"Oliy liga - BML" Kubogi 5-tur tugadi

Narzulla Saydullayev
4 dek 2014, 16:52
Soat 17:00da BML Kubogining beshinchi turi boshlandi. Marhamat ishtirok eting.
Musobaqa jadvali 24 soat ichida e'tiboringizga havola etiladi.

Savollar mazkur sahifada har 10 daqiqada berib boriladi.
Qoidalar bilan tanishtirib o'tamiz:

  1.   Chat qilmaslik.
  2.   Flud (bitta gapni qayta-qayta) qoldirmaslik.
  3.   "CA" tomonidan javob berilganidan so'ng qoldirilgan javoblar inobatga olinmaydi.
  4.   O'quvchining birinchi javobi qabul qilinadi.
  5.   Javob bergan o'quvchi tomonidan qoldirilinadigan keyingi har qanday fikr o'chiriladi.

Qonun-qoidaga amal qilmagan o'quvchi 24 soatga blok qilinadi.

Bugungi BMLni Narzulla olib boradi.

SAVOL #1: 17:00 - 17:10 (vaqt)
1993 yilgi mavsumda "Traktor" safida eng ko'p gol urgan futbolchi?
JAVOB: Aleksey Evstafeev

SAVOL #2: 17:10 - 17:20 (vaqt)
2002 yilgi mavsumda vodiy klublari o'z maydonidagi o'yinlarda jami nechchi ochko jamg'arishgan?
JAVOB: "Neftchi" 45, "Navbahor" 38, "Qo'qon" 29, "Andijon" 29. Jami 141 ochko.

SAVOL #3: 17:20 - 17:30 (vaqt)
2013 yil oliy ligada umuman yirik g'alabaga erisha olmagan klublar?
JAVOB: "Dinamo", "Metallurg", "Qizilqum", "Guliston" va "So'g'diyona".

SAVOL #4: 17:30 - 17:40 (vaqt)
Bu ikki futbolchi aka-uka. Ikkalasi 2014 yil oliy ligada gol urdi. Ikkalasi bir jamoa sharafini himoya qildi. Lekin birgalikda o'ynash nasib qilmadi. Gap qaysi futbolchilar haqida ketmoqda?
JAVOB: Alisher Azizov va Abdulatif Abduqodirov. Izoh: Azizov birinchi davrada "Andijon"da o'ynadi. Abdulatif esa ikkinchi davrada "Andijon"da o'ynadi.

SAVOL #5: 17:40 - 17:50 (vaqt)
Ushbu fotodagi qaysi o'yindan olingan. Jamoalar nomi va natijani yozing.

JAVOB: "Paxtakor" - "Al Qodisiya" 0:1



Musobaqa jadvali 24 soat ichida e'tiboringizga havola etiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia