa uch marta safarda va bir bor o'z maydonida maydonga tushdi. Umuman olganda, buxoroliklarning oliy ligada g'alabasiz seriyasi 12ta uchrashuvga etdi. Jamoa oxirgi bor 5-turda safarda aynan bugungi raqib “So'g'diyona” ustidan 1:0 hisobida zafar quchgandi.

SHundan keyin “Buxoro” uchun omadsiz kunlar boshlandi. Jamoa atigi to'rt marta durang qayd etdi va qolgan bellashuvlarda mag'lub bo'ldi. Bu esa klub rahbariyatiga maqul kelmadi va o'tgan turda jamoa “Metallurg”ga imkoniyatni boy bergach, bosh murabbiy Edgar Gess istefoga chiqarildi. SHu bois bugungi bahsga futbolchilarni turkmanistonlik murabbiy Seid Seidov tayyorladi. Ammo shuni aytish lozim, Seid Yusupov vaqtincha bosh murabbiy sifatida ishlab turibdi. Gap-so'zlarga qaraganda, “Mashal”da yordamchi murabbiy bo'lib ishlayotgan Jamshid Saidov “Buxoro”ni qabul qilib olishi mumkin ekan.

Bugungi bahs “Buxoro” uchun qanchalik katta ahamiyatga ega bo'lsa, “So'g'diyona” uchun ham juda muhim hisoblanadi. CHunki Davron Fayziev shogirdlari raqibdan atigi bir pog'ona pastda borishmoqda, bu jamoalarni ikki ochko ajratib turibdi, xolos. “So'g'diyona” ikkinchi davrada hozircha faqat bir marta g'alaba qozondi. Jizzaxliklar safarda “Dinamo”ni mag'lub etib qaytishdi. SHunday ekan, bu bellashuvda har narsa bo'lishi mumkin. Lekin shunisi borki, yutuqqa erishgan jamoa oliy ligada qolish uchun qulay imkoniyatga ega bo'ladi.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика