Oliy liga 6-tur ramziy terma jamoasi
28 apr 2015 15:31
Yangiliklar

Oliy liga 6-tur ramziy terma jamoasi
O'zbekiston milliy chempionatining 6-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Odatimizga ko'ra yakunlangan turda o'zini ko'rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdik.
Darvozabon: O'tkir Yusupov ("Nasaf").
Darvozaga Qashqadaryo derbisida "Nasaf" darvozasini qo'riqlagan O'tkir Yusupov jamoasini bir nechta gollardan qutqarib qoldi. Posbon Eldor Suyunovning o'rnini bilintirmaslikka urindi.
Himoyachilar: SHerzod Fayziev ("Mashal"), SHerzod Azamov ("Nasaf"), Asqar Muhiddinov ("Qizilqum").
"Mashal" himoyachisi SHerzod Fayziev "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsda jamoasi gol o'tkazib yubormasligida katta xissa qo'shdi. U havodagi to'p uzatishlarni bir necha marta qaytarishga erishdi.
Qashqadaryo klubidan yana bir futbolchi ramziyga kiritildi. "Nasaf" himoyachisi SHerzod Azamov "SHo'rtan" bilan bahsda o'zining faolligi bilan ajralib turdi. "Ajdarlar" uchrashuv davomida ko'proq himoyalanishdi, shu bois Azamov ko'proq to'p bilan muomala qildi, hujumlarni qaytardi.
"Qizilqum" klubi o'z maydonida uncha muncha jamoaga tashvish tug'diradi. Bu turda navoiyliklar "Andijon"ni 1:0 hisobida taslim qilishdi. Mezbonlar safida tajribali Asqar Muhiddinov himoyada boshqalarga o'rnak bo'ldi. Vodiy klubining hujumlarini qaytarishda Asqar ancha faol o'ynadi.
Yarim himoyachilar: Mansur Saidov ("Neftchi"), SHerzod Karimov ("Paxtakor"), SHavkat Salomov ("Olmaliq"), Ikrom Aliboev ("Lokomotiv"), G'ulomHaydar Gulyamov ("SHo'rtan").
"Neftchi" etakchisi Mansur Saidov "So'g'diyona"ga qarshi bahsda hujumlarni boshlashda va golli paslar oshirishda faol bo'ldi. Aynan uning harakatlari uchta golga olib keldi va haqli ravishda ramziy termaga kiritildi.
"Paxtakor"chi SHerzod Karimov Toshkent derbisida jamoasining eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. Biroq "sherlar" ashaddiy raqibiga yutqazib qo'yishdi. Uning qanotdan uzatgan to'plarini darvozaga joylab qo'yadigan hujumchi topilmadi.
Ushbu o'yinda raqib safida o'ynagan Ikrom Aliboev oliy ligadagi o'zining ilk golini urdi. Bundan tashqari raqiblarga markazda o'yin bermaslikka urindi. Jamoa yutdimi, demak Aliboev yaxshi o'ynadi.
"SHo'rtan" safidagi David Silva kim ekan", - bu g'uzordagi stadionga kelgan muxlislarning fikri edi. "Nasaf" darvozasiga gol urgan G'ulomHaydar Gulyamovning tashqi ko'rinishi haqiqatdan ham ispaniyalik futbolchini eslatib yuboradi. Harakatchanligi ham Silvaga o'xshashi rost. "Ajdarlar" darvozasiga gol urgan futbolchini ramziy termaga kiritishga qaror qildik. Bitta gol urgani uchungina emas, uchrashuv davomida raqib himoyachilariga tinchlik bermaganini G'uzor stadioniga tashkrif buyurgan barcha ko'rdi.
Qozog'istonda o'ynab "Olmaliq"qa o'tgan SHavkat Salomov o'zining paslari va zarbalari bilan barchaning etiboriga tushmoqda. "Buxoro"ga qarshi bahsda o'zining sobiq klubi darvozasiga ikkita gol urgan SHavkat ramziy termaga kiritildi. Uning jamoadoshi Nikita Pavlenko ham o'sha uchrashuvda 3ta golli pas oshirdi. Lekin golning qadri yuqoriroq bo'lgani uchun Salomovni tanlashga qaror qildik.
Hujumchilar: Zohir Qo'ziboev ("Mashal"), Ro'zim Ahmedov ("Neftchi").
Muborakning "Mashal" klubi hujumchisi Zohir Qo'ziboev gollar urishda davom etadi. Bu safar terma jamoamiz hujumchisi "Qo'qon-1912" darvozasiga ikkita gol urdi. Bundan tashqari u sheriklariga imkoniyat yaratib berishda ham faol bo'ldi. Turning eng chiroyli golini urgan Ro'zimboy Ahmedov ham ramziy termaga kiritildi. Ahmedov "So'g'diyona"ga qarshi bahsda ikki bor to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Bosh murabbiy: Vadim Abramov
Oliy liganing 6-tur ramziy terma jamoasiga bosh murabbiy etib "Lokomotiv" ustozi Vadim Abramovni maqul ko'rdik. Bunga sabab shuki, Abramov kecha bo'lib o'tgan Toshkent derbisida amaldagi chempion "Paxtakor"ni mag'lub etdi. Ushbu mag'lubiyat "Paxtakor"ning oliy ligadagi 40ta o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasiga barham berdi. Bundan tashqari, Abramov "Paxtakor"ni o'z maydonida enggan "Lokomotiv"ning dastlabki murabbiyi bo'ldi. SHu bois ham Vadim Karlenovichni tur ramziy termasiga bosh murabbiy sifatida loyiq ko'rdik.

Fikrlar